Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Kirib keldi oylar shohi Ramazon! (She’r)

19.05.2018   53889   1 min.
Kirib keldi oylar shohi Ramazon! (She’r)

Yaratganning bandalarga rahmati,
Mag‘firatdur mo‘minga har zahmati,
To‘sib nordan ro‘zadorni shafqati,
Kirib keldi oylar shohi Ramazon,
Qutlug‘ bo‘lsin elga mohi Ramazon.

 

Dil poklanar kunduzlari siyamdan,
Cheksiz rohat yog‘ar tunlar qiyamdan,
Shukronalar qilgil bunday niamdan,
Kirib keldi oylar shohi Ramazon,
Qutlug‘ bo‘lsin elga mohi Ramazon.

 

Har lahzasi chorlab xayru saxoga,
Tenglik bo‘lar bunda shohu gadoga,
Har yon to‘lib qur’oniy xush sadoga,
Kirib keldi oylar shohi Ramazon,
Qutlug‘ bo‘lsin elga mohi Ramazon.

 

Quvib o‘zdan lain iblis shaytonni,
Boy bermagay oqil bunday imkonni,
Do‘st tutmagay aslo beg‘am nodonni,
Kirib keldi oylar shohi Ramazon,
Qutlug‘ bo‘lsin elga mohi Ramazon.

 

G‘animatdur bu kunlarga bo‘l tolib,
Saodatli damlaridan bahr olib,
Nafsing bilan jangda bo‘lgil sen g‘olib,
Kirib keldi oylar shohi Ramazon,
Qutlug‘ bo‘lsin elga mohi Ramazon.

Tolibjon Ro‘ziboyev

 

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

18.08.2026   24906   1 min.
Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.


“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.


Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi
O'zbekiston yangiliklari