Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Ramazonning boshqa oylardan farqi nimada?

28.04.2020   4322   2 min.
Ramazonning boshqa oylardan farqi nimada?
  • Bu oyda Qur’oni karim nozil bo‘lgan;
  • Bu oyda (shu bois) xatmi Qur’on qilinadi;
  • Bu oyda Allohning rahmati yog‘iladi;
  • Bu oyda musulmonlar ro‘zador bo‘ladilar;
  • Bu oyda ming oydan afzal bo‘lgan qadr kechasi bor;
  • Ramazon oyi sabr oyi;
  • Duolar mustajob bo‘ladigan oy;
  • Ro‘za tutish sabab taqvo hosil qilinadi;
  • Ro‘za insonga nafsni tiyishni o‘rgatadi;
  • Ro‘za tufayli inson ruhiyati poklanadi;
  • Ro‘za tufayli inson tani poklanadi;
  • Ro‘zadorning tili g‘iybat, buhton,chaqimchilik kabi gunohlardan tiyiladi;
  • Ro‘zadorda riyo bo‘lmaydi;
  • Uning qulog‘i bu oyda gunohlarni “eshitmaydi”;
  • Uning ko‘zlari gunoh narsalarni “ko‘rmaydi”;
  • Ro‘zadorning qo‘llari gunoh ishlarni qilmaydi;
  • Uning oyoqlari gunoh joylarga bormaydi;
  • Ro‘zador saharlik qilib barakaga erishadi;
  • Ro‘zadorning og‘zidan keladigan hid Alloh taoloning nazdida mushki anbardan ham xushbuyroq bo‘ladi;
  • Ro‘za qalbni kamtarin, tavozeli qiladi;
  • Bu oy tavbalar qabul bo‘luvchi oy hisoblanadi;
  • Bu oy mag‘firat oyidir;
  • Jannat eshiklari ochib qo‘yilgan oydir;
  • Do‘zax eshiklari yopib qo‘yilgan oydir;
  • Shaytonlarga kishan solib qo‘yilgan oydir;
  • Ramazon – bandani Allohga eng yaqin qiladigan oy;
  • Bu oy – saxovat oyi;
  • Bu oyda qilingan yaxshiliklar savobi o‘n baravardan yettiyuz baravargacha ko‘paytirib yoziladi;
  • Ramazon – sadaqa va ehsonlar qilinadigan oy;
  • Muhtojlarga yordam qo‘li cho‘ziladigan oy;
  • Bu oyda zakot berib, haqdorlar xursand qilinadi;
  • Fitr sadaqasi berilib, miskinlar duosi olinadi;
  • Zakot beruvchi kishining moli poklanadi;
  • Zakot beruvchining moliga baraka kiradi;
  • Boy bilan kambag‘al o‘rtasidagi gina, adovat yo‘qoladi;
  • Qarindosh-urug‘chilik aloqalari mustahkamlanadi;
  • Ro‘zaning mukofotini Allohning O‘zi beradi, ya’ni ro‘zadorga beriladigan savob va yaxshiliklar miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi;
  • Ro‘zador Rayyon nomli eshikdan jannatga kiradi.

 

Ibodulloh Ahrorov

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi.

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

24.08.2026   22086   1 min.
Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.

Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati 

 

O'zbekiston yangiliklari