O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rossiya Federatsiyasi Ingushetiya Respublikasi muftiysi Abdurahmon Matnazarovning vafoti munosabati hamdardlik maktubini yo‘lladilar. Unda quyidagi jumlalar keltirilgan:
Rossiya Federatsiyasi Ingushetiya Respublikasi muftiysi Abdurahmon Matnazarovning vafoti munosabati bilan o‘z nomimdan va O‘zbekiston musulmonlari nomidan Ingushetiya mo‘min-musulmonlariga va rahmatli birodarimizning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ushbu musibatga chin qalbdan sherik ekanini izhor etadi.
Birodarimiz Abdurahmon hoji Matnazarovning Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini husni qabul aylab, ulkan ajru savoblar ato etsin.
Haq taolo marhum do‘stimizning ahli oilasi, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhumni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin, degan hamdardlik so‘zlari va duolar maktubda bayon etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizm
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati