Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

ISLOM YAXSHILIKKA CHAQIRADI – TЕRRORGA EMAS

16.01.2020   4147   3 min.
ISLOM YAXSHILIKKA CHAQIRADI – TЕRRORGA EMAS

Qur’on ota-bobolarga, boshliqlarga va yo‘l-boshchilarga ko‘r-ko‘rona taqlid kilishdan qaytarish bilan birga, faqat bir taraflama fikrlashdan ham qaytaradi va biror narsa qilmoqchi bo‘lsa, o‘sha narsaning yaxshisini tanlab olishga chaqiradi. Chunki, ko‘pgina kishilar biror narsani bir marta eshitsa yoki o‘qisa, shunga ishonib ketaveradilar. Lekin o‘sha narsani chuqurroq o‘ylab, yaxshi tarafini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu haqiqatga Qur’on bundan 15 asr avval chaqirgan:

“Ular gapni eshitib, eng go‘zaliga ergashadiganlardir. Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana o‘shalar, ha, o‘shalar aql egalaridir” (Zumar surasi, 18-oyat).

Mana shu oyatda Alloh taolo musulmonlarni barcha gaplarni eshitib, tushunib, so‘ngra yaxshilariga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilgan insonni  «hidoyatga erishganlar» va «o‘tkir aql egalari» deb ataydi.

Shu bilan birga, Islom yaxshilikni ta’riflab ham beradi va unga amal qilishga chaqiradi. Odatda, odamlar yaxshilik matlub ekanligi haqida ixtilof qilmaydilar. Yaxshilik nima ekanligi haqida ixtilof qiladilar. Har kim o‘zining yo‘lini yaxshi deb tushunadi. Yaxshilik ma’nosiga o‘zicha ta’riflar keltiradi, chegaralar qo‘yadi, belgilar belgilaydi. Islom dinida yaxshilik – Alloh yaxshi degan narsalardir. Ularning nima ekanini Alloh taolo Qur’oni karimning “Baqara” surasi 177-oyatida oyati karimasida to‘liq ta’riflab bergan:

«Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirish va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, mis kinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga berish, namozni qoim qilish va zakot berishdir. Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilar, ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir».

Oyati karimada ko‘rinib turibdiki, yaxshilik ma’lum bir harakat yoki gap-so‘zlarni o‘zicha qilish va aytish bilan bo‘lib qolmasligini ta’kidlamokda

Imon keltirish yaxshilikning boshi va asosidir. Busiz, ya’ni imonsiz hech qanday yaxshilik bo‘lishi mumkin emas. Asl imoni bor inson buzg‘unchilik, terrorchilik, fitnakorlikga ruju qilmaydi.  Chunki, kimning Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, Payg‘ambarlarga imoni yo‘q bo‘lsa, undan yaxshilik chiqmaydi. Chiqsa ham, doimiy bo‘lmaydi.

Musulmonlarning boy-badavlatlari mollaridan ma’lum miqdorini extiyojmandlariga moliyaviy ibodat sifatida beradilar. Bu amal mol egasiga Alloh tomonidan farz qilingan. Shu farz-ni ado etadigan odam yaxshilik qiluvchidir.

Ahdiga vafodorlik musulmonlikning, imonning ko‘zga ko‘ringan belgilaridan bo‘lib, Qur’oni karimda qayta-qayta takrorlangandir. Kim ahdiga vafo qilsa, Alloh ta’riflagan yaxshilikdan nasibador bo‘lgan bo‘ladi.

Sabrlilik ham imonli, musulmon kishilarning alohida oliy va zaruriy sifatlaridan hisoblanadi. U hakda avvalgi oyatlar tafsirida batafsil so‘z yuritildi. Demak, turli qiyin holatlarda sabr qiluvchilar Alloh ta’riflagan yaxshilik sohiblaridan bo‘lar ekan.

Bahodir BOTIROV,
Chust tumani “Oxun bobo” jome
masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.08.2026   4480   1 min.
Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.


Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.


Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:

  • Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;

  • Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

  • Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.


Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari