Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Namoz saboqlari: Har xil duolar (Audio)

21.12.2019   19065   6 min.
Namoz saboqlari: Har xil duolar (Audio)

O‘qilishi: Robbig‘fir varham vahdini ilat-toriqil-aqvam va ta-javaz ’amma ta’lam, innaka antal-azizul akram.

Allohumma inni as’alukal-’afva val-’ofiyata fid-dunya val-axiro.

Ma’nosi: Parvardigorim, meni rahmat va mag‘firat et. To‘g‘ri yo‘lga boshla. O‘zing bilgan gunohlarimni kechir. O‘zing karamlisan. Iloho, Sendan ikki dunyoda afv va ofiyat tilayman.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni as’alukal-huda vat-tuqo val-’afafa val g‘ina.

Allohummag‘firli varhamni vahdini va’afini varzuqni.

Allohumma ya musorrifal-qulub, sorrif qulubana ’ala to’atik.

Allohumma inni a’uzu bika minal ’ajzi val-kasali val-jubni val-harami val-buxli va a’uzu bika min fitnatil-mahya val-mamati va dola’ ad-dayni va g‘olabatir-rijal.

Ma’nosi: Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, ofiyat va boylik tilayman. Iloho, meni mag‘firat et va rahmatingga sazovor qil. Iloho, qalbimizni o‘z toatingga moyil qil. Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik kabi illatdan panoh so‘rayman. Yana Sendan hayot va mamot fitnalaridan, ortiqcha qarzdor bo‘lishdan va g‘animlarga mag‘lub bo‘lishdan panoh tilayman.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni a’uzu bika minal-’ajzi val kasali val jubni val buxli val hammi va ’azabil-qobri.

Allohumma ati nafsi taqvaha va zakkiha anta xoyru man zakkaha, anta valyyuha va mavlaha.

Ma’nosi: Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik, g‘am-tashvish, qabr azobi kabi narsalardan asrashingni so‘rayman. Iloho, menga taqvo nasib et, nafsimni pok et. Sen barcha insonlarning Xojasisan.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni a’uzu bika min sharris sam’i va min sharril basari va min sharril lisani va min sharril qolbi va min sharrin niyyati.

Ma’nosi: Iloho, men Sendan quloq, ko‘z, til, qalb va niyat yomonliklaridan asrashingni so‘rayman.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni a’uzu bika minal barosi val-jununi val-juzami va sayyi’il-asqom.

Allohumma inni a’uzu bika minat-taraddiy va a’uzu bika minal-g‘aroqi val haroqi val-harami va a’uzu bika an yataxabbatonish-shaytonu ’indal-mavt va a’uzu bika an amuta fi sabilika mudbiron va a’uzu bika an amuta ladig‘on.

Ma’nosi: Iloho, men Sendan yomon kasallik­lardan va qattiq bemorliklardan asrashingni so‘rayman. Iloho, turli ofatlardan va balolardan, og‘ir damda shaytonning vasvasasidan va fojiali o‘limlardan asrashingni so‘rayman.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni as’aluka min xoyri ma sa’alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu ’alayhi va sallam va na’uzu bika min sharri ma ista’azaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi va sallam va antal-musta’anu va ’alaykal-balag‘u va la havla va la quvvata illa billah.

Ma’nosi: Iloho, Payg‘ambaring Muhammad (alayhissalom) so‘ragan yaxshi narsalarni men ham so‘rayman, Payg‘ambaring nima narsalardan asrashingni so‘ragan bo‘lsa, men ham ulardan asrashingni so‘rayman. O‘zing yordam beruvchisan. Sendan o‘zgada kuch-quvvat yo‘q.

* * *

O‘qilishi: Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala ali Muhammad.

Ma’nosi: Iloho, Payg‘ambaring Muhammad (alayhissalom)ga va u zotning oilalariga salavot va salomlar nozil et.

* * *

O‘qilishi: Allohumma innaka qulta ud’uni astajib lakum va innaka la tuxliful-mi’ad, va inni as’aluka kama hadaytani lilislami an la tanza’ahu minni, hatta tatavaffani va ana muslimun.

Ma’nosi: Ey bor Xudoyo, Mendan so‘ranglar, ijobat qilaman, deb aytding, albatta, Sen va’dangga xilof qilmagaysan. Ey bor Xudoyo, hidoyat ne’matini berib, meni Islomga musharraf qilding, endi uni mendan musulmon holda o‘lgunimcha ayirma. Iloho, O‘zing bizlarni bu dinda sobitqadam et.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni as’aluka iymanan daiman va yaqiynan sodiqon va ’ilman nafi’an va qolban xoshi’an va lisanan zakiron va as’-alukal ’afva val-’afiyata val-ma’afata da’imatan fid-dunya val­axiro.

Ma’nosi: Iloho, Sendan doimiy imon, mustahkam e’tiqod, foydali ilm, qo‘rquvchi qalb, zikr etuvchi til, afv va ofiyat va dunyoyu oxiratda doimo xotirjamlikni so‘rayman.

* * *

O‘qilishi: Allohumma ya muqollibal-qulubi sabbit qolbi ’ala dinik.

Allohumma a’inni ’ala zikrika va shuk­rika va husni ’ibadatik.

Ma’nosi: Iloho, dillarni o‘zgartirib turuvchi Rabbim, mening dilimni O‘z diningda sobit et.

Iloho, Seni zikr etishimda, Senga shukr etishimda va chiroyli ibodat qilishimda yordam ber.

* * *

O‘qilishi: Robbana laa tuaxizna in nasiyna av axto’na.

Robbana va laa tahmil ’alayna isron kama hamal-tahu ’alal-laziyna min qoblina.

Robbana va la tuhammilna ma la toqotalana bih, va’fu ’anna vag‘fir lana varhamna, anta Mavlana, fansurna ’alal-qovmil-kafiriyn.

Ma’nosi: Parvardigoro, agar esimizdan chiqarsak, xatoga yo‘l qo‘ysak, bizlarni jazolama, bizlarning zimmamizga oldingi ummatlarga yuklaganingdek og‘ir yuklarni yuklama, toqatimiz yetmaydigan narsalarni bizlarga buyurma, bizlarni kechir, afv et, rahmatingga ol, Sen bizlarning hojamizsan, kofirlar ustidan bizlarga yordam ber.

* * *

O‘qilishi: Allohumma inni a’uzu bika minal-qosvati val g‘oflati val-’aylati vaz-zillati val maskanati. Va a’uzu bika minal kufri val faqri val-fusuqi vash-shiqoqi van-nifaqi, va su’il-axlaqi, va ziyqil-arzoqi, vas-sum’ati, var-riyai, va a’uzu bika minas-somami val-bakami val-’ama val-jununi val-juzami val-barosi va sayyi’il-asqom.

Ma’nosi: Iloho, Sendan toshbag‘irlik, g‘aflat, qashshoqlik, xorlik, miskinlik kabi illatlardan asrashingni so‘rayman. Yana Sendan kufrdan, faqirliqdan, fisqu fujurdan, nizo va adovatdan, yomon xulqlardan, rizqi tanglikdan, riyokorlikdan, ko‘ru kar bo‘lishdan, jinnilik va yomon kasalliklardan asrashingni so‘rayman.

 

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sizga tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin!

16.04.2026   2709   4 min.
Sizga tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Haqqa yaqin bo‘lgan bandalarning oldida dunyoning chin haqiqati ochilib bo‘lgandir. Ular uning qanchalar haqir va arzimas ekanligini yaxshi biladilar.  Shuning uchun unga ahamiyat ham e’tibor ham bermaydilar. Naql qilishadiki, bir gal janobimiz hazrati Ali ibn Abu Tolib karamallohu vajhahu qabristonga kelib uning ahliga yuzlangan holda dedilar:

– Assalomu alaykum, ey qabr egalari! Sizga tinchlik-omonlik va Allohning rahmati bo‘lsin! Siz o‘z dunyoyingiz yangiliklaridan xabar berasizmi yo biz o‘zimiznikidan aytaylikmi?

Bunga javoban shunday ovoz eshitildi:

– Sizga ham tinchlik-omonlik va Allohning rahmati bo‘lsin! Bizdan so‘ng nimalar bo‘lgani haqida avval siz  gapirib bering!

Shunda hazrati Ali roziyallohu anhu davom etdilar:

– Mulkingiz taqsimlandi, xotinlaringiz erga tegib, bolalaringiz yetim bo‘lib qolishdi, mustahkam uylaringizga dushmanlaringiz kirib, joylashib olishdi. Bizda shunaqa yangiliklar. Sizdachi?

 Yana o‘sha  ovoz javob qaytardi:

– Kafanlarimiz ado bo‘ldi, sochlarimiz to‘kilib, badanlarimiz bo‘laklarga bo‘lindi, ko‘zlarimiz, burunlarimiz yonoqlarimizdan oqib tushib, chirib ketdi. Dunyoda ne qilgan bo‘lsak, bu yerda o‘shanga yarasha (muqobili)ni topdik, o‘zimizdan so‘ng qoldirgan dunyolarimiz uchun esa, hasratdamiz. Qilgan ishlarimizning tutqunlarimiz.

Fuzayl ibn Iyoz quddisa sirruhu deydilar:

“Bordiyu menga butun dunyoni qiyomat kunida hisobini bermaslik sharti bilan taklif etishganlarida ham qabul qilmagan bo‘lardim. Men uchun bu dunyo hatto yonidan o‘tilganda ham kiyimni bulg‘ab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bir o‘limtik kabi manfurdir!”.

Ibrohim Adham quddisa sirruhu go‘sht narxi oshayotganini bilib:

– Arzonlashtiring, ya’ni umuman sotib olmang! – dedilar.

Shunday qilib ahli tariqatlar quyidagi xulosaga keldilar:

“Kimki dunyoga muhabbat va havas ko‘zi bilan boqsa, Alloh uning qalbidan  zuhd va yaqin (chin ishonch) nurini tamomila olib qo‘yadi ”.

Abul-Husayn Havvoriy quddisa sirruhu-dan dunyo lazzatiga ko‘ngul bermaslik va undan qutilish haqida so‘raganlarida, u zot quddisa sirruhu  shunday javob berdilar:

– Zuhd – bu dunyoga tahqir ko‘zi bilan qarash hamda undan batamom, oxirgi haddigacha, sharaf bilan voz kechishdir.

Hurmatli janobimiz, qutbul – orifiyn Sayyid Ahmad Husayn quddisa sirruhu “Al Iqd an-nafis” kitobida yozadilar:

“Alloh Muso alayhissalomga dedi: “Agar Senga faqirlik yetgan bo‘lsa: “Marhabo, xush kelibsan, ey solihlar sifati!” deb, kutib olgin. Agar dunyo kelganini ko‘rsang: “Bu gunohlarim sababli shu dunyoning o‘zidayoq yetgan balo!” deb hisoblagin”.

Hadisi sharifda marhamat etiladi:

“Sizlar qanoatli bo‘linglar! Chunki qanoat bitmas-tuganmas boylikdir” (Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan, Imom Tabaroniy rivoyati)

Solihlardan birlari debdilar:

“Qanoat, mening fikrimimcha, mabodo uchrab qolsa, yaxshi pishgan va yaxshi pishmagan arpa nonini farq qilmaslik hamda o‘shanda ham namoziga quvvat bulgunchalik miqdorda tanovul qilish bilan kifoyalanishdir”. 

Salafi solihiyn qazo bo‘lgan bolasi uchun motam tutib yig‘lab, qazo bo‘lgan namoziyu umri uchun afsus chekib yig‘lamagan insonni, nodon, ahmoq deb bilgan ekanlar. Aslida bunday odam go‘yo shunday deyayotgan kabi: “Meni Allohimdan chalg‘itgan narsa uchun yig‘layapman”.
U aksincha, bu holdan xursand bo‘lib, batamom Allohga  yuzlanishi kerak edi, chunki Parvardigor uni mashg‘ul qilib turgan narsadan qutqarib, O‘ziga yaqin bo‘lish uchun imkoniyat yaratib beryapti.

Darhaqiqat, bolalar, ayollar, xizmatkoru do‘stlar sen o‘lib qolguday bo‘lsang,  sen uchun yig‘lamaydilar, balki sendan olishlari mumkin bo‘lgan narsani yo‘qotganlari uchun yig‘laydilar xolos. Shu sababli ulardan avvalroq: “Men uchun yig‘lashlaridan oldin Allohdan olishim mumkin bo‘lgan narsalarni olish imkoniyatini qo‘ldan berganim sababli o‘zim uchun o‘zim yig‘laganim yaxshiroqdir”,  deb aytib, o‘zing yig‘la.

Alloh kimnidir o‘ziga do‘stlik sharafi bilan e’zozlabdimi, albatta, uning ko‘ziga dunyoni  xunuk  qilib qo‘yadi.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Maqolalar