Kuni kecha madrasaga Qozon islom universiteti prorektori Gizatullin Ramil Anasovich hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Malikov Oymahmad Xolmamadovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda eng muhimi — talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Tashrifning tarixiy yakunida imzolangan hamkorlik memorandumi ikki yirik ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stlik va ilmiy aloqalarni mustahkamlab, islomiy ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xizmat qiladigan strategik qadam bo‘ldi.
Mirarab.uz