Qarzlarning zakoti
Qarzlar uch turlidir:
- Kuchli qarz.
- O‘rtacha qarz.
- Zaif qarz.
Kuchli qarz kasodga uchragan bo‘lsa ham (qarzini) inkor qilmagan yoki inkor qilsa ham, qarzligiga (guvoh, vekselga o‘xshash) hujjat ko‘rsatgan kishiga sotilgan molning yoki qarzga berilgan pulning badalidir, bularning zakoti mol nisobga yetgach bir yil o‘tsa, beriladi.
O‘rtacha qarz sotilgan eski kiyim-bosh, xizmatkor va shunga o‘xshash kishining asosiy ehtiyojlariga aloqador bo‘lgan va tijorat moli hisoblanmaydigan narsalarning badalidir. Bunday qarzdan hukmi, nisobga yetadigan miqdori qarzdordan olinmagunicha, zakot berilmaydi. Bunday mollarda (bir yil o‘tish shartining muddati) ular sotilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Zaif qarz mahr, vasiyat, tovonga o‘xshash mulk bo‘lmagan narsalarning badalidir. Ya’ni, ayol eridan oladigan mahr, bir kishiga berilishga vasiyat qilingan, hali unga yetib bormagan pul, hali vorislarga to‘lanmagan tovon pullaridir. Bunday qarzlardan nisobga yetadigan miqdori olingach, oradan bir yil o‘tmagunicha, zakot berish lozim bo‘lmaydi. Bu hukm qo‘lida nisob miqdoridagm yil to‘lgan pul bo‘lmagan holatdadir. Agar qo‘lida nisob miqdoriga yetadigan mol bo‘lib, unga yil to‘lgan bo‘lsa, yuqorida aytilgan qarzlardan olgan miqdorni unga qo‘shib hammasidan zakot beradi.
Tijorat mollarining zakoti
Tijorat mollari oltin va kumushdan tashqari savdo-sotiq uchun tayyorlangan yoki savdo uchun ishlab chiqarilgan mollardir. Bularning tujjor qo‘lida bo‘lgan jami qismining qiymati oltin, kumushning nisob miqdoriga yetsa, zakot berish farz bo‘ladi. Jami miqdor hisoblanayotganida alohida-alohida turdagi mollarning qiymati bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Tijorat mollarining zakotini berish uchun ikki narsa shart bo‘ladi:
- Bir yil davomida (mazkur mollarning) tijorati bilan shug‘ullanishga niyat qilish.
- Tijorat mollarida zakot berishga to‘siq bo‘lmasin. Bu shunday: birinchidan tajorat niyati savdo vaqtida bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bir narsadan ikki bor zakot berishga olib kelmasin. Bir yerni tijorat uchun sotib olib, unga eksa yerdan chiqqan hosilning ushri beriladi. Yer qiymatidan zakot berilmaydi.
Tijorat mollari faqirlarning manfaatlariga eng mos bo‘lgan narsaning qiymati bilan narxlanadi. Ya’ni tijorat mollarining narxi oltin yoki kumushdan birining, nisob miqdorini to‘ldirib, ikkinchisiga ko‘ra to‘ldirmasa-da, birinchisiga qarab mollar narxlanadi va zakoti beriladi, ikkinchisiga e’tibor qilinmaydi.
Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarping zakoti
Yerlar ushr va xirojga bog‘lanishiga ko‘ra, ikkiga ajratiladi:
- Ushrga tobe bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki davlat rahbari tomonidan (fath qilingan), fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berish hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosi bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar.
- Xiroji beriladigan joylar musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh bilan qo‘lga kiritilgan va mahalliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlardir.
Quyidagi shartlar jam’ bo‘lganida, ushr berilishi lozim bo‘lgan tuproqlarda (yetishtirilgan hosilning) o‘ndan biri faqirlarga beriladi:
- Tuproqni yilning aksar qismida yomg‘ir va shunga o‘xshash suvlar bilan sug‘orish. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan yerlar hosilidan yigarmadan biri zakot qilib beriladi.
- Mahsulot tuproqdan daromad va foyda olish maqsadida ekilgan ekinning mahsuli bo‘lishi kerak. Qasddan ekilmagan o‘t-o‘lan va daraxtlar bunga kirmaydi, yani zakot berilmaydi.
Yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng, bir yil o‘tishi, nisob miqdorinng to‘ldirilishi shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi.
Xirojiy yerlardan olinadigan soliqning miqdori davlat rahbari bilan mahalliy aholi orasidagi kelishuvga qarab belgilanadi.
yaMa’dan va yerosti boyliklarining zakoti
Yerosti boyliklari, kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir.
Ma’danlar uch turga bo‘linadi:
- Olovda eriydigan ma’danlar.
- II. Suyuq ma’danlar.
III. Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar.
- Olovda eritib quyiladigan oltin, kumush, temirga o‘xshash ma’danlarning beshdan birini zakotga ajratish lozim. Bu hukm "Bilingki, o‘lja qilib qo‘lga kiritgan boyliklaringiz..." mazmunli oyati karimada bayon qilingan. Zakot yetimlarga, kambag‘allarga va yo‘lda qolib ketgan musofirlarga beriladi.
- Yer ostidan chiqarilgan moddalarning beshdan biri berilgach, qolgan 4/5 qismi agar ushbu ma’danlar egasiz, saxroga o‘xshash joylardan topilgan bo‘lsa, topgan kishiniki bo‘ladi.
- Agar xazinada islomiyatdan avvalgi davrga oidligini ko‘rsatuvchi biror belgi bo‘lsa, xazinaning beshdan birini berishi lozim. Agar topib olingan xazina islomiyat davriga oid tanga pullar bo‘lsa, topib olingan mol hukman luqota kabstsir (ya’ni egasi chiqsa, unga qaytariladi).
- Agar xazinadagi pullar qaysi davrga oid ekanligi no’malum bo‘lsa, (bu pullar) Islomdan avvalgi davrga oid deb hisob qilinadi.
- Ma’dan bir kishining mulki bo‘lgan joydan topib olinsa, 1/5 qismi davlatga, qolgani esa yer egasiga beriladi.
- Qora mum va neftta o‘xshash suyuq ma’danlar uchun zakot berilmaydi. Faqat bundan daromad olayotgan kishi zakot beradi.
- Olovda erimaydigan hamda suyuq bo‘lmagan ohaktoshi va (olmos, marvarid kabi) javhar ma’danlarining hukmi qora mum va neft kabidir, ulardan zakot berilmaydi.
- Dengazdan chiqarilgan anbar, marvarid va boshqa shunga o‘xshash narsalar uchun zakot berilmaydi. Faqat tijorat maqsadida chiqarilsa, boshqa tijorat mollaridan ajratilgan tarzda zakoti beriladi.
Zakotga doir turli masalalar
- Sog‘lom va ma’lum miqdor daromadi bo‘lsa ham, nisob miqdoridan oz puli bor kishining zakot berishi joizdir.
- Banknot pullar mulk hisoblanadi. Qiymatlariga qarab, zakoti beriladi.
- Kishi shaxsiy qanoati bilan oyati karimada bayon qilingan kishilardan deb o‘ylagan kishiga zakotini bersa-yu, keyinchalik u kishining bunday toifadan emasligi ma’lum bo‘lsa, zakoti maqbuldir. Ammo zakotni olgan zakot berganning quli yoki mukotabi (ma’lum mablag‘ uchun ozod qilinishga xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli) bo‘lsa, zakot hisobga olinmaydi.
- Nisob miqdoricha boylikka ega bo‘lgan kishining vaqti kelmay turib, bir necha ylning yoki bir necha nisobning zakotini avvaldan berishi joizdir.
- Zakoti beriladigan molning, zakoti berilishi lozim bo‘lgan ondagi (yil to‘lgandagi) qiymati e’tibor olinadi.
- O‘lgan odam qoldirgan moldan, zakotim berilsin, deya vasiyat qilmagan bo‘lsa, zakot olinmaydi. Agar vasiyati bo‘lsa, qoldirgan molning uchdan biridan zakot chiqariladi.
- Oltin, kumush va boshqa pullarning zakotini tijorat molidan, (bug‘doyga o‘xshash) o‘lchanadigan va tortiladigan narsalardan berish durustdir.
- Nisob miqdorini to‘ldirish uchun tijorat mollarining qiymati, oltin va kumushning qiymatlari ham, boshqa pullar ham bir-biriga qo‘shib hisoblanadi.
- Oltin va kumush (ichidagi boshqa moddalardan) ko‘p bo‘lsa, sof hisoblanadi. Agar bunday holda boshqa moddalar oltin va kumushdan ko‘p bo‘lsa, hamda tanga holida va muomaladagi pul hisoblansa, (zakot berishda) uning qiymati e’tiborga olinadi. Agar bu pullarning qiymati nisob miqdorini to‘ldirsa, zakoti beriladi. Aks holda berilmaydi. Mazkur sof bo‘lmagan oltin yoki kumush pullar muomalada o‘tmaydigan bo‘lsa, hamda kishi ularning tijorati bilan shug‘ullanishni niyat qilsa, hukmi tijorat mollari kabi bo‘ladi.
- Kishining o‘z mulki bo‘lishiga qaramay, qo‘lida mavjud bo‘lmagan va qaytib olishga ko‘zi yetmagan molini (keyinchalik) qo‘liga kiritsa, o‘tib ketgan davri uchun zakot berishi lozim emas.
- Nisob miqdorida puli bo‘lgan kishining yil o‘rtasida qarzdor bo‘lib qolishi, Imom Muhammadga ko‘ra, molning talofatga uchrab yo‘qolib ketishi kabidir. Imom Abu Yusufga ko‘ra esa, bu holat yil davomida nisob miqdoridan bir oz kamayish hisoblanadi. Yil oxirida zakot beirish majburiyati yo‘qolmaydi.
- Oltin va kumushdan zakot berishda vojib bo‘lganidek, zakot beriladigan paytda oltin va kumushni tortib, zakotini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
- Har qanday moldan nisobga erishgan kishi ayni yil uchun tijorat, meros va boshqa yo‘l bilan o‘sha moldan qo‘lga kiritgan daromadini qo‘shib zakot beradi.
- Zakot berilishi lozim bo‘lgan mulk zakoti berilmay turib batamom zoye bo‘lsa, u mulkning zakoti bekor bo‘ladi. Bir qismi zoye bo‘lsa, qolgan qismining zakoti beriladi.
- Faqirlarda qarzi bo‘lgan kishi, uni olmay zakot niyatida qarzidan kechsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakot o‘rniga o‘tishi uchun, faqirdan qarzini olib, so‘ngra takror zakot niyatida berishi zarur.
Zakot beriladigan kishilar
Zakot quyidagilarga beriladi: “Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngallari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va hikmat sohibidir» (Tavba surasi, 60-oyat mazmuni).
- Faqirlar. Nisob miqdoricha mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘ zaruriy ehtiyojlariga sarflangan kishilar.
- Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj.
- Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarni (xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham, vazifalari sababli ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi.
4.Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon keltirishlarini;
b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
- Mukotablar, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan kishilar.
- Qarzdorlar, ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar.
- Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ilab, Islom dini shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
- O‘z diyoridan (va u yerdaga) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan) musofirlar.
Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi lozim.
Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrassalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.
Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar
- Badavlat kishining faqir katta o‘g‘li.
- Badavlat kishining faqir xotini.
- Farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berish joiz.
- O‘z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘la turib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi muhtoj kishilarga yuborish makruhdir. Faqat boshqa qishloq-shahardagi faqirlar zakot beruvchining yaqinlari yoki o‘z qishloq-shahridagi faqirlardan qashshoq kishilar bo‘lsa, maqruh emas. Agar kishi zakotini muddatidan avval beradigan bo‘lsa, boshqa qishloq-shahardagi faqirlarga yuborishning zarari yo‘q.
- Zakot niyatida faqir qarindoshlarning bolalariga beriladigan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.
- Shuningdek, zakot niyati bilan bayramlarda, boshqa shodiyonalarda ayol va erkak faqirlarga berilgan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.
- Zakot to‘plovchi xodimlardan boshqa barcha zakot oladigan toifalar faqir bo‘lishlari shart.
Fitr sadaqasi
Fitr sadaqasi, badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo‘lgan kshpilarga beradigan sadaqasidir.
Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.
Hikmatlari.
1.Ramazon xayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
- Barcha musulmonlar shod-xurram bo‘lgan mana shunday ulug‘ bayram kuni, faqirlarni ham xursandchilik va farog‘atga erishtirish.
- Ro‘za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham poklashi.
- Ro‘za davomida, ehtimol, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolarining to‘g‘rilanishi.
Rukni
Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.
Sababi kishining qaramog‘ida boqishga majbur va mas’ul bo‘lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o‘zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo‘jayini o‘lganidan so‘ng ozod bo‘lishi xususida, xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo‘jayinidan farzand ko‘rgan joriya) uchun fitr sadaqasi bershi lozim.
Vojib bo‘lishning shartlari
Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdorida mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob mikdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.
Vojib bo‘lishining vaqti
Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqsining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.
Fitr sadaqasini berish joiz bo‘lgan narsalar
Quyidagi to‘rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz.
Fitr sadaqasining vojib bo‘lgan miqdori
Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ – 1,664 kg, arpa, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim.
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo‘lsa, yanada fazilatlidir.
O‘tilgan darslarni takrorlash
Quyidagi savollarga puxta o‘ylab, javob bering:
- Zakotning ta’rifini, hukmini, farz bo‘lish shartlarini, sababini va ruknini aytib bering.
- Zakotning farzlarini, adosi va berilishining sahih bo‘lish shartlarini sanab bering.
- Zakot berilishi lozim bo‘lgan mollarni sanang. O‘tlaydigan hayvonlarni, ularning necha qismga bo‘linishini, qachon ulardan zakot berish lozimligini tushuntirib bering.
- Tuya, sigir va qo‘ylarning zakotini aytib bering. Otlarning zakoti haqida ma’lumot bering.
- O‘zbek puliga binoan oltin va kumushning zakotini tushuntiring.
- Qarzni qismlarga bo‘lib, har birini izohlang va hukmlarini ayting.
- Tijorat mollarini ta’riflab, ular uchun qachon zakot berish lozimligini ayting. Alohida-alohida turdagi tijorat mollarining zakoti qanday beriladi? Tijorat mollarining zakotini berish uchun lozim bo‘lgan shartlarni tushuntirib bering.
- Ushr va xirojga tortiladigan yerlarni ta’riflang. Har ikkisi uchun lozim bo‘lgan zakot miqdorini hamda ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlarda zakotning vojib bo‘lish shartlarini sanab bering.
- Ma’dan, xazina va yerosti boyliklari orasidagi farqni tushuntirib, har birining hukmlarini aytib bering.
- Nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lgan kishi ikki yil yoki yanada ko‘proq yillarning zakotini vaqtidan avval berishining hukmi nima? Vafot etgan kishidan qolgan mulkdan qanday hollarda zakot beriladi?
- Yil o‘rtasida yuzaga kelgan qarzdorlik xususidagi ixtilofni tushuntiring. Shuningdek, yil o‘rtasida qo‘lga kiritilgan boylikning hukmini bayon qiling.
- Zakot beradigan kishi zakot niyatida faqirlardagi qarzidan kechib yuborishining hukmi nima? Zakot berish vojib bo‘lgan, lekin talofatga uchragan mulkning hukmini izohlab bering.
- Zakot berishi mumkin bo‘lgan kishilarni sanab bering va har bir toifani ta’riflang. Qalblarini Islomga og‘dirish istalgan kishilarga nima uchun zakot beriladi?
Fitr sadaqasini ta’riflab, hikmatini, sababini, ruknini, vojib bo‘lish shartlarini, vojib vaqtini va qanday turdagi narsalardan berish mumkinligini hamda berish lozim bo‘lgan miqdorning qancha ekanligini tushuntirib bering. Kishi nima uchun fitr sadaqasi berishi lozim? Fitr sadaqasining qyymatini berish joizmi? Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?
KЕYINGI MAVZULAR:
JANOZA:
O‘lim to‘shagida yotgan bemor;
Bemorning joni uzilgach qilinadigan ishlar;
Jasadni yuvib dafn etishga tayyorlash;
Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?
Shariatga mos kafan;
Janoza namozining hukmi va ruknlari;
Shartlari;
Janoza namozining sunnatlari;
Janoza namozida mayyit haqqiga duo;
Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi;
Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish;
Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish;
Janoza namozini qayerda o‘qish joiz?
Go‘daklarga (kichkina bolalar) janoza o‘qish;
Kofir va osiylar;