Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2026   |   4 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:10
Shom
19:14
Xufton
20:33
Bismillah
22 Aprel, 2026, 4 Zulqa`da, 1447

Vabodan vafot etgan kishiga bashorat

22.04.2020   3013   1 min.
Vabodan vafot etgan kishiga bashorat

Kishi vabo tarqalganda undan aziyat chekadigan yoki vafot etadigan bo‘lsa hadisi sharifda unga katta ajrlar borligi bashorat qilingan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه و سلم قَالَ: الْمَبْطُونُ شَهِيدٌ وَالْمَطْعُونُ شَهِيدٌ.

 رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qorin xastaligi ila o‘lgan shahiddir, vaboda o‘lgan shahiddir, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Islomda vabo kasali tufayli vafot etgan kishi shahidga tenglashtirilgan.

Hafsa binti Sirin rivoyat qiladilar: “Anas ibn Molik roziyallohu anhu: “Yahyo ibn Sirin nima sabab vafot etdi?” deb so‘radi. Men: “Vabodan vafot etdi”, dedim. Shunda Anas: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Vabodan o‘lgan har bir musulmon shahid ketadi, deganlar”, dedi.

Bu hadisda vabodan vafot etgan kishing ahli-ayolini sabrga chaqirish bilan birga, marhumning ortidan qolgan yaqinlariga katta tasalli bor. Ularning o‘z yaqinlari vaboga chalinib vafot etgani sababli shahid hukmini olishi qalblariga yupanch bo‘ladi.

 

Muhammad Zarif DADAMIRZAYEV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yolg‘onchi oshiq

21.04.2026   6571   1 min.
Yolg‘onchi oshiq

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo Dovud alayhissalomga bunday buyurdi: Bandalarimga aytginki, kim Mening muhabbatimni da’vo qilsa-yu, tun kirganda Men bilan suhbatlashmasdan uxlasa, u yolg‘onchi oshiqdir”.

Axir, chin oshiq o‘z sevgani bilan yolg‘iz qolishni istamaydimi? Albatta, xohlaydi. Shuning uchun, kim Alloh taolo muhabbatining da’vosini qilsa, tunlari hamma uxlaganda peshonasini sajdaga qo‘yib, O‘z mahbubi bilan dil rozlarini arz qilsin.
 

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi

Maqolalar