Haramayn nomini olgan tashabbus Qur'on ta'limotini global miqyosda rivojlantirishni maqsad qilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, dastur Muqaddas Kitobni o'rgatish uchun eng so'nggi texnologiyalardan foydalanadi.
Shuningdek, kursda qatnashganlar qiroatlarini to'g'rilashi, tajvidni puxta egallashi va Qur'on yod olishi mumkin bo'ladi. Kurslar Miqrot al-Haramayn ilovasi orqali oltita tilda, ya'ni arab, ingliz, urdu, indonez, malay va hausa tillarida taqdim etiladi.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Qur'on tilovatining o'nta qiroati bo'yicha mutaxassislar tomonidan sertifikatlar hamda yod va qiroat uchun ruxsatnomalar beriladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati