O'zbekiston musulomonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayev Qatar davlatining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
QatarningO'zbekistondagielchixonasidabo'libo'tganmuloqotdavomidaikkitomonlamahamkorliknirivojlantirishmasalalarimuhokamaqilindi.
Uchrashuv davomida Isoxon domla Abdullayev samimiy qabul uchun elchiga o'z minnatdorligini bildirib, so'nggi yillarda Islom diniga e'tiqod qiluvchi ikki davlat o'rtasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi. Diniy sohadagi aloqalar ham yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta'kidlab, “Vaqf” fondning tashkil topishi, maqsad va vazifalari haqida ma'lumot berib o'tdi.
O'z navbatida elchi janoblari hamkorlikning yangi bosqichga chiqishida ikki davlat o'rtasidagi viza rejimining engillashtirilishi muhim omil bo'layotganiga alohida urg'u qaratdi. “Vaqf” fondi tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlardan ham xabardor ekanini ta'kidlab, aholining ko'plab qatlamiga engillik va qulaylik olib kelayotgan loyihalarda ishtirok etishdan xursand va manfaatdor ekanini bildirdi.
Do'stona va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda elchi janoblari “Vaqf” xayriya jamoat fondining bir qancha istiqbolli loyihalarida ishtirok etish istagini bildirdi. Hususan, elchixona kam ta'minlangan, imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o'rgatuvchi o'quv markazlarini tashkil etish, zaruriy jihozlar (eshitish moslamalari, nogironlik aravachalari, hassa va qo'ltiqtayoqlar, protez ortopediya-mahsulotlari) bilan ta'minlash, Ramazon oyida xayriya aktsiyalarini tashkil etish, qadimiy qo'lyozma va adabiyotlarni qayta tiklash va ularni raqamlashtirish, ehtiyoj bo'lgan hududlarda suv chiqarish bo'yicha hamkorlik qilib, fondga har jihatdan ko'mak berishga tayyorligini aytib o'tdi.
Muloqot so'nggida elchiga esdalik sovg'alari topshirildi.
Uchrashuvda Qatar davlatining favqulodda va muxtor elchisi o'rinbosari Holid ibn Ali al-Malik Jihaniy va Fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ham ishtirok etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati