Musulmon olamida keng qo‘llaniladigan “Inshaalloh” iborasi nemis tilining eng mashhur imlo lug‘ati – Dudenga kiritildi. Endilikda nemis tilida gapiruvchilar ham ushbu so‘zni ishlatishadi.
“Inshaalloh” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “Xudo xohlasa”, “Xudoga hush kelsa” ma’nolarini anglatadi. Yaxshi istak bildirish, Xudoyo, Ilohim kabi ma’nolarda keladigan duo iborasi hamdir.
Nemislar oldin ham arab tilidan ba’zi so‘zlarni olishgan. Ammo bu ibora Islom dini va musulmonlar e’tiqodi bilan bog‘liq ilk atama sifatida nemis lug‘atiga kiritildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati