Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Oktabr, 2026   |   2 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:14
Quyosh
06:32
Peshin
12:09
Asr
16:02
Shom
17:50
Xufton
19:04
Bismillah
13 Oktabr, 2026, 2 Jumadul avval, 1448

Ramazon bu

26.04.2020   8537   1 min.
Ramazon bu

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Go‘zal mohitobondur, 
Bir oygina mehmondur. 
Poklanishga imkondur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Avvali rahmat erur, 
Mag‘firatga yuz burur. 
Do‘zaxdan najot berur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Chin banda qadrin bilar, 
Silayi rahm qilar, 
Saxovatdan nur ilar, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Qilib iymon shukrini, 
Haq din — Islom fikrini. 
Qo‘ymas tildan zikrini, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ko‘ngillarni eritgan, 
Kalomlarni dur etgan. 
Chehralarni nur etgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Duolarni aylab soy, 
Iymonga bo‘lamiz boy. 
Qur’on nozil bo‘lgan oy - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Haq rizosi ko‘chida, 
Toat kunduz-kechida. 
Qadr bordir ichida - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ro‘zamizdur qanoat, 
Mo‘jizayu, sinoat. 
Rabb oldida shafoat, 
Ramazon bu, Ramazon! 

G‘animatdur har dami, 
Ixloslilar bayrami. 
Allohning keng karami, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Bobur BOBOMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar

2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi

04.09.2026   53892   1 min.
2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna mavsumiga start berildi.


Shu munosabat bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda soha mutasaddilari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar jamiyatda sof ma’rifatni yoyish, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda diniy-ma’rifiy nashrlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar.


Tadbir davomida yakunlanayotgan mavsumda obuna ishlarini namunali tashkil etgan faol diniy soha xodimlariga minnatdorlik bildirilib, yangi yilda ham bu xayrli ishlarni yuqori saviyada davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.


Barcha yurtdoshlarimizni “Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna bo‘lishga, xonadonlarga ziyo ulashishdek savobli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi 2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi 2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi 2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi 2027 yil uchun diniy-ma’rifiy nashrlarga obuna boshlandi