Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Imomlar uchun amaliy dars tashkil etildi

08.09.2023   1286   1 min.
Imomlar uchun amaliy dars tashkil etildi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo'nalishida malaka oshirish o'quvlari davom etmoqda.

Tasdiqlangan jadval asosida dars mashg'ulotlari tashkil etildi. Jumladan, Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodim A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta'siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O'zbekiston tajribasi)”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo'lim boshlig'i, PhD A.Alloqulov “Moturidiy ta'limoti asoslari”, markaz ilmiy xodimi I.Abduraxmonov “Jaholatga qarshi ma'rifat” g'oyasining jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta'minlashdagi o'rni”, “Hadichai Kubro” ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi direktori,  PhD N.Ibragimova “Aholi o'rtasidagi bid'at va xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o'rni” hamda S.Ibragimova tomonidan “Ayollarga xos fiqhiy masalalar” mavzularida dars mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Darslardan so'ng tinglovchilar uchun amaliy mashg'ulot sifatida O'zbekiston musulmonlari idorasi “Fatvo markazi”ga tashrif uyushtirilib, imom-xatiblarga mutaxassis H.Jo'raboyev tomonidan “Fatvo markazi”ning tashkil etilishi, faoliyat yo'nalishlari, “sall-senter” ishlash tartibi, fuqarolarning savollariga javob berish, diniy-ijtimoiy masalalarga doir zamonaviy fatvolar va murojaat etilayotgan manbalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Malaka oshirish o'quvlari davom etmoqda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   64985   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari