Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2026   |   1 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2026, 1 Sha`bon, 1447

26.02.2020   649   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi

20.01.2026   162   1 min.
Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida diniy soha vakillari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va samarali o‘tkazish maqsadida bugun, 19 yanvar kuni Qarshi va Shahrisabz shaharlarida, shuningdek Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida tegishli mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, ishtirokchilarni jalb etish, sport inshootlarining tayyorgarligi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Ushbu sport tadbirlarida hududlarda faoliyat yuritayotgan diniy soha vakillari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. Musobaqalar sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviylik va birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz hamda musobaqalar yuqori saviyada o‘tishiga ishonch bildiramiz.

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi Qashqadaryoda diniy soha vakillari o‘rtasidagi sport musobaqalari boshlandi
Yangiliklar