2020 yil 2 iyun holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
Demak, 8 iyun, dushanba kunidan boshlab masjidlar faqat «yashil» hududlarda o‘z faoliyatini boshlaydi, ushbu maskanlarda 5–8 iyun kunlari sanitar choralar amalga oshiriladi.
Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz masjidlarda namoz o‘qishni juda sog‘inishdi. Allohga shukrki, masjidlar eshiklari yana ochildi, karantin mezonlariga amal qilgan holda “yashil” hududlarda fayzli ibodatlarni boshlaymiz. Qolgan «sariq» va «qizil» hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, bir oz sabr qilsak, ushbu kasallik xavfi kamaysa, u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh.
Quyida respublika bo‘yicha tuman-shaharlar kesimida “yashil”, “sariq” va “qizil” hududga toifalanishning ro‘yxatini PDF formatida yoki quyidagi surat shaklida ko‘rishingiz mumkin.
































































O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati