Suriyalik er-xotin Holid va Dalal o'n yil oldin Angliyaga hech vaqosiz kelishgan edi. Holid oilani butlash uchun bor oshga qo'l urdi. Pul yig'ib ko'chma oshxona bilan jihozlangan mikroavtobus sotib oldi. Hozirda unda Suriya milliy taomlarini tayyorlanyapti.
Ularning tamaddixonasi kichik, daromadi ham kam bo'lishiga qaramasdan, er-xotin ishsiz, nochor, uysizlarga bepul taom tarqatadi.
“Biz och qolish nima ekangini yaxshi bilamiz va hech kim buni boshdan kechirishini istamaymiz", deya ta'kidladi Holid.
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati