Namozda qiroat masalasi
4.01.2025
1852
2 min.
Hanafiy mazhabimiz fiqh kitoblarida namozdagi qiroatga doir masalalar, shuningdek, qiroat hamda alohida bob yoki fasllarda batafsil bayon qilingan. Chunki qiroat namoz ichidagi farzlardan biridir. Namozda qiroat mukammal bo‘lmog‘i zarur.
Fiqh kitoblarimizda, shuningdek, namozga tegishli ilmlarni o‘qib-o‘rganish tungi nafl (tahajjud)ning savobidan ortiqroq va afzal ekani ham ta’kidlangan.
Biz “Hidoya”, “Muxtasarul-viqoya”, “al-Ixtiyor”, “Maslakul-muttaqiyn” va boshqa o‘nlab hanafiy mazhabimiz fiqh kitoblarida bayon etilgan namozda Qur’on oyatlarini xato qilmaslikka doir masalalarni va fatvolarni jamlab, ikki qismli kitob qilinadi.
Kitobning 1-qismi besh vaqt namozda zam sura qilib o‘qiladigan oyatlar qiroatida yuz beradigan xatoliklarga doir muhim ma’lumotlar to‘plandi. Quyida shu kitobning 1-qismidan parcha havola etmoqdamiz:
- Namozxon Masad surasining “Tabbat yadaa abii Lahab” (تبت يدا أبي لهب ) jumlasini “Tabbat adaa abi Lahab” (تبت أدا أبي لهب ) deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Quraysh surasi qiroatida “Rihlata-sh-shitai va-s-soyf” (رحلة الشتاء والصيف) jumlasidagi “soyf” (صيف) ni “siyn” (س) bilan “sayf” (سيف) deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Shuningdek, mazkur jumladagi “shitaaun” (شتاء) so‘zini “to” (ط) harfi bilan “shitoun” (شطاء) deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Mazkur sura oxiridagi “…ka’asfin…” (كعصف) so‘zining (harflari o‘rnini almashtirib) “ka’afsin” (كعفص) deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Ma’un surasi qiroatida “…yadu’’u-l-yatiym” (يدع اليتيم) jumlasini “…yaduu-l-yatiym” (يدع اليتيم) deb “ayn”ni tashdidsiz (ya’ni, bitta qilib) o‘qisa, namozi buzilmaydi. Lekin “dol”ni sukunli qilib “yad’u-l-yatiym” (يدع اليتيم) deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Falaq surasi qiroatida “va min sharri g‘osiqin izaa vaqab” (ومن شر غاسق إذا وقب) jumlasidagi “g‘osiqin” so‘zini “fosiqin” deb o‘qisa, namozi buziladi.
- Naas surasi qiroatida “…Mina-l-jinnati va-n-naas” jumlasini “mina-l-jinnata” deb nasb qilib o‘qisa, namozi buziladi.
- Fiyl surasidagi “…kaydahum fiy tazliyl” (كيدهم في تضليل) jumlasini “Zo-izg‘i” (ظ) harfi bilan o‘qisa, ba’zi ulamolar “namoz durust bo‘lmaydi”, deyishgan.
- Tiyn surasi boshlanishida “Va-t-tiyn” so‘zini “to-itqi” (ط) harfi bilan o‘qisa, namozi buziladi.
- Ixlos surasining “Qul huvallohu ahad” (قل هو الله احد) jumlasidagi “ahad” (احد) so‘zini “te” (ت) harfi bilan “ahat” (احت) deb o‘qisa, namozi buziladi.
Davomi bor...
Imom Saraxsiyning “Muhit” asari va boshqa manbalar asosida
O‘zRFASHI katta ilmiy xodimi, ToshDSHU dots.nti
Bahriddin UMURZOQOV tayyorladi.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING