Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

DIQQAT E’LON!!!

19.06.2020   4094   1 min.
DIQQAT E’LON!!!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari texnik sabablarga ko‘ra

  • Hadis ilmi maktabi va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida

2020 yilning 20 iyunidan 10 iyuligacha (shu kuni ham),

  • Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuligacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tishi belgilandi.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

04.07.2025   5655   1 min.
“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;

- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;

- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;

- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;

- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;

- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;

- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;

- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;

- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;

- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!

Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi

imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA