Joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki yilda bir marta o'tkaziladigan “Zamonaviy dunyoda diniy qadriyatlar” nomli II-xalqaro diniy forum bo'lib o'tmoqda.
Halqaro forumda Yaqin Sharq, Fors ko'rfazi mintaqasi, Afrika, MDH davlatlarining diniy tashkilot vakillari va Rossiyaning turli hududlaridan uch yuzga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Shuningdek, bu yilgi forumni nafaqat ilohiyotshunoslar, balki ko'plab oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, milliy-madaniy avtonomiyalar va turli millat diaspora rahbarlari, olimlar va ekspertlar, siyosiy arboblar hamda forumga katta qiziqish bildirgan 200 nafar talaba ham onlayn tarzda kuzatib bordi.
Halqaro anjumanda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov ham ishtirok etdi.
Forum doirasida ilmiy va diniy muloqotlar tashkil etildi. Unda diniy ta'limotlarning asosiy maqsadi tinchlik, ilm va ma'rifat tarqatish ekani ta'kidlandi.
Shuningdek, o'zaro aloqalarni yaxshilash, zo'ravonlikning har qanday ko'rinishini qabul qilmaslik, diniy va ma'naviy-axloqiy muammolarni nazorat qilish muhimligi ham qayd etildi. Halqaro anjuman davomida an'anaviy dinlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, muammolarni aniqlash, dunyodagi etnik-diniy vaziyatni uyg'unlashtirish mexanizmlarini yaratish, ekstremizmga qarshi kurashish loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
Forum yakunida muhokama etilgan mavzular yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rishga kelishib olindi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati