Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2025   |   29 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:09
Peshin
12:21
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:38
Bismillah
21 Sentabr, 2025, 29 Rabi`ul avval, 1447

Yeni akit gazetasi: "O‘zbekiston-jahon madaniyatining yozma yodgorliklari hazinasi»

15.07.2020   1998   2 min.
Yeni akit gazetasi:

Turkiyaning Anatoliya axborot agentligi "Anadolu" O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi direktori Sharifjon Islomovdan mamlakatimizdagi qo‘lyozmalar fondi haqida intervyu oldi. Intervyu Anqarada keng qiziqish uyg‘otdi va bir qator nashrlarda, jumladan, Turkiyaning mashhur "Yeni akit" gazetasida chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Materialda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston qo‘lyozmalar fondida 26 ming jildlik qo‘lyozmalar, 40 ming jildlik litografiyalar va 5 mingdan ortiq tarixiy hujjatlar saqlanadi. "Anadolu" ning O‘zbekistondagi muxbiri Baxtiyor Abdukarimov Fond direktori Sharifjon Islomovning so‘zlariga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda kamida 40 ta kutubxona va kitob to‘plamlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining qo‘lyozmalar fondi asarlar soni va mazmuni jihatidan dunyodagi eng boylardan biridir. Eng qadimiysi to‘qqizinchi asrga taaluqli.
- To‘plamdagi qo‘lyozmalar IX-XX asrlarga, litografiyalar-XIX-XX asrlarga mansub. Asarlar asosan arab, fors va turk tillarida yozilgan, - deydi jamg‘arma rahbari.
Sharifjon Islomov bu markazda 26 ming jildda to‘plangan 100 mingdan ortiq qo‘lyozma asarlar, shuningdek, 5 mingdan ortiq tarixiy hujjatlar yagona nusxada saqlanishini ta’kidladi. Ular orasida xon, Sulton va amirlarning farmon va qarorlari mavjud bo‘lib, ular bugungi kunda mintaqa tarixini har tomonlama ochib berishga yordam beradi.
Turkiyalik o‘quvchilar intervyulardan Fond qo‘lyozmalarni tiklash, kataloglashtirish va raqamlashtirish ustida ish olib borayotganini bilib olishdi. Eng qimmatli asarlardan biri Ibn Sinoning "Tib ilmining qonuni"dir. Kitobning yagona to‘liq nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining qo‘lyozmalar to‘plamidadir. Bu nusxa o‘n oltinchi asrda turli tillarga tarjima qilingan.
Materialda ta’kidlanganidek, Fond Qur’onning "Langar Musxafi" deb nomlangan nodir qo‘lyozmalaridan birini ham saqlaydi va u tahminan IX asrga tegishli. "Fondda ushbu qo‘lyozma Qur’onning bir sahifasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi kutubxonasida 12 sahifasi, Rossiyadagi muzeyda bir necha sahifasi mavjud", - deydi Islomov.
1993-yil sentyabr oyida Istanbulda tashkil etilgan Yeni akit -ommabop kundalik gazeta.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Muftiy hazratlari: "Musulmonlarning o‘zaro ahil hayot kechirishlari dinimiz amridir”

19.09.2025   6704   1 min.
Muftiy hazratlari:

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidida ado etdilar.

Muftiy hazratlari juma namozidan oldin yig‘ilgan jamoatga mav’iza qilib berdilar. Musulmonning musulmonga ehtiromi mavzusida qilingan go‘zal suhbat davomida Alloh taolo inson zotini azizu mukarram etib, borliqdagi barcha narsani insonga xizmat qildirib qo‘ygani, shunday ekan, insonlar ham o‘zaro ahl-inoq, mehr-muhabbatli, bir-birlariga doimo yordamchi bo‘lib hayot kechirishlari dinimiz amri ekani eslatib o‘tildi.

Ma’ruza asnosida Qur’oni karim va hadisi shariflar keltirib o‘tildi. Jumladan, mashhur sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’ba atrofida tavof qilayotganlarini ko‘rdim. U zot Ka’baga qarab bunday der edilar: "Sen va sening hiding qanday ham go‘zal! Sen qanday ulug‘san va sening hurmating qanday buyuk! (Lekin) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh nazdida mo‘minning hurmati sening hurmatingdan ham ulug‘dir" (Imom Ibn Moja rivoyati). 

Musulmon kishining Alloh nazdidagi hurmati mana shunday baland ekan, o‘zaro hurmat-ehtiromi ham shunga monand bo‘lishi ta’kidlandi. Manfaatli suhbat yakunida butun dunyo musulmonlari, xususan, xalqimizning o‘zaro ahil-inoqligi bundan ham ziyoda bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari:
Yangiliklar