VAHIYNI TUSHUNIB YETMASLIK (oxiri)
Qur’oni Karim vahiysini tushunib yetmaslik faqat qadimgi mushriklar va hozirgi dushmanlargagina xos emas. Balki Islomdan boshqa dinlarning peshvolariga ham tegishli xususiyatdir. Ular vahiyni tan olsalar ham, uni noto‘g‘ri tushunib olganlar.
Bu haqda doktor Subhiy Solih rahmatullohi alayhi quyidagilarni yozadi:
«Afsuski, biz Qur’oni Karim ta’kidlaganidek, «vahiy» tushunchasining barcha payg‘ambarlar huzurida yagona ekanini aytar ekanmiz, «Muqaddas Kitob» qomusida «vahiy» so‘ziga turli xil ixtilofli tafsirlar berilganini ko‘ramiz. Ushbu qomusga ko‘ra: «Vahiy – bu Allohning ruhi ruhiy haqiqatlar va g‘aybiy xabarlarni ko‘rish uchun ilhomlantirilgan kotiblarning ruhiga tushishidir. Mazkur vahiy kotiblari o‘z shaxsiyatlarida biror narsani yo‘qotib qo‘ymaydilar, ularning har biri o‘z ta’lif yo‘nalishlari va ta’birida o‘z uslublariga egadir».
Bu yerda bizni afsuslantirayotgan narsa – qomusiy ta’rifga ko‘ra, vahiyning Allohga diniy bog‘lanishdan ancha uzoqligidir. Vahiy aslida Allohdan olinadi. Bu yerdagi vahiyning ta’rifi ko‘proq kashf yoki ilhomning dalolatiga yaqinroqdir.
Kashfning shunday sof turlari borki, bashariyat orasida ruhiy poklanishlar bo‘lib, ulardan ilhom berilgan shoirlar, so‘filar va oriflar kashf orqali turli xil sof fikrlarni aytganlar. Kashfning kirlangan tarafi ham borki, bu kohinlar va folbinlarda ko‘rinadi. Ularning aksari yolg‘onchi va dajjollardir.
Biz kalimalarni o‘z o‘rnida ishlatmaslikdan qo‘rqishimiz lozim bo‘ladi. Vahiy holatini «kashf» lafzidan ajratib qo‘yishimiz kerak. Shunga o‘xshash, «ilhom», «botiniy va ichki his-tuyg‘ular» kabi kalimalarni ham «vahiy» kalimasidan uzoqlatishimiz darkor. Ajamlarga taqlid qilayotgan ba’zi odamlar ajabtovur soddalik bilan nabiylar va nabiylarning oxirgisi bo‘lmish Muhammad alayhissalom huzurlaridagi vahiy holatini noto‘g‘ri tafsir qilmoqdalar.
Kashfning dalolatini har qanday da’vogarga isbotlab bermog‘imiz, so‘ngra «Vahiyning dalolati ham kashfning dalolatidandir», demoqchi bo‘layotganlarni inkor qilishimiz nihoyatda oson ish.
Albatta, kashf ochiq-oydin chegarada nafsiy dalolatdan xoli bo‘lmaydi. Chunki u ko‘pincha mashaqqat va urinish samarasi bo‘ladi, yoki ruhiy riyozat ta’sirida yuzaga keladi, yoxud uzun tafakkurning natijasi bo‘ladi. Kashf insonning o‘zida komil ishonchni va komillikning mislini paydo qilmaydi, balki bu shaxsiy ish bo‘lib, haqiqatni Ulug‘ va Oliy masdardan olmaydi.
Oriflarning kashfi vosillarning ilhomiga o‘xshaydi. Nafs uni yaqiyn bo‘lmagan, ya’ni o‘ta ishonchli bo‘lmagan ma’rifat ila biladi. Nafs unga uning masdarini sezmagan holda ajrab chiqadi. Unga zavqlilarning zavqi, topqirlarning topqirligi ham qo‘shilib ketadi. Yana yunonlarning nazdidagi she’r xudosining afsonalari va johiliyat arablarining nazdidagi she’r shaytonlarining uydirmalari ham kashfdan deyilaveradi.
Shubhasiz, kashf ilhomga o‘xshaydi. «Kashf» lafzi yangi paydo bo‘lgan «psixologiya» fanining lafzlaridan bo‘lib, hatto uni bor deydiganlar ham mubhamlik ichidadir. Ismidan ham ko‘rinib turibdiki, u his va sezish holatlaridan uzoqdir. Agar inson to‘g‘risida «Bu kashf va ilhom egasi», deyilsa, ushbu sifatlar bilan u nubuvvat va vahiy darajasiga yetolmaydi. Chunki har bir vahiyda o‘ziga singdirish bor. Har bir nubuvvatda (ilohiy xabarni qabul qilishda) uning ma’nosini sezish va mag‘zini idrok qilish bor. O‘ziga biror narsani singdirish xususiyatini yo‘qotgan kishiga nisbatan xotirasiz, deb tosh otiladi. His-tuyg‘udan mahrum bo‘lgan kishiga befahmlik sharmandaligi yopishtiriladi» (iqtibos tugadi).
Ushbu ilmiy mulohazalar haqida xulosa qilinar ekan, kashf bilan vahiyning o‘rtasida katta farq borligi ochiq-oydin ma’lum bo‘ladi. Boshqa dinlarning muqaddas kitoblarida kashf bilan vahiyning ajratilmagani o‘sha kitoblarning o‘zgarib ketishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Natijada masihiylik dinining asosi bo‘lgan muqaddas kitoblari uchun kashfni vahiy o‘rnida qabul qilishga majbur bo‘lib qolishgan. Nabiyning so‘zini ajratib, Allohning so‘zini alohida muhofaza qilishga ahamiyat berilmagani uchun, butun boshli ilohiy kitob zoye bo‘lgan. Injildan nafaqat payg‘ambarning so‘zlari, balki Iyso alayhissalomni mutlaqo ko‘rmagan kishilarning ham so‘zlari o‘rin olib qolgan va nasroniylar ushbu so‘zlarni ham ilohiy kalom sifatida qabul qilishgan. Kishilar uylarida yolg‘iz o‘tirib, o‘zlariga kashf bo‘layotganini da’vo qilib, Injillar yozishgan va ana shu yozilgan narsalar vahiy o‘rniga o‘tib qolgan.
Qur’oni Karimning o‘zida Alloh taolo O‘z vahiysini O‘zi muhofaza qilishini aytish bilan birga, ushbu vahiyni boshqa kalomlardan, hatto o‘z Payg‘ambarining kalomidan ham ajratib tushunadigan va tushuntiradigan millatni Alloh taoloning O‘zi chiqargan. Qur’oni Karim faqatgina Allohning so‘zi ekani va unda bashariyat kalomidan biror luqma aralashmagani Qur’oni Karimning o‘zidan dalillar keltirib, isbotlangandir.
Ko‘rib o‘tganimizdek, Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koyish, odob berish, tahdid qilish, qo‘rqitish, hatto agar u kishi sollallohu alayhi vasallam Allohning Kalomiga o‘zlaridan biror narsa qo‘shsalar, «sobr» o‘limi kabi dahshatli o‘lim bilan ogohlantirish borligi Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birorta so‘zlari yo‘qligini bildiradi.
Bugungi kunda o‘zlarini «madaniyatli» deydigan o‘lkalardagi musulmon bo‘lmaganlar Qur’oni Karimni Muhammad alayhissalomning shaxsiy so‘zlari deyishadi va bu gaplariga bizning eski kitoblarimizda yozilib qolgan isroiliyotlarni, zaif va turli mavzu hadislarni dalil qilib keltirishadi. Bu kabi da’volarga vahiy to‘g‘risidagi sof ilmiy bahslarda yetarlicha raddiyalar berilgan. Ajablanarlisi shuki, shakkok sharqshunoslarning Muso alayhissalomga, Iyso alayhissalomga vahiy nozil bo‘lishini, osmondan kitob tushishini sig‘dirgan aqqlari negadir Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lishini sig‘dira olmaydi.
Ulamolarimiz Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi o‘ziga xos yagona holat ekanini mufassal bayon qilganlar. «Az-Zohira al-Qur’aniya» – «Qur’oniy hodisa» istilohi jazoirlik mashhur mutafakkir Molik ibn Nabiy rahmatullohi alayhiga mansubdir. U kishining «Az-Zohira al-Qur’aniya» nomli fransuz tilida yozilgan kitobi bor. U kishi ushbu kitobda vahiy holatini chuqur tahlil qilib, sog‘lom aql taslim bo‘ladigan darajada bahs yuritgan. Vahiyning inson sifatidan mustaqil ekanini, Qur’oni Karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ichlaridan chiqmaganini, balki u ilohiy inoyat o‘laroq, yuqoridan nozil bo‘lganini isbotlab bergan.
Ammo, ming afsuslar bo‘lsinkim, hozirgacha insoniyat tarixidagi ushbu nodir holatni har kim o‘z qarichi bilan o‘lchab kelmoqda va o‘zining aytganini ilmiy haqiqat deb da’vo qilmoqda. Turli mantiqsiz da’volarni bir tarafga qo‘yib turaylik-da, Qur’oni Karim ma’nolarini rus tiliga tarjima qilish borasida ikki og‘iz so‘z aytib o‘taylik.
Hozirgi kunga kelib, Qur’oni Karim ma’nolarining rus tilidagi tarjima va tafsirlari o‘n beshdan ortib ketdi. Lekin mazkur tarjimalarda «Qur’on» so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nosi haqida biror so‘z uchratish qiyin. Eng achinarlisi, Qur’oni Karimning asosi bo‘lgan «vahiy» so‘zining ma’nosi butunlay buzib yuborilgan, u «vnusheniye» yoki «otkroveniye» deb tarjima qilingan. Agar rus tilining izohli lug‘atlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu ikki so‘z qanchalik izohlansa ham, «vahiy»ning asl ma’nosiga hatto yaqin ham kelmasligini ko‘ramiz.
Abramov lug‘ati
Vnusheniye – vdoxnovleniye, veyaniye, sovet, rekomendatsiya, predlojeniye, nausheniye, vdoxnoveniye, pobujdeniye – ishontirish (singdirish), ilhomlantirish, maslahat berish, tavsiya qilish, taklif qilish, vasvasa qilish, gij-gijlash, undash, turtki berish...
Yefremova lug‘ati
Vnusheniye sr.
1) a) Slovesnoye vozdeystviye na volyu, soznaniye cheloveka s selyu ubedit yego v chem-l. ili vizvat kakoye-l. chuvstvo. – Irodaga, inson ongiga uni biron narsaga ishontirish yoki qandaydir hissiyot uyg‘otish maqsadida so‘z bilan ta’sir ko‘rsatish.
b) Vozdeystviye na postupki cheloveka chuvstv, nastroyeniy, sostoyaniy – Insonning xatti-harakatiga hislar, kayfiyatlar va holatlarning ta’sir ko‘rsatishi
v) Selenapravlennoye vozdeystviye slovami na psixiku cheloveka (obichno privedennogo v sostoyaniye gipnoza) dlya izmeneniya yego otnosheniya k chemu-l., preodoleniya vrednix privichek, korreksii povedeniya i t.p. (v meditsine) – inson ruhiyatiga (odatda gipnoz holatiga kelgan kishiga) uning biron narsaga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, zararli odatlarini tark ettirish, fe’l-atvorini isloh qilish uchun maqsadli ravishda so‘z vositasida ta’sir ko‘rsatish (tibbiyotda).
2) Poucheniye, nastavleniye, vigovor – pand-nasihat, o‘git,
koyish, hayfsan.
vnushat 1) a) Vozdeystvuya slovami na volyu, soznaniye, zastavlyat usvoit kakuyu-l. misl, priyti k kakomu-l. ubejdeniyu – Irodaga, ongga so‘z bilan ta’sir ko‘rsatib, qandaydir fikrni o‘zlashtirishga, qandaydir ishonchga kelishga majbur qilish.
b) Selenapravlenno vozdeystvovat slovami na psixiku cheloveka (obichno privedennogo v sostoyaniye gipnoza) dlya izmeneniya yego otnosheniya k chemu-l., preodoleniya vrednix privichek, korreksii povedeniya i t.p. (v meditsine) – Inson ruhiyatiga (odatda gipnoz holatiga tushgan kishiga) maqsadli ravishda so‘z yordamida ta’sir etish (tibbiyotda).
2) Vozbujdat v kom-l. kakoye-l. chuvstvo – kishida ma’lum bir hissiyotni uyg‘otish, qo‘zg‘ash.
Ojegov lug‘ati.
Vnusheniye – vozdeystviye na psixiku bolnogo, gipnoz. Naprimer, lecheniye vnusheniyem, nastavleniye, vigovor roditelskoye vnusheniye – Bemorning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish, gipnoz. Masalan, ishontirish bilan davolash, pand-nasihat, koyish, otalarcha o‘git.
vnushit – vozdeystvuya na volyu, voznaniye, pobudit v chemu-nibud, zastavit usvoit chto-nibud. Naprimer, vnushit strax, vnushit uvajeniye k starshim – Irodaga, ongga ta’sir ko‘rsatib turib, biror ishga undash, turtki berish, biror narsani o‘zlashtirishga majbur qilish, Masalan, qo‘rquv uyg‘otish, yuragiga vahima solish, kattalarga hurmat hissini singdirish.
Ushakov lugati.
Vnusheniye. 1. Vozdeystviye na volyu drugogo s tem, chtobi zastavit yego bessoznatelno vipolnyat chujiye jelaniya; gipnoz (knijn.). Rol vnusheniya v dushevnoy jizni. Massovoye vnusheniye. Lechit alkogolika vnusheniyem – Kishining irodasiga birovlarning istak-xohishini ongsiz (ko‘r-ko‘rona, hushsiz) ravishda bajarishga majbur qilish maqsadida ta’sir ko‘rsatish, gipnoz (kitobiy). Ishontirishning ruhiy hayotdagi o‘rni. Ommaviy ishontirish. Ichkilikbozni ishontirish yo‘li bilan davolash;
– Vozdeystviye kogo-chego-n. na volyu; vliyaniye, podchinyayusheye sebe volyu kogo-n. (knijn.). On deystvuyet po vnusheniyu svoix tovarishey – Irodaga allanarsaning yoki allakimning ta’sir ko‘rsatishi. Birovning irodasini o‘ziga bo‘ysundiruvchi ta’sir. U do‘stlarining ta’sirida ish tutyapti.
Vnushat 1. chto komu-chemu. vizivat, vozbujdat po otnosheniyu k sebe kakiye-n. oshusheniya, misli, zastavlyat chuvstvovat chto-n. On vnushayet mne otvrasheniye. Vnushat k sebe strax. Vnushat pochteniye. || – O‘ziga nisbatan qandaydir sezgi, fikr qo‘zg‘atish, uyg‘otish, ma’lum bir hissiyot hosil qildirish. U menda nafrat uyg‘otyapti. O‘ziga qo‘rquv singdirish. Hurmat uyg‘otish;
– Navodit na kakiye-n. misli, vizivat kakiye-n. chuvstva. Yego vid vnushayet mne opaseniye za yego zdorove – Ma’lum bir xayolga, hissiyotlarga olib borish. Uning ko‘rinishi menda uning sog‘lig‘idan tashvish uyg‘otyapti;
Abramov lug‘ati
Vnushat, vdoxnovlyat, vkorenyat, vnedryat, vpechatlevat, vselyat; zapechatlevat; nauchat, vrazumlyat, nastavlyat; nadoumlivat, namekat, sovetovat, ugovarivat. Privivat komu pravilnie ponyatiya. Vlivat v serdse dobrie pomisli. «Vselyal bezveriye, ukorenyal razvrat». Kril. Namekni svine vilami, chtob v ogorod ne lazila! Sr. Uchit, Sovetovat, Vozbujdat, Vdoxnovlyat i Utverjdat. Sm. vdoxnovlyat, vlagat, vliyat, nauchat, sovetovat – Ishontirish, ilhomlantirish, singdirish, kiritish, tatbiq qilish, joriy qilish, taassurot qoldirish, o‘rgatish, aql o‘rgatish, aql berish, nasihat qilish, aql kirgizish, shama qilish, kinoya qilish, maslahat berish, ko‘ndirish, yo‘lga solish. To‘g‘ri tushunchani singdirish. Qalbga yaxshi niyat solish. «Iymonsizlik kiritar, buzuqlik singdirardi» (Krilov). Cho‘chqaga panshaxa bilan tushuntir, polizga kirmasin! O‘qitish, maslahat berish, qo‘zg‘ash, ilhomlantirish, tasdiqlash. Ta’sir ko‘rsatish, o‘rgatish, maslahat berish.
Dal lug‘ati
VNUSHAT, vnushit chto komu. Vselyat, vperyat, vkorenyat, vnedryat; peredavat, ubejdat, poselyat v mislyax, pomislax; zastavit dumat, xotet; pobudit k prinyatiyu peredavayemogo slovami ili drugim sposobom. Ne vnushaysya besom, ne sogreshish – Singdirish, tiqishtirish, o‘zlashtirish, tatbiq qilish, o‘ylashga majbur qilish, ishontirish, kallasiga fikr joylash, so‘z yoki boshqa vosita bilan berilgan fikrni qabul qilishga majbur qilish. Shaytonga ergashma, gunoh qilmaysan.
OTKROVЕNIYE i pr. sm. otkrivat – ochilish – ochishning majhuli
Ojegov lug‘ati
Otkroveniye to, chto neojidanno otkrivayet istinu, vnosit yasnost, ponimaniye. Eta novost – polnoye o. dlya vsex – Birdan haqiqatni ochuvchi, oydinlik kirituvchi, aniqlashtiruvchi. Bu yangilik hamma uchun mutlaqo oydinlik bo‘ldi.
Ushakov lug‘ati
OTKROVЕNIYE, otkroveniya, sr. (knijn.).
RUSCHA-O‘ZBЕKCHA LUG‘ATDAN OLINGAN TA’RIFLAR
Vnushit sov. (nesov. vnushat) chto komu
Vnusheni/ye s
Otkroveniye s
Nihoyatda uzayib ketgan iqtiboslar va ularning tarjimalaridan ko‘rinib turibdiki, Qur’oni Karim ma’nolarining o‘n beshdan ortiq tarjimalarida bu muqaddas Kitobning asosi bo‘lmish vahiy tamoman noto‘g‘ri talqin qilingan. Eng yaqini «ilhom» ma’nosi bo‘lishi mumkin. Bu esa «Qur’oni Karimning o‘zi ham, ahli Qur’on ummati ham hech qanday dalil va hujjat bo‘lishi mumkin emas, chunki bu oddiy ilhom ekan», degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin.
Endi insof bilan o‘ylab ko‘raylik. Dunyodagi eng ko‘p tarqalgan tillardan biryda Qur’oni Karim ma’nolari tarjimalarida na «Qur’on» so‘zining ma’nosi va na Qur’oni Karimning asosi bo‘lgan «vahiy» so‘zining ma’nosi mutlaqo o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa, buni qanday baholash mumkin?!
Bunday noxush holatning davom etishida musulmon ulamolarning ham aybi bor. Chunki mazkur tarjimalarning ko‘pchiligi musulmon bo‘lmagan odamlar, so‘nggilari esa musulmon millatlarga mansub bo‘lsa ham, Islomiy ilmlardan bexabar shaxslar tomonidan qilingan. Shuning uchun ham musulmon ulamolar boshqa tillarda ham mavjud bo‘lgan ushbu muammoni hal qilishda, Qur’oni Karim va vahiy haqiqatini to‘g‘ri bayon qilib berishda majburiyatlarini sharaf bilan ado etishlari lozim.
KЕYINGI MAVZULAR:
Qur’oni Karimning tarqoq nozil bo‘lishi hikmatlari;
Hozirgi kunda “bid’at” so‘zini ko‘pchiligimiz tez-tez eshitamiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu so‘zni bilgan ham, bilmagan ham, tushungan ham, tushunmagan ham ishlatmoqda.
Alloma ibn Hajar Makkiy rahimahulloh o‘zining “Fathul Mubiyn” asarida bid’atning lug‘aviy ma’nosini quyidagicha keltirgan:
“Bid’at so‘zi lug‘atda – o‘xshashi bo‘lmagan, yangi narsani paydo qilish”, degan ma’noni beradi.
“Bahrul Layoliy sharhi Bad’ul Amoliy”da esa, bid’atning lug‘aviy ma’nosini: “Avval bo‘lmagan, o‘xshashi yo‘q narsani paydo qilish” deb keltirgan.
Shundan kelib chiqib, mazkur ulamolar bid’at xoh ibodatlarda, xoh odatlarda bo‘lsin, yaxshi yoki yomon bo‘lsin, Qur’on va sunnatda mavjud bo‘lmagan yangi paydo bo‘lgan narsa deb qaraganlar.
Ulamolar lug‘aviy bid’atni besh qismga bo‘lganlar.
Birinchisi: Vojib bid’at. Nahv ilmini o‘rganish bid’atning shu turiga kiradi. Chunki bu ilmni bilmasdan Qur’on va sunnatni bilib bo‘lmaydi. Bu ikki manbani o‘rganish vojib. Vojibni bajarishga xizmat qiladigan narsa ham vojib bo‘ladi.
Demak, Qur’on va sunnatni o‘rganish uchun nahvni o‘rganish vojib.
Ikkinchisi: Harom bo‘lgan bid’at. Mo‘tazila, jabariya va hozirgi salafiy hamda ahli sunnaga zid bo‘lgan turli firqa va oqimlarni ta’sis etish. Chunki bular ham Islomning ilk davrlarida bo‘lmay, keyinchalik turli maqsadlarda tashkil qilingan bo‘lib, asosan sof Islom aqidasini noto‘g‘ri talqin qilish, Islomga va musulmonlarga zarar berish bilan tanilgan. Shuning uchun bunday firqa va oqimlarga kirish harom hisoblanadi.
Uchinchisi: Mustahab bid’at. Masjidlarga minoralar qurish, ma’had va madrasalar barpo etish, Qur’on qiroatini eshitish va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini o‘rganish uchun turli majlislar tashkil qilish mustahab bid’atlar sirasiga kiradi.
To‘rtinchisi: Makruh bid’at. Masjidlarga ziynat berish.
Beshinchisi: Muboh bid’at. Yeb-ichish, kiyim-kechak, maskan-manzillarda kengchilikka yo‘l qo‘yish. Ya’ni agar haloldan bo‘lsa, kishi o‘zi yashaydigan manzilini chiroyli ta’mirlasa, faxr va kibrdan xoli bo‘lib, qimmatbaho kiyim kiygan bo‘lsa va yemoq-ichmog‘ida kengchilikka yo‘l qo‘ysa, gunohkor bo‘lmaydi. Chunki shar’an bu paytda mazkur ishlar muboh sanaladi.
Bid’atning shar’iy-istilohiy ma’nolari
Bid’atning shar’iy – istilohiy ma’nolarini “Bahrul Laoliy sharhi Bad’ul Amoliy” asarining sohibi quyida uch qism qilib keltirganlar:
الزِّيَادَةُ وَالنُّقْصَانُ فِي الدِّينِ مِنْ غَيْرِ إِذْنِ الشَّارِعِ
1. “Shore’ning iznisiz dinda ziyoda va nuqsonga yo‘l ochish”.
جَعْلُ غَيْرِ الدِّينِ دِينًا أَوْ مَا يَكُونُ مُشَابِهًا بِالدِّينِ وَلَيْسَ مِنَ الدِّينِ
2. “Dindan bo‘lmagan narsani din deb bilish yoki dinga o‘xshash martabaga ko‘tarish”.
عَمَلٌ مُحْدَثٌ عَلَي نِيَّةِ الْعِبَادَةِ
3. “Dinda asli yo‘q bo‘lib, yangi paydo bo‘lgan narsani ibodat niyatida bajarish”.
Mazkur ta’riflarga asoslanib fuqaholar ikita fiqhiy qoidani joriy qilganlar.
الْأَصْلُ فِي الْأَشْيَاءِ هُوَ الْإِبَاحَةُ
1. “Narsalardagi asl qoida mubohlik va tozalikdir”. Ya’ni, aslida hamma narsa muboh va tozadir.
الْأَصْلُ فِي الْأَشْيَاءِ هُوَ الْحُرْمَةُ
2. “Narsalardagi asl qoida haromlik va nopoklikdir”.
Zohiran qaraganda bir-biriga zid bo‘lgan bu ikki qoidani tatbiqi shundayki, agar bir kishi dunyo ishlarini osonlashtirish, odamlarning og‘irini yengil va uzog‘ini yaqin qilish maqsadida biror narsa masalan mashina, telefon yoki turli foydali moslamalar o‘ylab topib ixtiro qilsa, “Narsalardagi asl qoida mubohlik va tozalikdir”, qoidasiga binoan bu yaxshi va maqtalgan ish hisoblanadi.
Ammo, ibodat niyatida dinda biror narsani joriy qilish, sunnat bo‘lmagan amalni sunnat deb e’tiqod qilish, “Narsalardagi asl qoida haromlik va nopoklikdir”, qoidasiga binoan bid’at va harom ish hisoblanadi.
Bid’atning turlari.
“Sahihi Buxoriy” kitobini sharhlagan Imom Qastaloniy rahimahulloh aytadilar: “Imom Bayhaqiy Imom Shofe’iydan naql qilib: “Kitobu sunnatga va ijmoga xilof bo‘lgan ishlar zalolatga chorlovchi bid’atdir. Ammo, kitobu sunnatga xilof bo‘lmagan yaxshi ishlar bid’at emas, balki “Muhdasotu mahmuda” ya’ni keyin paydo bo‘lgan maqtalgan ishlardir”, deganlar (Qastaloniy. J. 1. B. 302).
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda:
قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ سَنَّ فِي الإسلام سُنَّةً حَسَنَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ کُتِبَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَا یُنْقَصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَیِّئَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ کُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَایُنْقَصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْءٌ.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim Islomda chiroyli yo‘lni joriy qilsa, bas u uchun uning ajri va undan keyin unga amal qilganlarning ham ajri bo‘ladi. Ularning ajrlaridan biror narsa kamaytirilmaydi” (Imom Muslim rivoyati).
Mana shu va boshqa dalillarga tayanib, ulamolarimiz bid’atni ikki qismga bo‘lganlar: bid’ati hasana (yaxshi bid’at) va bid’ati sayyia (yomon bid’at).
Hofiz ibn Hajar rahimahulloh: “Shariatning asliga xilof bo‘lmay, shu bilan birga foydali va xayrli amallar bid’ati hasanadir. Shar’iy asosga ega bo‘lmagan amal yoki e’tiqodni joriy qilish bid’ati sayyia deyiladi”, deganlar. (“Fathul Boriy” kitobi, J. 4. B. 253).
Bid’ati hasana – bunga hazrati Umar roziyallohu anhuning ishlarini misol qilish mumkin. Sunnat amal bo‘lgan tarovih namozini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jamoat bilan o‘qimas edilar. Hazrati Umar esa xalifalik davrida mazkur namozni imomga iqtido qilib, jamoat bilan o‘qishni joriy qildi va: “Qanday yaxshi bid’at bo‘ldi”, dedi.
Shunga binoan diniy ilmlar o‘rgatish uchun alohida madrasalar qurish, kitoblar chop etish, masjidlarga gilam solish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni go‘zal siyratlarini targ‘ib qilish uchun mavlid o‘qish singari din asoslariga zid bo‘lmagan amallar bid’ati hasana bo‘ladi. Unga amal qilish joiz va u zalolatga boshlamaydi.
Bid’ati sayyia esa, shar’iy asosga ega bo‘lmagan biror amal yoki e’tiqodni joriy etishdir. Bunday bid’at ayni zalolat bo‘lib, u shariatimizda rad etilgan. Quyidagi hadisi sharif ham shunga dalolat qiladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ
“Kim bizning bu dinimizda unda bo‘lmagan yangi narsani kiritsa, rad qilinadi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, hadisda ko‘zlangan maqsad dinning asosiy manbalari bo‘lmish Kitob, sunnat va ijmoga xilof bo‘lgan ishlarni paydo qilish bo‘lsa, bas, u rad qilingandir. Ammo dunyoviy hayotning ravnaqiga xizmat qiladigan, insonlarga manfaat beradigan ishlarni paydo qilish, garchi Kitobu sunnatda asosi mavjud bo‘lmasa-da, zinhor bid’at deyilmaydi.
O‘tkirbek Sobirov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi