Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e’tiboran dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasini taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi.
Ushbu chora karonavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.
Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Shu kunlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi "Qozi Oblayorbek" jome masjidini yangi qurilgan tahoratxonasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, masjid imom-xatibi Dilmurod domla Qo‘shaqov boshchiligidagi xodimlar va jamoat ahli hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda Zayniddin domla masjid ahlini zamonaviy tahoratxona bilan tabriklab, Haq taoloning bayti obodligiga hissa qo‘shishning ajru mukofoti haqida so‘zlash barobarida saxovatpesha insonlar, ustalar va hasharlarda faol qatnashgan kishilar haqqiga xayrli duolar qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati