Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Muborak vasiyatlari: MUSO (ALAYHISSALOM)

16.07.2020   3604   12 min.
Muborak vasiyatlari: MUSO (ALAYHISSALOM)

Ulug‘ payg‘ambarlardan yana biri Muso (alayhissalom) kitobida nimalar borligini so‘ragan Abu Zarr (roziyallohu anhu) ulug‘ muallim Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)dan juda dolzarb bo‘lgan o‘lim, do‘zax, taqdir, molu dunyo va hisob-kitob haqidagi mavzular mavjudligini bilib oldi.

Muso (alayhissalom) nomi Qur’oni karimning o‘ttiz to‘rt surasida 132 marta zikr qilingan. Kalomullohda zikr qilingan qissalarning eng kattasi va mufassal bayon qilinganidan biri Muso va Horun (alayhimassalom) qissalari desak, xato bo‘lmas.

Muso (alayhissalom) nasabi Ya’qub (alayhissalom) o‘g‘illaridan biri Lovo ibn Ya’qubga borib taqaladi.

Ibn Kasir “Payg‘ambarlar qissasi” kitobida Muso (alayhissalom) shajaralarini “Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn Ya’qub ibn Is'hoh ibn Ibrohim” deb keltirgan (“Qisasul anbiyo”, Ibn Kasir, 221-bet).

Qur’oni karimda Muso (alayhissalom) qissasi, uning emizilishi, daryoga oqizilishi va Fir’avn ayoli Osiyo qo‘liga borib tushishi bunday bayon etiladi:

﴿وَأَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَرۡضِعِيهِۖ فَإِذَا خِفۡتِ عَلَيۡهِ فَأَلۡقِيهِ فِي ٱلۡيَمِّ وَلَا تَخَافِي وَلَا تَحۡزَنِيٓۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيۡكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ٧ فَٱلۡتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرۡعَوۡنَ لِيَكُونَ لَهُمۡ عَدُوّٗا وَحَزَنًاۗ إِنَّ فِرۡعَوۡنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُواْ خَٰطِ‍ِٔينَ٨ وَقَالَتِ ٱمۡرَأَتُ فِرۡعَوۡنَ قُرَّتُ عَيۡنٖ لِّي وَلَكَۖ لَا تَقۡتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوۡ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدٗا وَهُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ٩ وَأَصۡبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَٰرِغًاۖ إِن كَادَتۡ لَتُبۡدِي بِهِۦ لَوۡلَآ أَن رَّبَطۡنَا عَلَىٰ قَلۡبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ١٠ وَقَالَتۡ لِأُخۡتِهِۦ قُصِّيهِۖ فَبَصُرَتۡ بِهِۦ عَن جُنُبٖ وَهُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ١١ ۞وَحَرَّمۡنَا عَلَيۡهِ ٱلۡمَرَاضِعَ مِن قَبۡلُ فَقَالَتۡ هَلۡ أَدُلُّكُمۡ عَلَىٰٓ أَهۡلِ بَيۡتٖ يَكۡفُلُونَهُۥ لَكُمۡ وَهُمۡ لَهُۥ نَٰصِحُونَ١٢ فَرَدَدۡنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَيۡ تَقَرَّ عَيۡنُهَا وَلَا تَحۡزَنَ وَلِتَعۡلَمَ أَنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقّٞ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ١٣

«Biz Musoning onasiga: “Uni emizaver. Bas, agar (uni o‘ldirib ketishlaridan) qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchi va uni payg‘ambarlardan qiluvchimiz”, deb vahiy qildik. Bas, Fir’avnning xonadon ahli uni (o‘sib-ulg‘ayganida) o‘zlariga “dushman va tashvish bo‘lishi uchun” tutib oldi. Albatta, Fir’avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edi. Fir’avnning xotini (unga): “(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmangiz! Shoyadki, bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak”, dedi. Vaholanki, ular (haqiqatni) sezmas edi. Muso onasining qalbi (tashvishdan) forig‘ bo‘ldi. Agar Biz (“Musoni o‘zingga qaytarurmiz”, degan va’damiz)ga ishonuvchilardan bo‘lishi uchun uning ko‘nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (o‘z o‘g‘li ekani)ni fosh qilib qo‘ygan bo‘lur edi. (Ona Musoning) opasiga: “Uning (ortidan) tushgin!” dedi. Bas, u ular sezmagan hollarida (Musoni) bir chetdan kuzatib turdi. Biz oldindan (Musoga barcha) emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi kelib): “Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (doyalik qiladigan) bir oilani ko‘rsataymi?” dedi. Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko‘zlari quvonishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin ko‘pchiligi (buning hikmatini) bilmaydi» (Qasas, 7–13).

Bir kuni Fir’avn tush ko‘rdi. Tushida bir o‘t Baytul Muqaddasdan Misrgacha yonib kelayotgandi. Ta’birchilarning aytishicha, Bani Isroildan bir bola tug‘ilib, Fir’avnning bor mulkini xarob qiladi.

Fir’avn Bani Isroilda tug‘ilgan barcha go‘daklarni so‘yishga qaror qildi. Odamlar podshohga: “Bir yil qatl qildir, bir yil qoldir, bo‘lmasa, Bani Isroil qirilib ketadi”, dedi. Podshoh ko‘ndi. Kechirilgan yili Horun tug‘ildi, qatl yili Muso dunyoga keldi. Alloh taolo bolani sandiqqa solib, Nilga oqizishni onasiga bildirdi. Onasi xuddi shunday qildi. Sandiq oqib, Fir’avn qasriga yaqin keldi. Xotini Osiyo sandiqni oldirib, ochdi, bolani qo‘liga oldi. Qalbiga uning muhabbati tushdi va xursand bo‘ldi. Bu bolaning muborak ekanini anglab yetdi.

Fir’avn xotini Osiyo binti Muzohim haqida turli fikrlar mavjud. Suhayliy fikricha, Osiyo Musoning ammasi bo‘lgan. Boshqalar esa, Osiyo Muso qabilasidan bo‘lgan, deydi.

Ibn Jarir Tabariyning aytishicha, Osiyo Yusuf (alayhissalom) zamonidagi musulmon fir’avnning chevarasi bo‘lgan.

Fir’avnning terisi oqarib qolgan edi. Osiyo chaqaloq Musoning qo‘lchasi bilan Fir’avn terisini silab qo‘ygan edi, Allohning qudrati ila oqargani ketdi.

Oradan oz muddat o‘tib, podshoh askarlari bolani o‘ldirishga farmon olganlarini aytib keldi. Osiyo: “Bu bola Bani Isroil emas, boshqa yerdan oqib keldi, o‘zim borib bu haqda podshohga arz qilaman”, dedi va bolani ko‘tarib shohning oldiga bordi. Shoh huzuriga kirib: “Bu sening va mening ko‘z qorachig‘im-ku”, dedi. Fir’avn: “Sening ko‘z qorachig‘ingdir, lekin mening unga hojatim yo‘q”, dedi. Fir’avnning xotini (unga): “(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak”, dedi. Ular (o‘zlarining halokatlari shu go‘dak qo‘lida ekanini) sezmagan hollarida (uni bola qilib olishdi)”.

Bir kuni Osiyo Muso bilan birga Fir’avn oldiga keldi va uni shoh huzuriga tashlab chiqib ketdi. U yerda majlis bo‘layotgan edi. Muso Fir’avn tizzasida o‘tirib, soqolini yulib oldi. Homon: “Shu bola sening mulkingni xarob qiladi, senga merosxo‘r bo‘ladi, buning bobosi Ibrohim xalildir”, deb Musoni yomonladi. Fir’avn jallodlarni chaqirdi. Bu xabar Osiyoga yetib keldi va tezlik bilan shoh huzuriga yugurdi hamda: “Menga hadya qilgan bolani so‘ymoqchimisan?” dedi. Fir’avn: «Soqolimni yulib oldi, mulozimlarim: “Bu bola senga merosxo‘r bo‘ladi, qo‘lingdagi mulkingga egalik qiladi”, deyishdi», dedi. Osiyo: “Sen ularning so‘ziga ishonma! Bu bola hali yosh, hech narsaning farqiga bormaydi. Men buni senga isbot qilib berishim mumkin!” dedi. Fir’avn: “Qanday qilib?!” dedi. Osiyo: “Bolaning oldiga cho‘g‘ bilan gavhar qo‘y. Agar gavharni olib, cho‘g‘dan saqlansa, bilginki, u aql yuritayotgan bo‘ladi. Agar cho‘g‘ni olsa, bilginki, aqlli kimsa gavhar turganda cho‘g‘ni olmaydi”, dedi. Fir’avnga bu gap ma’qul bo‘ldi. Saroy xizmatchilaridan ikkitasini chaqirib, biriniig qo‘liga cho‘g‘, ikkinchisinikiga gavhar berdi va ularni bola oldiga yubordi. Jabroil (alayhissalom) Musoning qo‘lidan ushladi va cho‘g‘ ustiga qo‘ydi, hatto u cho‘g‘ni qo‘lida ko‘tarib og‘ziga soldi, bundan tili kuydi. Shu sabab Muso (alayhissalom) nutqi yaxshi, ravon bo‘lmay qolgan. Fir’avn buni ko‘rib: “Bu bola so‘yilmasin”, dedi. Osiyo xursand bo‘lib, bolani olib chiqib ketdi. Unga malika yaxshi tarbiya berdi, yozish va o‘qishni o‘rgatdi. Muso Osiyoning fazilati bilan xuddi podshohning o‘g‘lidek o‘sdi. Alloh uni shu ishlarga sababchi qildi.

﴿وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَٱسۡتَوَىٰٓ ءَاتَيۡنَٰهُ حُكۡمٗا وَعِلۡمٗاۚ وَكَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ١٤

«Qachon, u voyaga yetib, (aqli) to‘lgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Biz chiroyli amal qilguvchi kishilarni mana shunday mukofotlaymiz» (Qasas, 14).

Vasiyatda: Muso (alayhissalom)ga nozil qilingan narsa ibratlardan iborat edi, deyildi.

Vahb ibn Munabbih aytadi: «Tavrotda quyidagilar yozilgan: “Kim dunyoda oxirat tadorigini tayyorlasa, qiyomat kuni Allohning do‘sti bo‘ladi. Kim g‘azabini tark qilsa, Allohning yonida bo‘ladi. Kim dunyo lazzatlarini tark qilsa, qiyomat kuni Allohning azobidan omonda bo‘ladi. Kim hasadni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiq oldida maqtovga sazovor bo‘ladi. Kim riyosatni tark qilsa, qiyomat kuni Jabbor, Molik sifatli zot huzurida aziz bo‘ladi. Kim dunyoda ortiqcha narsalarni tark qilsa, yaxshilar orasida ne’matlanadi. Kim dunyoda xusumatni tark qilsa, qiyomat kuni najot topganlardan bo‘ladi. Kim dunyoda baxillikni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiqning boshida zikr qilinadi. Kim dunyoda rohatni tark qilsa, qiyomat kuni shod bo‘ladi. Kim dunyoda haromni tark qilsa, qiyomat kuni payg‘ambarlar qo‘shnisi bo‘ladi. Kim dunyoda harom narsalarga qarashni tark qilsa, qiyomat kuni Alloh uning ko‘zini jannatda shodlantiradi. Kim dunyoda boylikni tark qilib kambag‘allikni ixtiyor qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo valiylar va nabiylar bilan birga qayta tiriltiradi. Kim dunyoda insonlarning hojatlarini chiqaruvchi bo‘lsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning hojatlarini chiqaradi. Kim qabrida hamrohi bo‘lishini xohlasa, kechasi qorong‘ida turib namoz o‘qisin. Kim Rahmon Arshi soyasida bo‘lishni xohlasa, zohid bo‘lsin. Kim hisobi yengil bo‘lishini xohlasa, o‘ziga va birodariga nasihat qilsin. Kim farishtalar ziyorat qilishini xohlasa, taqvodor bo‘lsin. Kim jannatda xursand bo‘lishni xohlasa, kechayu kunduz Allohni zikr qilsin. Kim jannatga hisobsiz kirishni xohlasa, Allohga nasuh tavbasini qilsin. Kim boy bo‘lishni xohlasa, Alloh taqsimlab qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsin. Kim faqih bo‘lishni xohlasa, Allohdan hamisha qo‘rquvda bo‘lsin. Kim hakim bo‘lishni xohlasa, olim bo‘lsin. Kim insonlardan salomat bo‘lishni xohlasa, insonlarning faqat yaxshiliklarini zikr qilsin. Nimadan yaratildim va nimadan xulqlandim, deb ibratlansin. Kim dunyo va oxiratda sharafni xohlasa, dunyo ustiga oxiratni qo‘ysin. Kim Firdavs jannatini va tugamas ne’matni xohlasa, umrini dunyo fasodlariga zoye qilmasin. Kim dunyo va oxiratda jannatni xohlasa, saxiy bo‘lsin, chunki saxiylik o‘z egasini jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoq qiladi. Kim qalbining mukammal nur bilan munavvar bo‘lishini xohlasa, tafakkur va ibratlanishni lozim tutsin. Kim badani sabrli, tili zokir, qalbi xushuli bo‘lishini xohlasa, mo‘min-mo‘minalar, muslim-muslimalar haqiga ko‘p istig‘for aytishni odat qilsin”».

Muso (alayhissalom) Alloh taologa jannatda o‘ziga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishni so‘rab, ko‘p yolvorar edi. Bir kuni bunday nido keldi: “Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi”. Muso (alayhissalom) qiziqib, qaysi ibodati uchun u bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdi. Muso (alayhissalom) o‘sha odamni qidirib topdi. Qassob Muso (alayhissalom)ning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan, lekin o‘zini ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Muso (alayhissalom)ni o‘z uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira madori qolmagan bir kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Keksa ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso (alayhissa­lom) qassobdan: “O‘g‘lim, bu kampir kiming bo‘ladi?” deb so‘radi. Qassob: “Bu ayol onam bo‘ladi. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga hollari yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelganicha xushnud etishga harakat qilaman”, dedi. Muso (alayhissalom): “Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?” deb so‘radi. Qassob: «Onam: “Ey Rabbim! Men o‘g‘limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Musoga qo‘shni qil”, deb duo qildi», dedi. Shunda Muso (alayhissalom) o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundi va: “Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishni iltijo qilgan edim. Haq taolo seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul qildi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi”, dedi.

Kitoblarda Muso va Horun (alayhimassalom) qissasi batafsil yoritilganini inobatga olib, o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaslik maqsadida, shu yerda Muso (alayhissalom) mavzuiga yakun yasaymiz.

 

KЕYINGI MAVZU:

TAQVO HAR ISHNING BOSHIDIR

QUR’ONI KARIM TILOVATI FAZILATI

Kutubxona
Boshqa maqolalar

Nabaviy qaytariqlar (1 qism)

23.12.2024   2223   1 min.
Nabaviy qaytariqlar (1 qism)

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

1. Kishini chap qo‘lda yeyishidan qaytardilar.

2. Suyanib yeyishdan qaytardilar.

3. Qabrlarni (gips bilan) suvashdan va ularning ustida namoz o‘qishdan qaytardilar.

4. Turib qolgan suvga bavl qilishdan qaytardilar.

5. Kishini bitta kavushda yurishdan qaytardilar.

6. Hojat chiqarish yoki bavl qilishda qiblaga yuzlanishdan qaytardilar.

7. (Azada baland ovozda) yig‘lashdan qaytardilar.

8. Tasvirlar, suratlar(ni uyga osish, uni chizish)dan qaytardilar.

9. O‘tda kuydirishdan qaytardilar.

10. Xo‘rozni so‘kishdan qaytardilar.

11. Ayol kishi boshqa ayol bilan bir to‘shakda kiyimsiz yotishdan qaytardilar.

12. Kishining boshqa kishiga “ayolim singlingdir”, deyishdan qaytardilar. Bu yerda maqsud: mahrsiz.

13. Arrofga (kohin, folbin) ga borishdan qaytardilar.

14. Nard o‘ynashdan qaytardilar.

15. G‘iybat va chaqimchilikdan qaytardilar.