Mehribon Alloh barcha mo‘min musulmonlarni Ramazonga yetkazib, turli balo-ofat va yomonliklardan O‘zi asrasin. O‘zi butun dunyoga tashvish bo‘layotgan kasalliklarni aritsin, insoniyatning hidoyatiga sabab bo‘lsin. Dardga yo‘liqqan barcha mo‘min musulmonlarga Hakim bo‘lgan Robbimiz go‘zal sabr va shifoi komil ato qilsin.
Sabr oyiga sabr-toqatda, rizqi butunlikda, keng fe’llikda, chiroyli xulqda, ibodatu tasbehda, duoyi xayrda yetishlikni rahmli Razzoq bo‘lgan Alloh barchamizni O‘zi yetkazsin. Omin
O‘MI matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati