Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Qur’on ilmlari: USMONIY MUS'HAFLAR HAQIDA

1.05.2020   3661   19 min.
Qur’on ilmlari: USMONIY MUS'HAFLAR HAQIDA

 

Shu o‘rinda «Hozir Usmoniy mus'haflar qayerda?» degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Ushbu savolga yetarli javob topish mushkul. Hozirda bir nechta Usmoniy mus'hafligi da’vo qilinayotgan nusxalar mavjud. Ularning har birini tutib turgan taraflar o‘zlaridagi mus'hafning usmoniy mus'haf ekanini ta’kidlaydilar va o‘zlarining hujjatu dalillarini keltiradilar. Ammo shu bilan birga, boshqa taraflar ularning asl usmoniy mus'haf ekaniga shubha bilan qaraydilar.

Misol uchun, qarshi taraflar quyidagilarni aytadilar:

«Qohiradagi kutubxonada saqlanayotgan tarixiy mus'haflarning suralari orasida naqshlar va fosilalar borligi yoki Qur’onning ta’shirlarining (har o‘n oyatdan keyin qo‘yiladigan maxsus belgining) ajratilganligi kabi alomatlar ularning usmoniy mus'haf emasligiga yorqin dalildir». Chunki Usmoniy mus'haflar bunga o‘xshash alomatlardan xoli ekani hammaga ma’lum. Ba’zi kishilar ko‘pgina tarixiy rivoyatlarni to‘plab, kadimgi ulamolar Usmoniy mus'haflarni yoki ularning suralarini muayyan islomiy shaharlarda ko‘rganliklarini ta’kidlaydilar. Gothelf Bergshtrasser[1] va Pretsayl[2] o‘zlarining Qur’on matnlari tarixi to‘g‘risidagi yozuvlarida o‘zlaridagi mus'hafning Usmoniy mus'haf ekanini ta’kidlayotgan yuqoridagi sharqshunoslarning boshida ustoz Katrmer[3] turganligiga ishora qilishadi.

So‘ngra sharqshunos Kazanova[4] o‘zidan oldingi Katrmerning ilmiy ishiga suyanib, uni qaytadan tekshirib, ko‘pgina yangiliklarii keltirgan.

Bilishimizcha, usmoniy mus'haflarning bittasi hijriy to‘rtinchi asrning boshlarida ba’zi ilmiy doiralarda mashhur bo‘lgan. Mashhur sayyoh Ibn Battuta «Usmoniy» deb gumon qilinayotgan ushbu mus'haflardan ba’zilarini yoki ularning ba’zi sahifalarini G‘arnota (Grenada), Marokash, Basra va boshqa ba’zi shaharlarga bir necha bor qilgan sayohatlarida o‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini aytadi.

Misol uchun, Ibn Battuta o‘zining «Rihlatu Ibn Battuta» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Tuhfatun-nuzzor fi g‘oroibil-amsor va ajaibil-amsor» kitobida turli joylarda saqlanayotgan usmoniy mus'haflarni ko‘rgani haqida bayon qiladi. Jumladan, u Makkai Mukarramada, Masjidul Haromda sakdanayotgan usmoniy mus'haf haqida quyidagilarni yozadi:

«U yerda Harami sharifga oid turli kitoblar va mus'hafi shariflar saqlanadigan joy bor. Undagi omborlardan birida keng va uzun sandiq bo‘lib, unda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning xati bilan yozilgan mus'hafi karim bor.

U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotla-ridan o‘n sakkiz yil o‘tganidan so‘ng ko‘chirilgan nusxadir. Qachon Makka ahliga qahatchilik yoki shiddat yetsa, ular ushbu mus'hafi sharifni chiqarishar va Ka’baning eshigini ochib, uni sharafli ostonaga hamda Ibrohim alayhissalomning maqomlariga qo‘yishar ekan. So‘ngra odamlar jamlanib, yalangbosh holda tazarru’ ila mus'hafi sharifni va maqomi karimni vasila qiyaib duo qilishar ekan...»

Ibn Battuta rahmatullohi alayhi Kufadagi usmoniy musxaf haqida quyidagilarni yozadi:

«Ular jumani men yuqorida zikr qilgan mo‘minlarning amiri Aliy roziyallohu anhuning masjidlarida o‘qir ekanlar. So‘ng u yopilar ekan. Unga faqat jumada kelar ekanlar. Bu masjid eng go‘zal masjidlardandir. Uning sahni keng bo‘lib, yirtqichlar vodiysidan keltirilgan mayda qizil toshlar to‘shalgan ekan. Unga Usmon roziyallohu anhu qatl qilingan vaqtlarida o‘qib turgan mus'hafi sharif qo‘yilgan ekan...»

Ibn Battuta rahmatullohi alayhi Damashq masjididagi Usmoniy mus'haf haqida quyidagilarni yozadi:

«Masjidning qiblasida katta maxsus xona bo‘lib, unda shofe’iylarning imomi imomlik qiladi. Uning sharqiy burchagida, mehrob tarafda katta javonda mo‘minlarning amiri Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Shomga yuborgan mus'hafi karim bor. Mazkur javon har juma kuni namozdan keyin ochiladi. O‘sha mus'hafi sharifni o‘pishga juda ko‘pchilik intilganligi uchun nihoyatda tiqilinch bo‘ladi. Odamlar shu yerda qarzdorlaridan va biror narsani da’vo qilinganlardan qasam ichishni talab qilishadi».

Shu kabi foydali, daqiq ma’lumotlar turib, Kazanova ushbu tarixiy qiymatga ega bo‘lgan haqiqatlarni shubha ostiga olmoqchi bo‘ladi va qur’oniy ilmlar olamida hech kim aytmagan gapni aytishga jur’at qiladi. U shunday deydi:

«Aslida mus'hafni Usmon roziyallohu anhu to‘plagan, degan qissa to‘g‘ri emas. Dastlab bu gapni mus'haflarni to‘plash borasida chiroyliroq qissa bo‘lsin, deb xalifa Abdulmalik ibn Marvon o‘ylab chiqargan. U mus'hafni bezash ishlarini amalga oshirayotib, «Bu ishni dastlab Usmon roziyallohu anhu qilgan edi», degan».

Bundan ham ajablanarlisi, muallif yosh bolaning oqil inson qabul qilmaydigan gapini gapirishdan ham toymaydi. Uning fikricha, Qur’onni birinchi bo‘lib jamlagan shaxs Hajjoj ibn Yusuf Saqafiy emish. Uning bu gaplariga hatto o‘zining sharqshunos hamkasabalari ham ishonishmaydi. Blasherushbu fikrning tagi puch va buzuq ekanini aytib:

«Kazanovaning ushbu gumoniga ergashishimiz qat’iyan mumkin emas. Chunki sobit bo‘lgan matnlar uning nuqsonli ekanini bildiradi», deydi.

Yana ma’lumki, sakkizinchi asr ulamolaridan Ibn Kasir Shomga yuborilgan mus'hafni ko‘rgan. U o‘zining «Fadoilul-Qur’an» nomli kitobida:

«Usmoniy mus'haflarga kelsak, bugungi kunda ularning mashhuri Shomdagi Damadaq jome’sida, Allohning zikri bilan obod bo‘lgan alohida xonaning sharqiy ruknidadir. U qadimda Tabariya shahrida edi. So‘ngra xijriy 518 yilning boshlarida u yerdan Damashqqa ko‘chirildi. Uni aziz, jalil, ulug‘, ulkan holda, kuchli, ochiq husnixat bilan yozilgan suratda ko‘rdim. Siyohi mahkam edi. Menimcha, tuyaning terilariga yozilgan», degan.

Shuningdek, «An-Nashr fil-qiroatil-ashr» kitobining muallifi Ibn Jazariy va «Al-Masalikul-absor fi mama-likil-amsor»ning sohibi Ibn Fazlulloh Umariylar ham shomiy mus'hafni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlarini ta’kidlaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar ushbu mus'hafni Rusiya podsholigi Sankt-Peterburgdagi kutubxonaga olib kelganini, so‘ngra Angliyaga olib ketilganini aytishadi. Boshqalar «Ushbu mus'haf 1310 yilgacha Damashq masjidida turdi va masjid yonganda, u ham yonib ketdi», deyishadi.

Shu yerga kelganda, vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida sakdanayotgan hazrati Usmon mus'hafi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishimiz zarur. Biz bu ma’lumotlarni muhtaram zot, qaynotamiz, Urta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi o‘rinboyeari shayx Ismoil Maxdum Satti Oxund o‘g‘illarining «Toshkentdagi Usmon mus'hafi tarixi» nomli risolalaridan oldik.

Risola muallifi rahmatullohi alayhi hazrati Usmon ibn Affon yozdirgan mus'haflardan birining bizning vatanimizga kelib qolishi haqida tarix kitoblaridan to‘qqizta rivoyatni dalil qilib keltirgan. Mazkur dalillarga suyanib, ushbu Mus'haf haqiqatdan ham uchinchi xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning davrlarida yozilgan mus'haflardan biri, deya xulosa chiqargan. Ismoil Maxdum Satti Oxund o‘g‘li hazratlari mazkur Mus'hafi sharif haqida jumladan, quyidagilarni yozadilar:

«Avval u Samarqanddagi «Oq madrasa» nomi bilan mashhur bo‘lgan Nodir Devonbegi Tog‘o madrasasining maxsus hujrasida uzoq davr mobaynida katta e’tibor bilan saq-lanaredi...»

«...Mus'haf avvalda Shayx Ubaydulloh Ahror, so‘ngra u zotning avlodlari va o‘zlaridan keyingi xalifalarning tasarrufida bo‘lgan. Ul zotning avlodlari va xalifalari hazrati Xo‘ja Ahrorga Mus'hafni mazkur hujrada saqlashga va’da bergan edilar. Bu hol hijriy 1285 (milodiy 1869) sanagacha – ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgunlariga qadar davom etdi. Bosqinchilar Mus'hafdan xabar topgach, uning Islom olamida katta ahamiyatga molik yodgorlik ekanini anglab, uni Peterburgga olib ketish choralarini ko‘ra boshladilar. 1869 yil Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov Toshkentda turgan Turkiston general-gubernatori Fon Kaufmanga xat yo‘llab, «Samarqand masjidlarining birida kufiy xatda yozilgan va musulmonlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy Qur’on bor, yerlik ulamolar uni Buxoroga olib ketish chorasini ko‘rmoqdalar», deb yozadi va podpolkovnik Serovga tezda bu ishning oldini olish uchun Xo‘ja Ahror masjidiga borishni buyuradi. Qur’oni Karimning mashhur nusxasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan rus ma’murlari musulmonlar bilan suhbatda: «Ushbu nodir kitobning ahamiyati katta, bilishimizcha, Mus'haf qimmatli yodgorlik. Bu yerda uni hech kim o‘qiy olmasa va qadriga yetmasa, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Agar u Rusiyaning poytaxti Peterburgdagi imperator kutubxonasiga o‘tkazilsa, u yerda uni asrash va muhofaza etishning barcha choralari ko‘riladi», deb tushuntirgan bo‘ladilar. So‘ngra «Samarqandlik ulamolardan Shayx Abdujalil afandi va mulla Yahyo Xo‘ja muftiy bu ishning to‘g‘riligiga fatvo berdilar», degan ma’nodagi rasmiy hujjat tayyorlaydilar. Bu haqda podpolkovnik Serov general Abramovga bergan bayonnomasida: «Qur’on masjidda turgani bilan uning mulki emas, balki amirlar xazinasidan chiqqan. Masjid domlalari «Agar sizlarga kerak bo‘lsa, biz o‘z roziligimiz bilan topshiramiz», dedilar», deb yozadi. Shundan so‘ng general Abramov Serovga: «Bu yodgorlik ilmiy va tarixiy ahamiyatga molik asar, borib, olib keltiring», deb buyuradi. Mus'haf shu tariqa egallanib, Toshkentga, general-gubernatorga yetkaziladi. General Abramov Samarqanddagi masjid shayxlarining qo‘liga Mus'hafi sharif evaziga 100 rubl mikdorida pul beradi. («O‘zbekiston tarixi hujjatlari», 32-ZO‘-betlar. Fanlar Akademiyasi nashri, Toshkent, 1966 kil)

General fon Kaufman masjid shayxlari Mus'hafni o‘z roziliklari bilan topshirganlari haqida taqrir – protokol xati yozishlari va imperator kutubxonasiga olinganining guvohi bo‘lganliklarini tasdiqlovchi imzolari bo‘lishini ham buyurgan edi. To‘rt kishi imzo qo‘yadi. Unga Mus'haf tarixi haqida Samarqand ulamolari va shayxlaridan eshitilgan rivoyatlar ham yozma ravishda ilova qilinadi. Ushbu yozma taqrir – protokolni tasdiqlab, general fon Kaufmanning o‘zi imzo chekadi. Bu voqea 1869 yil 24 oktyabrda bo‘lgan edi...» («Mirot» («Oyna») jurnali, Bogchasaroy, 1900 yil)

«...Shunday qilib, Mus'hafni olib, butun ehtiyot choralari ko‘rilib, hurmat bilan Peterburgga yuborildi va Ixmperator kutubxonasining nodir qo‘lyozmalar bo‘limiga qo‘yildi...»

«...Mus'haf ikki betiga yozilgan 353 varaqdan iborat bo‘lib, sahifalar soni 706 ta edi. Varaqlarning bo‘yi 68 sm, eni 53 sm hajmda edi. Yo‘qolgan va chirib ketgan varaqlarning o‘rnida oddiy qog‘ozdan iborat 69 sahifa qo‘shimcha bor edi. («Mir’ot» jurnali P-12-1900y.)...»

«... 1917 yilning Oktyabr inqilobidan so‘ng Peterburgda tuzilgan mahalliy Islom sho‘rosi Mus'haf masalasida yangi hukumat raisi V.I.Lenin nomiga murojaat va talabnoma maktubi yozdi. Bunga javoban, xalqlarning huquqlarini himoya qilish shiori ostida tezlik bilan Mus'hafni musulmonlar qo‘liga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga V.I.Lenin imzo chekdi...»

«...Mus'hafi sharif Peterburgdan maxsus poyezdda, askarlar faxriy qorovulligida Rusiya musulmonlarining Ufa shahridagi markaziy idorasi qarorgohiga keltirildi. Ufa shahri vokzalidagi o‘sha kungi manzara Islomning naqadar buyukligini namoyish etdi. Diniy rahbarlar, hukumat arboblari, masjid imom-xatiblari, madrasa, institut, universitet talabalari hamda shaharning erkagu ayol aholisi Qur’oni Karimni kutib olish uchun chiqqan edilar. Mus'hafi Usmoniyning musulmonlarga qaytarilishi haqidagi qu-vonchli xabarlar gazeta va jurnallarda e’lon qilindi...»

«...Toshkentda chiqadigan «Izhorul-haq» (Haqiqatni zohir qilish) nomli jurnalning 1918 yil 18 yanvar sonida bosilgan maqolada Mus'hafning avvalgi makoni Samarqand shahri ekani ta’kidlanib, u o‘z o‘rniga qaytarilsa yaxshi bo‘lar edi, degan fikr olg‘a suriladi. Unda, jumladan, «Mus'haf uchun toshdan yasalgan maxsus lavh hanuzgacha o‘z o‘rnida bo‘sh turibdi», deyiladi...»

«...Mus'hafi Usmoniy Ufa Diniy nazorati qarorgohida 1924 yilgacha saqlandi. Rusiya musulmonlari barcha joylardan kelib, uni ziyorat qilayotganliklari haqidagi xabar Turkiston mintaqasidagi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona musulmonlariga tarqaldi. Turkiston ahlining tarixiy merosi bo‘lgan Mus'hafning asl joyi Samarqand shahri ekanini ko‘pchilik bilar edi. Shunga qaramay, Ufa Diniy nazorati egalari Mus'hafni o‘z qaramog‘ida saqlayotgani hamda uning vorislariga shukrona aytib, xursandliklarini baham ko‘rish haqida lom-mim demaganlari Mus'hafni o‘zlarida olib qolish niyatida ekanliklarini ko‘rsatar edi. O‘sha paytda Uzbekistonda ko‘zga ko‘ringan diniy arboblardan shayxul-islom To‘raxon Maxdum Xo‘qandiy va boshqalar bilan Ufa Diniy nazorati orasida ushbu masala yuzasidan yozishmalar davom etar va orada choparlar borib-kelib turar edi. Oxiri To‘raxon Maxdum o‘z hamrohlari bilan Moskva, Leningradga safar qilib, ikki oy mobaynida hukumat doiralariga qatnab, shu orada V.I.Lenin bilan uchrashdi va uni Mus'hafni O‘zbekistonga yuborish uchun farmon chiqarish zarur ekaniga qanoatlantirdi.

Shunday vaziyat davom etayotgan paytda Ufa shahrida qurultoy o‘tkazildi. Ushbu hodisa to‘g‘risida menga shayx Yusuf Jorulloh Fanzoviy shunday hikoya qilib berdi: «Qurultoyda Turkiston mintaqasidan 75 nafar vakil qat-nashdi. Mus'haf masalasiga kelganda, o‘rtada janjal ko‘-tarildi. Turkistonliklar tarafidan hatto baland ovozda «Mus'hafni qaytarmaslik o‘z birodarlari haqqiga zo‘ra-vonlikdan o‘zga narsa emas! Islomda bunday ishlar joiz emas!» degan gaplar aytildi. Xullas, gap ko‘p bo‘lib, oqibat janjal-shovqingacha borib yetdi».

Inqilobdan keyin ta’sis topgan Toshkent va Sir daryo vi-loyati musulmonlarining «Islomiy jamiyat»i O‘zbekiston musulmonlari nomidan hukumat doiralariga Mus'hafi sharifni Turkistonga qaytarish to‘g‘risida murojaat qabul qildi. Ushbu murojaatni gazeta-jurnallarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy osor-atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan komitet o‘zining 1922 yil 18 fevraldagi qaroriga asosan o‘sha yilning 15 martida Sovet hukumatiga Mus'hafni Turkiston jumhuriyatiga qaytarish to‘g‘risida talabnoma topshirdi. Shundan so‘ng, 1923 yil 25 iyunda Mus'hafi U smonni Turkistonga qaytarish to‘g‘risida Oliy Sovet ijroqo‘mining qarori chiqdi. O‘sha paytlarda Ufa Diniy nazorati Rusiyadagi barcha musulmonlarning umumiy markazi deb e’tibor qilinar edi. Shu mavqeidan foydalanib, Mus'hafni olib qolmoqchi bo‘lgan Diniy nazorat hukumat qabul qilgan qaror asosida nihoyat bu ishga rozi-lik bildirdi.

1924 yil avgust oyida Islom jamiyati raisi Shayx Muhammadxo‘ja, muftiy Zahiriddin A’lam, hukumat vakili Saidqosim Xo‘jayev va boshqalar Ufa Diniy nazoratiga borib, Mus'hafi Usmonni qabul qilib oldilar. Mus'hafni olib ketishda ularga Tataristonning ulug‘ ulamolaridan hazrat, shayx Rizouddin Faxriddin, shayx Abdulloh Sulaymoniy, shayx Abdurrahmon va boshqalar hamrohlik qildilar.

Mus'haf maxsus vagonga ehtirom bilan olib chiqildi. Musulmon askarlardan tuzilgan faxriy qorovul vagonning chor atrofida turib keldi. Barcha shaharlarga bu haqda telegrammalar yuborildi. Temir yo‘lning Toshkentgacha bo‘lgan masofasida poyezd qaysi bekatlarda to‘xtashi barcha gazetalarda e’lon qilingan edi. Har bir bekatda yig‘ilgan erkagu ayol musulmonlar poyezd uzokdan ko‘rinishi bilan to to‘xtagunga qadar uni takbir-tahlillar bilan kutib oldilar. Poyezd to‘xtagach, xalq orasidagi eng mo‘tabar kishilardan bir-ikkitalariga maxsus vagonga chiqib, Mus'hafni ziyorat etib tushishga izn berilar edi. Atrofdagi musulmonlar Mus'hafni ko‘rib, maxsus sandiqni o‘pib, ziyorat qilib chiqqanlarning qo‘llarini o‘pib, boshlarini tavof qilardilar. Ko‘plar vagonga qo‘llarini tekkizib, yuzlarini silar edilar. Hatto bu xabarni eshitganlar, ayniqsa Qozog‘iston cho‘llarida yashovchi musulmonlar temir yo‘l bo‘ylariga oq o‘tovlar tikib, poyezdni bir necha kunlab kutganlar. Bayramona kiyimlardagi son-sanoqsiz otliqlar poyezdning ikki tomonidan dashtu cho‘llar bo‘ylab uzoq-uzoq manzillargacha ot choptirib, kuzatib qo‘yishar edi. Duoga ko‘tarilgan qo‘llar, olqishlar dillarni larzaga solar, har bir musulmon uchun umr bo‘yi eslagulik, unutilmas lahzalar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlaridan qolgan merosga ehtirom shu qadar yuksak bo‘ldi.

Poyezd shunday izzat-ikromda Toshkent shahriga kirib keldi. Vokzal behisob musulmonlar bilan to‘lgan edi. Oq sallali, soqollari ko‘ksiga tushgan nuroniy ulamolar, tabarruk otaxonlar xaloyiq orasidan peshvoz chiqar, atrofdagi ming-minglab yoshu qari, erkagu ayol musulmonlar ulardan nigohlarini uzmay, qarab turardilar. Mus'hafi sharifni boshlari uzra ko‘tarib chiqqanlar ko‘zga ko‘ringandanoq, barcha bir ovozdan «Allohu Akbar! Allohu Akbar!..» deya takbir aytib yubordi. Uning sadosi butun vokzalni larzaga keltirgan edi. Odamlar ko‘zidan quvonch yoshlari oqar, ular dillaridagi hayajonlarini bosa olmas edilar. Alloh taoloning Kalomi sharifiga nisbatan e’tiborning naqadar buyukligi shunday namoyon bo‘ldi. Mus'hafi Usmoniyning uzoq yillik, ya’ni 50 yillik g‘ariblik safaridan yana O‘zbekiston zaminiga qaytarilishi voqeasi 1924 yil 18 avgustda nihoyasiga yetdi.

Mus'hafni navbatma-navbat boshlarida ko‘targanlaricha Islom jamiyati qoshidagi, Ko‘kaldosh madrasasi yonida joylashgan katta jome’ masjidga keltirib, maxsus tayyorlangan xonaga qo‘ydilar. U yerda Mus'haf ziyoraty bsr yilga yaqin davom etdi...» «...Mus'hafi sharifning ko‘p marta o‘g‘rilik va talon-tarojga duchor bo‘lganini, bu hol yana qaytarilishi mumkinligini va boshqa xatarlarni hisobga olib, uni Toshkent shahridagi yodgorliklar muzeyiga ko‘chirish ma’qul ko‘rildi. Ushandan buyon u mutaxassislar tomonidan osor-atiqalarni saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda, temir sandiqda ko‘z qorachig‘iday saqlandi...» (Iqtiboslar tugadi.)

Har bir insofi bor tadqiqotchi biladiki, boshqa birorta kitobga Qur’oni Karimga berilganchalik ahamiyat berilmagan. Boshqa birorta kitob Qur’on kabi mutavotir darajada yetib kelmagan. Shifoliy aytganidek, «Har qanday inson kutganidan ham mukammal va eng daqiq suratda bizgacha yetib kelgan». Shubhasiz, bu Allohning Kitobi bo‘lib, uning oldi-ortidan botil yaqinlasha olmaydi. Zero, u o‘ta hikmatli, o‘ta maqtalgan Zot tomonidan nozil qilingandir.

1989 yilda hazrati Usmon mus'hafi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim qilindi.

Maxsus guruh o‘sha yilning 14 mart kuni hazrati Usmon mus'hafini muzeydan musulmonlar qurultoyi bo‘layotgan «Hazrati Imom» mavzesiga keltirdi. Ko‘pchilik musulmonlar uni katta quvonch bilan kutib oldilar.

«Usmon Mus'hafi»ni talab darajasida saqlashni ta’minlash maqsadida 2007 yil 8 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 115-sonli maxsus Qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda Usmon mus'hafi qayta ta’mirlandi. U O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi muzeyga aylantirilgan Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi binosida saqlanmoqda.

Usmon mus'hafiga xalqaro YUNЕSKO tashkiloti tomonidan 2000 yil 28 avgustda maxsus sertifikat berilgan. Mo‘yi Muborak madrasasi hukumat tomonidan 2007 yil qayta ta’mirlandi. Bungacha Usmon mus'hafining saqlanish sharoiti talab darajasida emas edi. Qur’on teriga yozilgan va uni mukammal saqlash uchun namlik mo‘tadil bo‘lishi shart. Ta’mir jarayonida hukumat tomonidan Germaniya davlatidan maxsus sandiq olib kelindi. Bu sandiqqa Mus'hafni mukammal davr talabi darajasida saqlash uchun namlikning mo‘tadil bo‘lishini ta’minlab beruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilgan.

 

KЕYINGI MAVZU:

Oyat va suralarning tartibi

 

[1] Gothelf Bergshtrasser (Gotthelf Bergstrasser, 1886-1933) – olmon sharqshunosi.

[2] Otto Pretsayl (Otto Pretzl, 1893-1941) – olmon sharqshunosi.

[3] Etenn-Mark Katrmer (Etienne Marc Quatremere, 1782-1857) – fransuz sharqshunosi.

[4] Paul Kazanova (Paul Casanova) – fransuz olimi.

Kutubxona
Boshqa maqolalar

Allohdan so‘rang!

25.12.2024   1120   2 min.
Allohdan so‘rang!

Mashhur ishbilarmon bilan bo‘lgan suhbatda undan hayotidagi esda qolarli voqea haqida so‘rashdi. U bunday hikoya qilib berdi: 
«Bir kuni o‘zimda ikkilanish, taraddudni his qilib, ochiq havoda sayr qildim. Eshigi ochiq turgan bir masjid yonidan o‘tarkanman, o‘zimga-o‘zim: “Kirib ikki rakat namoz o‘qiy”, deya masjidga burildim. Unda bir kishi qiblaga yuzlanib, qo‘llarini ko‘targancha yolvorib duo qilayotgan ekan. Bildimki, biror muammosi bor. U duo qilib bo‘lgach, sekin oldiga bordim: 
– Biror muammo bormi? 
– Bo‘ynimda qarzim bor, – dedi u. – Shu meni bezovta qilyapti.
– Qancha?
– To‘rt ming.
Saxiyligim tutdi. Cho‘ntagimdan pul chiqarib, unga to‘rt ming berdim. U juda xursand bo‘lib ketdi va menga rahmat aytib, haqqimga duo qildi. Men tashrif qog‘ozimni berib: “Biror ehtiyojingiz bo‘lsa qo‘ng‘iroq qiling yoki ishxonamga keling”, dedim. Bu taklifdan yanada xursand bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Biroq uning javobi meni hayratda qoldirdi! U aytdiki: “Yo‘q, birodar! Alloh sizni mukofotlasin, bu tashrif qog‘oziga ehtiyojim yo‘q. Men biror ehtiyojim bo‘lsa, ikki rakat namoz o‘qib, qo‘limni duoga ochib, hojatimni Allohdan so‘rayman. Alloh tez orada hojatimni ravo qiladi. Xuddi hozir sizni bu yerga boshlab kelib, vosita qilganidek!..”
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan bir hadis yodimga keldi: “Agar Allohga haqiqiy tavakkal qilsangiz, Alloh xuddi qushlarga rizq berib qo‘yganidek rizqingizni yetkazadi. Ular tongda hech vaqosiz chiqib ketib, kech bo‘lganda qorinlarini to‘yg‘azib qaytgani kabi”.
Masjiddan Alloh taoloning quyidagi oyatini takrorlab chiqdim: “Va barhayot, o‘lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o‘ta xabardor bo‘lishda Uning O‘zi kifoyadir” (Furqon surasi, 58-oyat)».