Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyun, 2026   |   16 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:55
Xufton
21:30
Bismillah
03 Iyun, 2026, 16 Zulhijja, 1447

Topishmoqli 40 hadis | 1 - hadis

25.04.2020   3296   1 min.

Ummatimdan kim 40 hadisni odamlarga o‘rgatish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo‘laman  (Hadisi Sharif)

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Hojidan qanday duo qilishni so‘rash kerak?

01.06.2026   7394   1 min.
Hojidan qanday duo qilishni so‘rash kerak?

Hoji kimning gunohi kechirilishini so‘rasa, uning gunohi ham kechiriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohim, hojining gunohini va u mag‘firat so‘ragan kishining gunohini kechirgin", deb duo qildilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Hojining gunohi ham, u mag‘firat so‘ragan kishining gunohi ham kechiriladi..." (Imom Ibn Abu Shayba rivoyati).

Shuning uchun Ibn Umar roziyallohu anhu: "Hojini ko‘rsang, unga salom bergin, u bilan quchoqlab ko‘rishgin, uyiga kirishidan oldin gunohlaring kechirilishini so‘rab duo qilishini iltimos qilgin", der edi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

Shu sababli, odamlar hojilarni ko‘rishsa, ularning duosidan bahramand bo‘lib qolishga harakat qiladilar. 

Alloh taolo hojilarni ko‘rsatib, farishtalariga — osmon farishtalariga maqtanadi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

“Eng sharafli ummat” kitobidan