Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Oktabr, 2026   |   15 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:28
Quyosh
06:47
Peshin
12:12
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:43
Bismillah
26 Oktabr, 2026, 15 Jumadul avval, 1448

Ramazon bu

26.04.2020   8898   1 min.
Ramazon bu

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Go‘zal mohitobondur, 
Bir oygina mehmondur. 
Poklanishga imkondur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Avvali rahmat erur, 
Mag‘firatga yuz burur. 
Do‘zaxdan najot berur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Chin banda qadrin bilar, 
Silayi rahm qilar, 
Saxovatdan nur ilar, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Qilib iymon shukrini, 
Haq din — Islom fikrini. 
Qo‘ymas tildan zikrini, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ko‘ngillarni eritgan, 
Kalomlarni dur etgan. 
Chehralarni nur etgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Duolarni aylab soy, 
Iymonga bo‘lamiz boy. 
Qur’on nozil bo‘lgan oy - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Haq rizosi ko‘chida, 
Toat kunduz-kechida. 
Qadr bordir ichida - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ro‘zamizdur qanoat, 
Mo‘jizayu, sinoat. 
Rabb oldida shafoat, 
Ramazon bu, Ramazon! 

G‘animatdur har dami, 
Ixloslilar bayrami. 
Allohning keng karami, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Bobur BOBOMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

26.10.2026   2240   1 min.
Qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

23 oktyabr kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Abduvahhob qori» jome masjidida bo‘lib, masjidning tahoratxonasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish yuzasidan kerakli tavsiya va maslahatlarini berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari