Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Noyabr, 2026   |   26 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:39
Quyosh
07:00
Peshin
12:12
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:31
Bismillah
06 Noyabr, 2026, 26 Jumadul avval, 1448

Ramazon bu

26.04.2020   9405   1 min.
Ramazon bu

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Go‘zal mohitobondur, 
Bir oygina mehmondur. 
Poklanishga imkondur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Avvali rahmat erur, 
Mag‘firatga yuz burur. 
Do‘zaxdan najot berur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Chin banda qadrin bilar, 
Silayi rahm qilar, 
Saxovatdan nur ilar, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Qilib iymon shukrini, 
Haq din — Islom fikrini. 
Qo‘ymas tildan zikrini, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ko‘ngillarni eritgan, 
Kalomlarni dur etgan. 
Chehralarni nur etgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Duolarni aylab soy, 
Iymonga bo‘lamiz boy. 
Qur’on nozil bo‘lgan oy - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Haq rizosi ko‘chida, 
Toat kunduz-kechida. 
Qadr bordir ichida - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ro‘zamizdur qanoat, 
Mo‘jizayu, sinoat. 
Rabb oldida shafoat, 
Ramazon bu, Ramazon! 

G‘animatdur har dami, 
Ixloslilar bayrami. 
Allohning keng karami, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Bobur BOBOMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ochildi

23.09.2026   69044   1 min.
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ochildi

BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.

Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ochildi Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ochildi
O'zbekiston yangiliklari