Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2026   |   13 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:53
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2026, 13 Shavvol, 1447

TA’ZIYA

06.06.2020   2273   1 min.
TA’ZIYA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ko‘p yillar diniy sohada xizmat qilgan ("Movarounnahr" nashriyoti sobiq direktori) Yusufxon hoji Mahmudovga o‘ttiz yoshli farzandining vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan yigitning barcha solih amallarini o‘ziga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning yaqinlari va ota-onasiga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Yusufxon hoji Mahmudovga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda diniy soha xodimlari o‘rtasida milliy kurash musobaqalari boshlandi

31.03.2026   3096   1 min.
Qashqadaryoda diniy soha xodimlari o‘rtasida milliy kurash musobaqalari boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish maqsadida milliy kurash musobaqalariga start berildi.


Dastlab, Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida musobaqaning hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bellashuvlar natijasida eng kuchli polvonlar saralanib, viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 
 

Bu kabi tadbirlar nafaqat soha xodimlarining jismoniy chiniqishiga, balki yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga ham xizmat qiladi. 


Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda diniy soha xodimlari o‘rtasida milliy kurash musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha xodimlari o‘rtasida milliy kurash musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha xodimlari o‘rtasida milliy kurash musobaqalari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari