Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Nurul izoh: ZAKOT KITOBI (davomi)

12.05.2020   3626   17 min.
Nurul izoh: ZAKOT KITOBI (davomi)

Qarzlarning zakoti

Qarzlar uch turlidir:

  1. Kuchli qarz.
  • O‘rtacha qarz.
  • Zaif qarz.

Kuchli qarz kasodga uchragan bo‘lsa ham (qarzini) inkor qilmagan yoki inkor qilsa ham, qarzligiga (guvoh, vekselga o‘xshash) hujjat ko‘rsatgan kishiga sotilgan molning yoki qarzga berilgan pulning badalidir, bularning zakoti mol nisobga yetgach bir yil o‘tsa, beriladi.

O‘rtacha qarz sotilgan eski kiyim-bosh, xizmatkor va shunga o‘xshash kishining asosiy ehtiyojlariga aloqador bo‘lgan va tijorat moli hisoblanmaydigan narsalarning badalidir. Bunday qarzdan hukmi, nisobga yetadigan miqdori qarzdordan olinmagunicha, zakot berilmaydi. Bunday mollarda (bir yil o‘tish shartining muddati) ular sotilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Zaif qarz mahr, vasiyat, tovonga o‘xshash mulk bo‘lmagan narsalarning badalidir. Ya’ni, ayol eridan oladigan mahr, bir kishiga berilishga vasiyat qilingan, hali unga yetib bormagan pul, hali vorislarga to‘lanmagan tovon pullaridir. Bunday qarzlardan nisobga yetadigan miqdori olingach, oradan bir yil o‘tmagunicha, zakot berish lozim bo‘lmaydi. Bu hukm qo‘lida nisob miqdoridagm yil to‘lgan pul bo‘lmagan holatdadir. Agar qo‘lida nisob miqdoriga yetadigan mol bo‘lib, unga yil to‘lgan bo‘lsa, yuqorida aytilgan qarzlardan olgan miqdorni unga qo‘shib hammasidan zakot beradi.

Tijorat mollarining zakoti

Tijorat mollari oltin va kumushdan tashqari savdo-sotiq uchun tayyorlangan yoki savdo uchun ishlab chiqarilgan mollardir. Bularning tujjor qo‘lida bo‘lgan jami qismining qiymati oltin, kumushning nisob miqdoriga yetsa, zakot berish farz bo‘ladi. Jami miqdor hisoblanayotganida alohida-alohida turdagi mollarning qiymati bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Tijorat mollarining zakotini berish uchun ikki narsa shart bo‘ladi:

  1. Bir yil davomida (mazkur mollarning) tijorati bilan shug‘ullanishga niyat qilish.
  2. Tijorat mollarida zakot berishga to‘siq bo‘lmasin. Bu shunday: birinchidan tajorat niyati savdo vaqtida bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bir narsadan ikki bor zakot berishga olib kelmasin. Bir yerni tijorat uchun sotib olib, unga eksa yerdan chiqqan hosilning ushri beriladi. Yer qiymatidan zakot berilmaydi.

Tijorat mollari faqirlarning manfaatlariga eng mos bo‘lgan narsaning qiymati bilan narxlanadi. Ya’ni tijorat mollarining narxi oltin yoki kumushdan birining, nisob miqdorini to‘ldirib, ikkinchisiga ko‘ra to‘ldirmasa-da, birinchisiga qarab mollar narxlanadi va zakoti beriladi, ikkinchisiga e’tibor qilinmaydi.

Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarping zakoti

Yerlar ushr va xirojga bog‘lanishiga ko‘ra, ikkiga ajratiladi:

  • Ushrga tobe bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki davlat rahbari tomonidan (fath qilingan), fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berish hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosi bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar.
  • Xiroji beriladigan joylar musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh bilan qo‘lga kiritilgan va mahalliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlardir.

Quyidagi shartlar jam’ bo‘lganida, ushr berilishi lozim bo‘lgan tuproqlarda (yetishtirilgan hosilning) o‘ndan biri faqirlarga beriladi:

  1. Tuproqni yilning aksar qismida yomg‘ir va shunga o‘xshash suvlar bilan sug‘orish. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan yerlar hosilidan yigarmadan biri zakot qilib beriladi.
  2. Mahsulot tuproqdan daromad va foyda olish maqsadida ekilgan ekinning mahsuli bo‘lishi kerak. Qasddan ekilmagan o‘t-o‘lan va daraxtlar bunga kirmaydi, yani zakot berilmaydi.

Yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng, bir yil o‘tishi, nisob miqdorinng to‘ldirilishi shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi.

Xirojiy yerlardan olinadigan soliqning miqdori davlat rahbari bilan mahalliy aholi orasidagi kelishuvga qarab belgilanadi.

yaMa’dan va yerosti boyliklarining zakoti

Yerosti boyliklari, kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir.

Ma’danlar uch turga bo‘linadi:

  1. Olovda eriydigan ma’danlar.
  2. II. Suyuq ma’danlar.

III. Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar.

  1. Olovda eritib quyiladigan oltin, kumush, temirga o‘xshash ma’danlarning beshdan birini zakotga ajratish lozim. Bu hukm "Bilingki, o‘lja qilib qo‘lga kiritgan boyliklaringiz..." mazmunli oyati karimada bayon qilingan. Zakot yetimlarga, kambag‘allarga va yo‘lda qolib ketgan musofirlarga beriladi.
  2. Yer ostidan chiqarilgan moddalarning beshdan biri berilgach, qolgan 4/5 qismi agar ushbu ma’danlar egasiz, saxroga o‘xshash joylardan topilgan bo‘lsa, topgan kishiniki bo‘ladi.
  3. Agar xazinada islomiyatdan avvalgi davrga oidligini ko‘rsatuvchi biror belgi bo‘lsa, xazinaning beshdan birini berishi lozim. Agar topib olingan xazina islomiyat davriga oid tanga pullar bo‘lsa, topib olingan mol hukman luqota kabstsir (ya’ni egasi chiqsa, unga qaytariladi).
  4. Agar xazinadagi pullar qaysi davrga oid ekanligi no’malum bo‘lsa, (bu pullar) Islomdan avvalgi davrga oid deb hisob qilinadi.
  5. Ma’dan bir kishining mulki bo‘lgan joydan topib olinsa, 1/5 qismi davlatga, qolgani esa yer egasiga beriladi.
  6. Qora mum va neftta o‘xshash suyuq ma’danlar uchun zakot berilmaydi. Faqat bundan daromad olayotgan kishi zakot beradi.
  7. Olovda erimaydigan hamda suyuq bo‘lmagan ohaktoshi va (olmos, marvarid kabi) javhar ma’danlarining hukmi qora mum va neft kabidir, ulardan zakot berilmaydi.
  8. Dengazdan chiqarilgan anbar, marvarid va boshqa shunga o‘xshash narsalar uchun zakot berilmaydi. Faqat tijorat maqsadida chiqarilsa, boshqa tijorat mollaridan ajratilgan tarzda zakoti beriladi.

Zakotga doir turli masalalar

  1. Sog‘lom va ma’lum miqdor daromadi bo‘lsa ham, nisob miqdoridan oz puli bor kishining zakot berishi joizdir.
  2. Banknot pullar mulk hisoblanadi. Qiymatlariga qarab, zakoti beriladi.
  3. Kishi shaxsiy qanoati bilan oyati karimada bayon qilingan kishilardan deb o‘ylagan kishiga zakotini bersa-yu, keyinchalik u kishining bunday toifadan emasligi ma’lum bo‘lsa, zakoti maqbuldir. Ammo zakotni olgan zakot berganning quli yoki mukotabi (ma’lum mablag‘ uchun ozod qilinishga xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli) bo‘lsa, zakot hisobga olinmaydi.
  4. Nisob miqdoricha boylikka ega bo‘lgan kishining vaqti kelmay turib, bir necha ylning yoki bir necha nisobning zakotini avvaldan berishi joizdir.
  5. Zakoti beriladigan molning, zakoti berilishi lozim bo‘lgan ondagi (yil to‘lgandagi) qiymati e’tibor olinadi.
  6. O‘lgan odam qoldirgan moldan, zakotim berilsin, deya vasiyat qilmagan bo‘lsa, zakot olinmaydi. Agar vasiyati bo‘lsa, qoldirgan molning uchdan biridan zakot chiqariladi.
  7. Oltin, kumush va boshqa pullarning zakotini tijorat molidan, (bug‘doyga o‘xshash) o‘lchanadigan va tortiladigan narsalardan berish durustdir.
  8. Nisob miqdorini to‘ldirish uchun tijorat mollarining qiymati, oltin va kumushning qiymatlari ham, boshqa pullar ham bir-biriga qo‘shib hisoblanadi.
  9. Oltin va kumush (ichidagi boshqa moddalardan) ko‘p bo‘lsa, sof hisoblanadi. Agar bunday holda boshqa moddalar oltin va kumushdan ko‘p bo‘lsa, hamda tanga holida va muomaladagi pul hisoblansa, (zakot berishda) uning qiymati e’tiborga olinadi. Agar bu pullarning qiymati nisob miqdorini to‘ldirsa, zakoti beriladi. Aks holda berilmaydi. Mazkur sof bo‘lmagan oltin yoki kumush pullar muomalada o‘tmaydigan bo‘lsa, hamda kishi ularning tijorati bilan shug‘ullanishni niyat qilsa, hukmi tijorat mollari kabi bo‘ladi.
  10. Kishining o‘z mulki bo‘lishiga qaramay, qo‘lida mavjud bo‘lmagan va qaytib olishga ko‘zi yetmagan molini (keyinchalik) qo‘liga kiritsa, o‘tib ketgan davri uchun zakot berishi lozim emas.
  11. Nisob miqdorida puli bo‘lgan kishining yil o‘rtasida qarzdor bo‘lib qolishi, Imom Muhammadga ko‘ra, molning talofatga uchrab yo‘qolib ketishi kabidir. Imom Abu Yusufga ko‘ra esa, bu holat yil davomida nisob miqdoridan bir oz kamayish hisoblanadi. Yil oxirida zakot beirish majburiyati yo‘qolmaydi.
  12. Oltin va kumushdan zakot berishda vojib bo‘lganidek, zakot beriladigan paytda oltin va kumushni tortib, zakotini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
  13. Har qanday moldan nisobga erishgan kishi ayni yil uchun tijorat, meros va boshqa yo‘l bilan o‘sha moldan qo‘lga kiritgan daromadini qo‘shib zakot beradi.
  • Zakot berilishi lozim bo‘lgan mulk zakoti berilmay turib batamom zoye bo‘lsa, u mulkning zakoti bekor bo‘ladi. Bir qismi zoye bo‘lsa, qolgan qismining zakoti beriladi.
  • Faqirlarda qarzi bo‘lgan kishi, uni olmay zakot niyatida qarzidan kechsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakot o‘rniga o‘tishi uchun, faqirdan qarzini olib, so‘ngra takror zakot niyatida berishi zarur.

Zakot beriladigan kishilar

Zakot quyidagilarga beriladi: “Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngallari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va hikmat sohibidir» (Tavba surasi, 60-oyat mazmuni).

  1. Faqirlar. Nisob miqdoricha mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘ zaruriy ehtiyojlariga sarflangan kishilar.
  2. Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj.
  3. Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarni (xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham, vazifalari sababli ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi.

4.Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:

a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon keltirishlarini;

b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;

v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.

  1. Mukotablar, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan kishilar.
  2. Qarzdorlar, ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar.
  3. Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ilab, Islom dini shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
  4. O‘z diyoridan (va u yerdaga) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan) musofirlar.

Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi lozim.

Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrassalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.

Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar

  1. Badavlat kishining faqir katta o‘g‘li.
  2. Badavlat kishining faqir xotini.
  3. Farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berish joiz.
  4. O‘z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘la turib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi muhtoj kishilarga yuborish makruhdir. Faqat boshqa qishloq-shahardagi faqirlar zakot beruvchining yaqinlari yoki o‘z qishloq-shahridagi faqirlardan qashshoq kishilar bo‘lsa, maqruh emas. Agar kishi zakotini muddatidan avval beradigan bo‘lsa, boshqa qishloq-shahardagi faqirlarga yuborishning zarari yo‘q.
  5. Zakot niyatida faqir qarindoshlarning bolalariga beriladigan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.
  6. Shuningdek, zakot niyati bilan bayramlarda, boshqa shodiyonalarda ayol va erkak faqirlarga berilgan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.
  7. Zakot to‘plovchi xodimlardan boshqa barcha zakot oladigan toifalar faqir bo‘lishlari shart.

Fitr sadaqasi

Fitr sadaqasi, badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo‘lgan kshpilarga beradigan sadaqasidir.

Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.

Hikmatlari.

1.Ramazon xayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;

  • Barcha musulmonlar shod-xurram bo‘lgan mana shunday ulug‘ bayram kuni, faqirlarni ham xursandchilik va farog‘atga erishtirish.
  • Ro‘za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham poklashi.
  • Ro‘za davomida, ehtimol, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolarining to‘g‘rilanishi.

Rukni

Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.

Sababi kishining qaramog‘ida boqishga majbur va mas’ul bo‘lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o‘zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo‘jayini o‘lganidan so‘ng ozod bo‘lishi xususida, xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo‘jayinidan farzand ko‘rgan joriya) uchun fitr sadaqasi bershi lozim.

Vojib bo‘lishning shartlari

Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdorida mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob mikdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.

Vojib bo‘lishining vaqti

Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.

Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqsining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.

Fitr sadaqasini berish joiz bo‘lgan narsalar

Quyidagi to‘rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz.

Fitr sadaqasining vojib bo‘lgan miqdori

Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ – 1,664 kg, arpa, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim.

Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo‘lsa, yanada fazilatlidir.

O‘tilgan darslarni takrorlash

Quyidagi savollarga puxta o‘ylab, javob bering:

  1. Zakotning ta’rifini, hukmini, farz bo‘lish shartlarini, sababini va ruknini aytib bering.
  • Zakotning farzlarini, adosi va berilishining sahih bo‘lish shartlarini sanab bering.
  1. Zakot berilishi lozim bo‘lgan mollarni sanang. O‘tlaydigan hayvonlarni, ularning necha qismga bo‘linishini, qachon ulardan zakot berish lozimligini tushuntirib bering.
  • Tuya, sigir va qo‘ylarning zakotini aytib bering. Otlarning zakoti haqida ma’lumot bering.
  • O‘zbek puliga binoan oltin va kumushning zakotini tushuntiring.
  • Qarzni qismlarga bo‘lib, har birini izohlang va hukmlarini ayting.
  • Tijorat mollarini ta’riflab, ular uchun qachon zakot berish lozimligini ayting. Alohida-alohida turdagi tijorat mollarining zakoti qanday beriladi? Tijorat mollarining zakotini berish uchun lozim bo‘lgan shartlarni tushuntirib bering.
  1. Ushr va xirojga tortiladigan yerlarni ta’riflang. Har ikkisi uchun lozim bo‘lgan zakot miqdorini hamda ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlarda zakotning vojib bo‘lish shartlarini sanab bering.
  • Ma’dan, xazina va yerosti boyliklari orasidagi farqni tushuntirib, har birining hukmlarini aytib bering.
  1. Nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lgan kishi ikki yil yoki yanada ko‘proq yillarning zakotini vaqtidan avval berishining hukmi nima? Vafot etgan kishidan qolgan mulkdan qanday hollarda zakot beriladi?
  • Yil o‘rtasida yuzaga kelgan qarzdorlik xususidagi ixtilofni tushuntiring. Shuningdek, yil o‘rtasida qo‘lga kiritilgan boylikning hukmini bayon qiling.
  • Zakot beradigan kishi zakot niyatida faqirlardagi qarzidan kechib yuborishining hukmi nima? Zakot berish vojib bo‘lgan, lekin talofatga uchragan mulkning hukmini izohlab bering.
  1. Zakot berishi mumkin bo‘lgan kishilarni sanab bering va har bir toifani ta’riflang. Qalblarini Islomga og‘dirish istalgan kishilarga nima uchun zakot beriladi?

Fitr sadaqasini ta’riflab, hikmatini, sababini, ruknini, vojib bo‘lish shartlarini, vojib vaqtini va qanday turdagi narsalardan berish mumkinligini hamda berish lozim bo‘lgan miqdorning qancha ekanligini tushuntirib bering. Kishi nima uchun fitr sadaqasi berishi lozim? Fitr sadaqasining qyymatini berish joizmi? Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?

 

KЕYINGI MAVZULAR:

JANOZA:

O‘lim to‘shagida yotgan bemor;

Bemorning joni uzilgach qilinadigan ishlar;

Jasadni yuvib dafn etishga tayyorlash;

Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?

Shariatga mos kafan;

Janoza namozining hukmi va ruknlari;

Shartlari;

Janoza namozining sunnatlari;

Janoza namozida mayyit haqqiga duo;

Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi;

Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish;

Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish;

Janoza namozini qayerda o‘qish joiz?

Go‘daklarga (kichkina bolalar) janoza o‘qish;

Kofir va osiylar;

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

23.12.2024   941   8 min.
Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَسُولُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي النَّاسِ فَأَثْنَى عَلَى اللهِ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ ثُمَّ ذَكَرَ الدَّجَّالَ، فَقَالَ: «إِنِّي َلَأُنْذِرُكُمُوهُ وَمَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ، وَلَكِنِّي سَأَقُولُ لَكُمْ فِيهِ قَوْلًا لَمْ يَقُلْهُ نَبِيٌّ لِقَوْمِهِ، إِنَّهُ أَعْوَرُ، وَإِنَّ اللهَ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom odamlar orasida turib, Allohga loyiq hamdu sano aytdilar, so‘ng Dajjol haqida so‘zlab, shunday dedilar: «Men sizlarni undan ogohlantiraman! Har bir nabiy ham o‘z qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga u haqda hech bir nabiy o‘z qavmiga aytmagan gapni aytaman: uning bir ko‘zi yo‘q, Alloh esa unday emas!»

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ أُمَّتَهُ الْأَعْوَرَ الْكَذَّابَ أَلَا وَإِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ «ك ف ر» أَيْ كَافِرٌ يَقْرَؤُهُ كُلُّ مُسْلِمٍ». رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom shunday dedilar: «Qaysi bir nabiy bo‘lmasin, albatta, ummatini bir ko‘zi yo‘q kazzobdan ogohlantirgan. Bilib qo‘yinglarki, uning bir ko‘zi yo‘q! Robbingiz esa unday emas! Dajjolning ikki ko‘zi orasiga «ka», «fa» «ro», ya’ni «kofir» deb yozilgan. Uni har bir musulmon o‘qiydi».

To‘rtovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo odamlarni sinash uchun Dajjolga turli imkoniyatlar berib qo‘yadi. Jumladan, Alloh taoloning izni ila u o‘likni tiriltirish, yomg‘ir yog‘dirish, yerni hosildor qilish va shunga o‘xshash ishlarga imkon topadi. So‘ngra o‘zidan ketib, xudolik da’vosini qiladi. Shunda Alloh taolo uning ojizlik taraflarini zohir qilib qo‘ygani ish beradi. Uning bir ko‘zi yo‘qligi, peshonasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgani, Dajjol bu narsalarni o‘zidan ketkaza olmasligi uni fosh qiladi.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي أَطُوفُ بِالْكَعْبَةِ فَإِذَا رَجُلٌ آدَمُ سَبْطُ الشَّعَرِ يَنْطُفُ أَوْ يُهْرَاقُ رَأْسُهُ مَاءً قُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالُوا: ابْنُ مَرْيَمَ ثُمَّ ذَهَبْتُ أَلْتَفِتُ فَإِذَا رَجُلٌ جَسِيمٌ أَحْمَرُ جَعْدُ الرَّأْسِ أَعْوَرُ الْعَيْنِ كَأَنَّ عَيْنَهُ عِنَبَةٌ طَافِيَةٌ قَالُوا: هَذَا الدَّجَّالُ أَقْرَبُ النَّاسِ بِهِ شَبَهًا ابْنُ قَطَنٍ»، وَابْنُ قَطَنٍ رَجُلٌ مِنْ خُزَاعَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Sochlari yaxshilab taralgan bug‘doyrang kishini ko‘rdim. Qarasam, sochlaridan suv tomib turibdi. «Bu kim?» desam, «Bu – Masiyh ibn Maryam», deyishdi. So‘ngra boshqa yoqqa qarab, bir barvasta kimsaga duch keldim. Sochi qizil, jingalak, bir ko‘zi yo‘q, biri esa xuddi bo‘rtib turgan uzum donasiga o‘xshaydi. Bu – Dajjol, unga eng o‘xshaydigan odam esa xuzo’alik Ibn Qatandir».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Ibn Qatan – johiliyat davrida o‘lib ketgan odam edi.

وَلِمُسْلِمٍ: «الدَّجَّالُ أَعْوَرُ الْعَيْنِ الْيُسْرَى، جُفَالُ الشَّعَرِ، مَعَهُ جَنَّةٌ وَنَارٌ فَنَارُهُ جَنَّةٌ وَجَنَّتُهُ نَارٌ».

Muslimning rivoyatida:

«Dajjolning chap ko‘zi yo‘q, o‘zi sersoch bo‘ladi. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi – jannatdir, jannati – do‘zaxdir», deyilgan.

وَلِأَبِي دَاوُدَ: «إِنَّ مَسِيحَ الدَّجَّالَ رَجُلٌ قَصِيرٌ أَفْحَجُ جَعْدٌ أَعْوَرُ مَطْمُوسُ الْعَيْنِ لَيْسَ بِنَاتِئَةٍ وَلَا جَحْرَاءَ فَإِنِ الْتَبَسَ عَلَيْكُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Abu Dovudning rivoyatida:

«Dajjol pakana, maymoq, jingalaksochdir, uning bir ko‘zi yo‘q, ko‘zi tep-tekis – bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagan. Agar ikkilanib qolsangiz, bilingki, Robbingiz unday emas», deyilgan.

Sharh: Mana shu sifatlardan uni tanib olaveringlar, tag‘in uning xudolik da’vo qilayotganiga aldanib qolmanglar.

عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَا سَأَلَ أَحَدٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الدَّجَّالِ مَا سَأَلْتُهُ وَإِنَّهُ قَالَ لِي: «مَا يَضُرُّكَ مِنْهُ»، قُلْتُ: لِأَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّ مَعَهُ جَبَلَ خُبْزٍ وَنَهَرَ مَاءٍ، قَالَ: «هُوَ أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ ذَلِكَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Hech kim Dajjol haqida Nabiy alayhissalomdan men so‘raganchalik so‘ragan emas. U zot menga «U senga zarar qila olmaydi», deganlar. «Uning non tog‘i, suv anhori bo‘ladi, deyishadi», dedim. «Allohning nazdida u bunchalik bo‘lishga arzimaydi», dedilar».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo unga mo‘jiza kabi narsalarni juda ham oshirib berib qo‘ygan emas.

عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا مَعَ الدَّجَّالِ مِنْهُ، مَعَهُ نَهَرَانِ يَجْرِيَانِ أَحَدُهُمَا رَأْيَ الْعَيْنِ مَاءٌ أَبْيَضُ وَالْآخَرُ رَأْيَ الْعَيْنِ نَارٌ تَأَجَّجُ فَإِمَّا أَدْرَكَنَّ أَحَدٌ فَلْيَأْتِ النَّهَرَ الَّذِي يَرَاهُ نَارًا وَلْيُغْمِّضْ ثُمَّ لِيُطَأْطِئْ رَأْسَهُ فَيَشْرَبَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مَاءٌ بَارِدٌ وَإِنَّ الدَّجَّالَ مَمْسُوحُ الْعَيْنِ عَلَيْهَا ظَفَرَةٌ غَلِيظَةٌ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ يَقْرَأُهُ كُلُّ مُؤْمِنٍ كَاتِبٍ وَغَيْرُ كَاتِبٍ».

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men Dajjolda nimalar bo‘lishini uning o‘zidan ham yaxshi bilaman. Uning ikkita oqib turgan anhori bo‘ladi, biri ko‘zga ko‘rinib turgan oq suv, biri – ko‘zga ko‘rinib turgan alangali olov bo‘ladi. Kimdir unga yetishsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan anhorga sho‘ng‘isin. So‘ngra boshini egib, undan ichsin, chunki o‘sha sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning ko‘zi tekis, ustini qalin et qoplagan. Uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan bo‘lib, yozishni bilganu bilmagan har bir mo‘min uni o‘qiy oladi».

Sharh: Dajjolning chap ko‘zi qalin et bilan qoplangan bo‘lib, tep-tekis holda bo‘ladi. Shuning uchun u «masiyh» – tekislangan deb ham ataladi.

وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الدَّجَّالَ يَخْرُجُ وَإِنَّ مَعَهُ مَاءً وَنَارًا فَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ مَاءً فَنَارٌ تُحْرِقُ وَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ نَارًا فَمَاءٌ بَارِدٌ عَذْبٌ فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ فَلْيَقَعْ فِي الَّذِي يَرَاهُ نَارًا فَإِنَّهُ مَاءٌ عَذْبٌ طَيِّبٌ». رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُ.

Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Dajjol chiqqanda uning suvi va olovi bo‘ladi. Odamlarga suv bo‘lib ko‘ringan narsa – kuydiruvchi olovdir. Odamlarga olov bo‘lib ko‘rinadigan narsa – muzdek, shirin suvdir. Qay biringiz bunga duch kelsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan narsaga tushsin, o‘sha shirin, pok suv bo‘ladi».

Ikkisini uchovlari rivoyat qilganlar.

(Davomi bor)

«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan

Maqolalar