Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2026   |   28 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2026, 28 Zulhijja, 1447

Dinga da’vat etishning 5 odobi

24.06.2020   3348   3 min.
Dinga da’vat etishning 5 odobi

Islomiy da’vat payg‘ambarlarning muhim vazifasi hisoblanadi. Ularning barchalari muallim va da’vatchi bo‘lishgan. Alloh taolo marhamat qiladi: “Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil” (Nahl surasi, 125-oyat). Boshqa bir oyatda esa bunday marhamat qiladi: «Sen: Bu – mening yo‘limdir. Men Allohga bilib – ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman, deb ayt» (Yusuf surasi, 108-oyat). Oyatdagi “basirat” so‘zi manfaatli ilm va solih amaldir.

Alloh taologa da’vat etishda beshta odob bor. Ushbu besh odobning besh vositasi va besh natijasi ham bor. Besh odob quyidagilardir:

  1. Alloh uchun xolis, U zotga sodiq bo‘lish va U zotning huzuridagi narsalarnigina niyat qilishdir. Alloh taolo aytadi: “Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka, namozni to‘liq o‘qishga, zakot berishga buyurilgan edilar” (Bayyina surasi, 5-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam do‘zax eng birinchi uch kishini kuydirib, azoblashini aytganlar. O‘sha uch kishining birinchisi insonlar uni olim deyishlari uchun ilm olgan va shunday deb nom chiqargan kishidir.

  1. O‘zi da’vat etayotgan narsaga amal qilish. Chunki o‘zi da’vat etgan narsaga amal qilmaslik juda uyatli va sharmandali ishdir. Alloh taolo aytadi: “Odamlarni yaxshilikka chorlab turib, o‘zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?!” (Baqara surasi, 44-oyat).
  2. Da’vatni yetkazishda yumshoq fe’lli bo‘lish. Alloh taolo Muso va Horun alayhissalomni Fir’avnni to‘g‘ri yo‘lga chaqirish uchun yuborganda ularga bunday buyuradi: “Bas, unga yumshoq so‘z aytinglar. Shoyad eslasa yoki qo‘rqsa” (Toha surasi, 44-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yengillashtiring, qiyinlashtirmang, xushnud eting, nafratlantirmang”.
  3. Da’vatni bosqichma-bosqich amalga oshirish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tutgan yo‘llari kabi da’vatda eng muhim va ahamiyatli narsadan boshlash lozim. U zot sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga da’vat uchun jo‘natayotgan vaqtlarida bunday degan edilar: “Albatta, sen ahli kitob (nasroniy) qavmiga borasan. Ularni da’vat qiladigan eng avvalgi narsang Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi va men Uning elchisi ekanimga guvohlik berish bo‘lsin. So‘ngra, ular bu narsada senga javob bersalar (qabul etsalar) Alloh ularga bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganining xabarini ber”.
  4. Har bir qavm bilan ularga munosib tarzda suhbatlashish va ular muhtoj bo‘lgan narsani ularga gapirish. Shahar ahliga boshqacha, qishloq ahliga o‘zgacha uslubda so‘zlashish kerak. Har bir kishiga o‘ziga xos uslubda da’vat qilish samarali bo‘ladi. Alloh taolo aytadi: “Kimga hikmat berilsa, unga ko‘p yaxshilik berilgan bo‘ladi. Faqat aql egalarigina eslarlar” (Baqara surasi, 269-oyat).

Allohim, manfaatli ilm, solih amal va dinni teran anglashimizni ziyoda ayla!

Doktor Oiz Al-Qarniyning

“Ro‘zadorlar uchun 40 dars” kitobidan

Saidxon qori MAXSUM tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bolani ikki yildan avval sutdan chiqarish mumkinmi?

12.06.2026   5959   1 min.
Bolani ikki yildan avval sutdan chiqarish mumkinmi?

Savol: Bolani ikki yil emizmasdan sutdan chiqarib yuborsa bolani haqqi ota-onada qolib ketmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Shariatimizda ona bolasini ikki yil to‘liq emizsin degan talab yo‘q. Agar sutdan chiqarish bolaga zarar qilmasa, ikki yil bo‘lmasdan turib ham chiqarish joiz. Ikki yilga yetmasdan chiqarsa, bolaning haqqi ota-onada qolib ketdi deyilmaydi. Alloh taolo Baqara surasida bunday marhamat qiladi:

“Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to‘liq ikki yil emizadilar...”.

Mazkur oyati karima tafsirida mufassir ulamolar: “Emizish muddatini ikki yil deb belgilanishi vojib ma’nosida emas. Bunga “Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa” so‘zi dalolat qiladi. Alloh taolo emizish muddatini oxiriga yetkazishni bandaning xohishiga bog‘lab qo‘yganidan muddatni oxiriga yetkazish vojib emasligi anglashiladi”, deyishgan.

Qolaversa, mazkur oyatning davomida “Agar o‘zaro rozi bo‘lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo‘lmaydi”, deyilgan. Ya’ni ikki yildan oldin er va xotin o‘zaro kelishgan holda, bolaning holatidan kelib chiqib sutdan chiqarishlarida gunoh bo‘lmaydi.

Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh bolani ikki yildan avval sutdan chiqarishda er va xotinning o‘zaro roziligi lozim, ikki yildan keyin esa er yo xotindan birining roziligi bilan chiqarish mumkin, deganlar.

Ammo bolaga emish zarur bo‘la turib, sutdan chiqarib yuborish mumkin emas. Chunki bu unga ochiq-oydin zarar berish bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi