Qarzlarning zakoti
Qarzlar uch turlidir:
Kuchli qarz kasodga uchragan bo‘lsa ham (qarzini) inkor qilmagan yoki inkor qilsa ham, qarzligiga (guvoh, vekselga o‘xshash) hujjat ko‘rsatgan kishiga sotilgan molning yoki qarzga berilgan pulning badalidir, bularning zakoti mol nisobga yetgach bir yil o‘tsa, beriladi.
O‘rtacha qarz sotilgan eski kiyim-bosh, xizmatkor va shunga o‘xshash kishining asosiy ehtiyojlariga aloqador bo‘lgan va tijorat moli hisoblanmaydigan narsalarning badalidir. Bunday qarzdan hukmi, nisobga yetadigan miqdori qarzdordan olinmagunicha, zakot berilmaydi. Bunday mollarda (bir yil o‘tish shartining muddati) ular sotilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Zaif qarz mahr, vasiyat, tovonga o‘xshash mulk bo‘lmagan narsalarning badalidir. Ya’ni, ayol eridan oladigan mahr, bir kishiga berilishga vasiyat qilingan, hali unga yetib bormagan pul, hali vorislarga to‘lanmagan tovon pullaridir. Bunday qarzlardan nisobga yetadigan miqdori olingach, oradan bir yil o‘tmagunicha, zakot berish lozim bo‘lmaydi. Bu hukm qo‘lida nisob miqdoridagm yil to‘lgan pul bo‘lmagan holatdadir. Agar qo‘lida nisob miqdoriga yetadigan mol bo‘lib, unga yil to‘lgan bo‘lsa, yuqorida aytilgan qarzlardan olgan miqdorni unga qo‘shib hammasidan zakot beradi.
Tijorat mollarining zakoti
Tijorat mollari oltin va kumushdan tashqari savdo-sotiq uchun tayyorlangan yoki savdo uchun ishlab chiqarilgan mollardir. Bularning tujjor qo‘lida bo‘lgan jami qismining qiymati oltin, kumushning nisob miqdoriga yetsa, zakot berish farz bo‘ladi. Jami miqdor hisoblanayotganida alohida-alohida turdagi mollarning qiymati bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Tijorat mollarining zakotini berish uchun ikki narsa shart bo‘ladi:
Tijorat mollari faqirlarning manfaatlariga eng mos bo‘lgan narsaning qiymati bilan narxlanadi. Ya’ni tijorat mollarining narxi oltin yoki kumushdan birining, nisob miqdorini to‘ldirib, ikkinchisiga ko‘ra to‘ldirmasa-da, birinchisiga qarab mollar narxlanadi va zakoti beriladi, ikkinchisiga e’tibor qilinmaydi.
Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarping zakoti
Yerlar ushr va xirojga bog‘lanishiga ko‘ra, ikkiga ajratiladi:
Quyidagi shartlar jam’ bo‘lganida, ushr berilishi lozim bo‘lgan tuproqlarda (yetishtirilgan hosilning) o‘ndan biri faqirlarga beriladi:
Yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng, bir yil o‘tishi, nisob miqdorinng to‘ldirilishi shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi.
Xirojiy yerlardan olinadigan soliqning miqdori davlat rahbari bilan mahalliy aholi orasidagi kelishuvga qarab belgilanadi.
yaMa’dan va yerosti boyliklarining zakoti
Yerosti boyliklari, kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir.
Ma’danlar uch turga bo‘linadi:
III. Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar.
Zakotga doir turli masalalar
Zakot beriladigan kishilar
Zakot quyidagilarga beriladi: “Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngallari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va hikmat sohibidir» (Tavba surasi, 60-oyat mazmuni).
4.Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon keltirishlarini;
b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi lozim.
Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrassalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.
Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar
Fitr sadaqasi
Fitr sadaqasi, badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo‘lgan kshpilarga beradigan sadaqasidir.
Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.
Hikmatlari.
1.Ramazon xayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
Rukni
Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.
Sababi kishining qaramog‘ida boqishga majbur va mas’ul bo‘lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o‘zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo‘jayini o‘lganidan so‘ng ozod bo‘lishi xususida, xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo‘jayinidan farzand ko‘rgan joriya) uchun fitr sadaqasi bershi lozim.
Vojib bo‘lishning shartlari
Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdorida mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob mikdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.
Vojib bo‘lishining vaqti
Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqsining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.
Fitr sadaqasini berish joiz bo‘lgan narsalar
Quyidagi to‘rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz.
Fitr sadaqasining vojib bo‘lgan miqdori
Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ – 1,664 kg, arpa, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim.
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo‘lsa, yanada fazilatlidir.
O‘tilgan darslarni takrorlash
Quyidagi savollarga puxta o‘ylab, javob bering:
Fitr sadaqasini ta’riflab, hikmatini, sababini, ruknini, vojib bo‘lish shartlarini, vojib vaqtini va qanday turdagi narsalardan berish mumkinligini hamda berish lozim bo‘lgan miqdorning qancha ekanligini tushuntirib bering. Kishi nima uchun fitr sadaqasi berishi lozim? Fitr sadaqasining qyymatini berish joizmi? Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?
KЕYINGI MAVZULAR:
JANOZA:
O‘lim to‘shagida yotgan bemor;
Bemorning joni uzilgach qilinadigan ishlar;
Jasadni yuvib dafn etishga tayyorlash;
Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?
Shariatga mos kafan;
Janoza namozining hukmi va ruknlari;
Shartlari;
Janoza namozining sunnatlari;
Janoza namozida mayyit haqqiga duo;
Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi;
Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish;
Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish;
Janoza namozini qayerda o‘qish joiz?
Go‘daklarga (kichkina bolalar) janoza o‘qish;
Kofir va osiylar;
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida diniy-ma’rifiy soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish yangi bosqichga ko‘tarildi. 2016 yilda 5 ming 200 nafar vatandoshimiz haj amallarini bajargan bo‘lsa, 2024 yilda 15 mingdan ortiq mo‘min-musulmonlar hojilik sharafiga muyassar bo‘ldi.
Bu yil ham 15 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz haj ibodatini ado etishadi. Mamlakatimizning 9 ta hududiy aeroportidan ziyoratchilar har kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri Madina shahriga haj safariga yuboriladi. Parvozlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bilan birgalikda Saudiya Arabistonining “FlyNas” va “FlyAdeal” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yurtdoshlarimizga Madinai munavvarada hamda Makkai mukarramada barcha shart-sharoitni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlaridan iborat dastlabki ishchi guruh faol ish olib bordi.
Madina shahrida muhtasham besh yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasi, Makkai mukarramada “Marmara hotel”, “Romance hotel”, “Al-Ayyam elite”, “Concrete hotel”, “Abroj Dania”, “Paradise”, “Open hotel”, “Ayyed saha” kabi sakkizta mehmonxona hojilarni yuqori saviyada kutib olishga shay qilingan. Mehmonxonalarda ziyoratchilar uchun namozxonalar, oshxonalar, tibbiyot punktlari hamda boshqa zarur vositalar hozirlandi.
13 may kuni tongda muborak haj safarini niyat qilgan ziyoratchilarning dastlabki guruhi dilda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin sari yo‘lga chiqdi.
Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.
Orzulari ro‘yobidan his-hayajonga to‘lgan “Haj — 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari aeroportdan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Shu kuni Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilar “Haj — 2025” ishchi guruhi va mutasaddilar tomonidan tantanali kutib olindi.
Yurtdoshlarimizga muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom ko‘rsatildi. Vatandoshlarimiz shodlik va shukronalik tuyg‘ulari bilan ziyorat va ibodatlarni ado etishga kirishdi.
Ayniqsa, mehmonxonaning Masjidi Nabaviyga juda yaqin masofada joylashgani hojilarimizni behad mamnun qilmoqda. Ular kunlik barcha ibodatni ushbu muborak masjidda ado etmoqda. Ular o‘z duolarida Yaratgandan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga bundan-da farovonlik so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilarimiz 2025 yil 13 maydan 28 mayga qadar haj safariga kuzatiladi.
«Xalq so‘zi».