Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul-mulku va lahul hamd va huva ’ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma laa mania’ lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va laa yanfa’u zal-jaddi minkal-jadd.
Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning tengi va sherigi yo‘q. Mulk Unikidir. Hamd Ungadir. U har narsaga qodirdir. Yo Alloh! Sening berganingga monelik qiluvchi hech narsa yo‘q. Bermaganingni beradigan hech kimsa yo‘qdir. Ulug‘ bo‘lgan foyda bermaydi. Ulug‘lik Sendandir (Imom Muslim. «Masajid», 137).
* * *
«Alhamdulillahi robbil a’lamiyn. Val-aqibatu lil-muttaqiyn, va la udvana illa ’alaz-zolimiyn. Vassolatu vas-salamu ’ala rasulina Muhammadin va ’ala alihi va as'habihi ajmaiyn.
Allohumma robbana, ya robbana taqobbal minna solatana va qiyamana va ruku’ana va tahlilana va tazarru’ana va tammim taqsirona va la tazrib biha vujuhana ya Mavlana.
Allohumma atina sihhatan va ’afiyatan va sa’adatan va rifqon va avladan solihin va ’ilman nafi’an va rizqon vasi’an va ’amalan maqbulan, ya arhamar-rohimiyn. Robbanag‘firli valivalidayya valil-mu’miniyna yavma yaqumul-hisab».
Ma’nosi: Hamdu sano olamlarning Rabbi Allohgadir (Unga hamd bo‘lsin). Go‘zal oqibat taqvodorlargadir. Dushmanlik esa zolimlargadir. Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, ul zotning yaqinlari va sahobalariga salot va salom bo‘lsin.
Yo Alloh! Ey Rabbimiz! Namozimizni, qiyomimizni, rukularimizni, sajdalarimizni, o‘tirishlarimizni, tazarru va niyozlarimizni qabul ayla. Nuqson-kamchiliklarimizni mukammal qil. Ey Mavlomiz! Kamchiliklarimizni yuzimizga urma.
Yo Alloh! Bizga sog‘liq va ofiyat, baxt va shirin hayot va go‘zallik ber, xayrli farzandlar nasib et. Yo Rabbim! Bizga foydali ilm, mo‘l rizq va maqbul amallar nasib ayla. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi bo‘lgan Allohim.
Ey Rabbim! Meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni kechir, bizni jahannam azobidan asra.
Shuning bilan "Namoz saboqlari" rukni orqali berib borilayotgan audio darslarimiz yakuniga yetdi. Barchangizga ezgu tilaklar bilan minnatdorlik bildiramiz.
O‘MI matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.
Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati