Buyuk Britaniya qirolligi milliy statistika byurosining xabariga ko‘ra, musulmonlarning soni 2019 yil yakuni bo‘yicha 3 million nafardan oshgan.
Londonning ba’zi qismlarida musulmonlar aholining 50 foizini tashkil etishi ta’kidlaangan. Holat shu darajada qolsa, mazkur joylarda yaqin o‘n yillikda musulmonlar aholining aksariyatini tashkil etishi aytilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga asosan, Angliya, Shotlandiya va Uelsning musulmon aholisi 3 363 210 nafar, ya’ni aholi umumiy sonining 5,9 foizidir. Bu haqda The Sun ma’lumot bergan (https://azon.uz/content/views/buyuk-britaniyada-musulmonlar-soni-rasma).
2018 yil ma’lumotlaricha Londonda 1,26 million nafar Islomga e’tiqod qiluvchilar yashagan, bu poytaxt aholisining 14,2 foizidir.
Musulmonlar soni ortar ekan, xristianlar soni kamayib bormoqda. Sikxlar, yahudiylar va buddistlarning soni avvalgi darajada qolgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati