Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Oktabr, 2026   |   17 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:30
Quyosh
06:49
Peshin
12:12
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:41
Bismillah
28 Oktabr, 2026, 17 Jumadul avval, 1448

Samimiy muloqot

07.09.2023   3062   1 min.
Samimiy muloqot

2023 yil 7 sentyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Arman-Apostollik cherkovining Moskva va Novonaxichevan eparxiyasi rahbari Yezras Narsesyanni qabul qildilar.
Muloqotda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi o'rinbosari Dilshod Mamatqulov, O'zbekistondagi Arman Apostol cherkovi ruhoniysi Avanes Grigoryan va bir qator mutasaddilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda qadim-qadimdan O'zbekiston zaminida turli millat, elat va din vakillari ahil-inoq yashab kelayotgan diyor ekani, barchaning asosiy maqsadi tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash va ertangi taraqqiyoti uchun hissa qo'shish ekaniga urg'u qaratildi.
Samimiy ruhda o'tgan suhbatda mamlakatimizdagi yangilanish va islohotlar keng quloch yozayotgani, Davlatimiz rahbari tomonidan millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlikka berilayotgan alohida  e'tibor mamlakatimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlanishiga zamin yaratganiga alohida e'tibor qaratildi.
Yurtimizdagi bunday ijobiy o'zgarishlar dunyo hamjamiyatida O'zbekistonga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini tobora mustahkamlayotgani mehmonlar tomonidan yuksak e'tirof etildi.

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

21 OKTYABR – O‘ZBЕK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

21.10.2026   41313   1 min.
21 OKTYABR – O‘ZBЕK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

#21oktyabr #davlat_tili
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi barchangizni 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!



Har bir xalqning tili va madaniyatining rang-barangligi Alloh taoloning cheksiz hikmati va qudrati belgilaridandir. Ona tili shunchaki muloqot vositasi emas, balki ajdodlarimizning ma’naviy merosi, iymon-e’tiqodi va milliy o‘zligimiz garovidir.
 

Mahmud Koshg‘ariy va hazrat Alisher Navoiy singari buyuk mutafakkirlarimiz sayqal bergan bu bebaho ne’matni asrab-avaylash, uning sofligini saqlab kelajak avlodlarga yetkazish – barchamiz uchun ham qarz, ham ma’naviy burchdir.



Ona tilimizning nufuzi va qadri hamisha yuksak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayzu barakaga to‘lsin!

O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Maqolalar