NAMOZ KITOBI: AZON
NAMOZ KITOBI
*** Vojib bo‘lishining shartlari ***
Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor: Islom, balog‘at, aql. Lekin yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O‘n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina ko‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Izoh: Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: «Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (yengil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar», deb marhamat qilganlar.
*** Vojib bo‘lishining sababi ***
Vojib bo‘lish sababi namoz vaqtlarining kirishidir. Namozning avvalgi vaqti kirishi bilan butun vaqtning bir qismida uni ado etish vojibdir.
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan.
*** Namoz vaqtlari ***
Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor:
*** Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi ***
Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafotda ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’ qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.
*** Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari ***
*** Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar ***
Quyidagi uch vaqtda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni o‘qish joiz emas.
Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozini tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat bilan joizdir.
*** Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar ***
*** Azon va takbirning hukmlari ***
Muqimlikda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa makruhdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va samom, bilan sahobalar bir kuni musulmonlarga namoz vaqti kirganini bildirish uchun biror usul yo vosita topish hususida suhbatlashib, eng maqul usulni izlashga kirishadilar. Barcha o‘z fikrini ayta boshlaydi. Kimdir zang (qo‘ng‘iroq) chalinsin, dedi. Payg‘ambarimiz «bu nasroniylar odatidir», deb rad qildilar. Kimdir «karnay (quvur) chalaylik» dedi. «Bu yahudiylar odatidir», dedilar Alloh Rasuli. Ba’zi sahobalar nog‘ora chalishni taklif qildilar, Payg‘ambarimiz: «Bu Bizans (shar-qiy Rum) odatidir», dedilar. Ba’zilar olov yoqaylik dedi. Payg‘ambarimiz: «Bu majusiylar odati», deb qabul qilmadilar. Kimdir «masjid tomiga bayroq tikaylik, ko‘rganlar namoz vaqti bo‘lganini bilsin» dedi. Bu fikr ham Payg‘ambarimizga yoqmadi. Aniq bir fikrga kelmasdan tarqalishdi. Abdulloh ibn Zayd ham ularning oralarida edi. O‘sha kunni eslab shunday deydi: «O‘sha tunda shunday xayol-tushunchalar bilan uyquga yotdim. Uyqu va bedorlik aralash holatda chiroyli kiyingan bir kishini ko‘rdim. Devor ustida ko‘liga zang ushlagan holda menga tikilib o‘tirardi. Unga: «Qo‘lingdagini menga sotasanmi?» dedim.
Bundan chiroyliroq usulni o‘rgataymi? – dedi va o‘rnidan turib, bizga ma’lum jumlalar bilan azon aytdi. Bir oz o‘tir-ganidan so‘ng yana turib, bizga ma’lum shaklda takbir aytdi. Ertalab uyg‘ongach, darhol Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga borib, tushda ko‘rganlarimni so‘zlab berdim. Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, «O‘sha yashil libosli kishi sizga o‘rgatgan jumlalarni Bilolga o‘rgating, bizga aytib bersin. Uning ovozi chiroylidir», dedilar. Biroz o‘tgach Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, vaziyatdan xabar topgach: «Xuddi shunday tushni men ham ko‘rdim, lekin Abdulloh ibn Zayd bir oz ertaroq harakat qilibdi», dedilar. Bu orada bir necha sahobalar ham kelib xuddi shunday tush ko‘rganlarini aytadilar. Bu xususda Payg‘ambarimizga ham alohida vahiy kelgan edi. Bir rivoyatga ko‘ra, Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ko‘rgan tushini aytish uchun, erta tong Payg‘mbarimizning huzurlariga yuguradilar. U zot, sollallohu alayhi va sallam, o‘zlariga ham shunday vahiy kelganini aytadilar. Demak, azon bugungi jumlalari bilan arab tilida ba’zi sahobalarga tush, Payg‘ambarimizga esa, vahiy orqali o‘rgatilgan. Shu bois azon lafzlarini o‘zgartirish, boshqa tilda aytish, tush va ilhom orqali ma’lum qilingan ilohiy maqsadga zid bo‘ladi.
*** Azon ***
Azon avvalida to‘rt, oxirida ikki marta takbir (Allohu Akbar) deyiladi. Shahodatlar «Ashhadu alla ilaha illalloh» va «Ashhadu anna Muhammadar rasululloh» lafzlarida tarji’ (ya’ni, jumlalarni baland ovozda aytishdan avval ichida aytib olish) qilinmaydi (tarji’ Shofe’iy mazhabida sunnat, Imomi A’zam mazhabiga ko‘ra, makruhdir).
Takbir xuddi azon kabi aytiladi. Faqat bomdod namozining azonida «Hayya alal falah» jumlasidan so‘ng, «As solatu xoyrum min an-navm» va barcha farz namozlarning takbirlarida ikki marta «Qod qomatis solah» deyiladi. Azon jumlalari alohida-alohida cho‘zib aytilsa, takbir juft-juft qilib, tezroq aytiladi.
*** Arabchadan boshqa tilda azon aytish ***
Ma’nolarini to‘la ifoda qilsa ham, azon va takbirni arabchadan boshqa tillarda aytish joiz emas.
*** Muazzinga oid mustahab amallar ***
Muazzinning soliq kishi bo‘lishi.
Shuningdek, shom namozida uch qisqa oyat o‘qiladigan yoki uch qadam bosadigan darajada kutiladi.
*** Azonning makruhlari ***
*** Qazo namozlarida azon ***
Qazo namozlarini o‘qish uchun azon va takbir aytiladi. Bir necha qazo namozini bir vaqtda o‘qtsh uchun dastlabkisida azon va takbir aytiladi. Qolganlarida azon tark qilinsa ham, takbirni tark qilish makruhdir.
*** Azon eshitilganida nima deyiladi? ***
Azon aytilganida to‘xtab, uni eshitish, azon jumlalarini takrorlash odobdandir. Faqat «Hayya alas-solah» va «Hayya alal-falah»dan so‘ngra (La havla vala quvvata illa billah) hamda bomdod namozida («As-solatu xoyrum min an-navm») jumlalaridan so‘ng, «Sodaqta va barorta» (to‘g‘ri aytding) yoki «Mashaalloh», (Alloh xohlagan narsa bo‘ladi) deydi. Azon tamomlangach, muazzin va eshitgan kishilar quyidagi vasila duosini o‘qiydilar:
Allohumma robba hazihid-da’vatit-tammah. Vas-solatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah. Vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah. Varzuqna shafa’atahu yavmal kiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad!
Ma’nosi: «Ey ushbu komil da’vat (azon) va namozning haqiqiy egasi bo‘lgan Allohim! Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, shafoatchilik salohiyatini va oliy martabani bergin. Va u zotni O‘zing va’da qilgan Mahmud — jannatdagi eng go‘zal maqomga erishtirgin!
*** Namozning shartlari ***
Namozning durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar lozimdir:
Izoh: Boshqa bir narsa bilan aloqasi, bog‘lanishi bo‘lgan narsa o‘sha boshqa narsaning ichida bo‘lsa, rukn deb ataladi. Masalan, namozda ruku kilish kabi. Agar u o‘sha boshqa narsaga hyech bir ta’sir ko‘rsatmay, faqat unga olib boruvchi bo‘lsa, sabab deb nomlanadi. Masalan, namozning farz bo‘lishi uchun vaqtning kirishi kabi. Agar unga olib boruvchi narsa, o‘sha boshqa narsaga tayangan bo‘lsa, u shart deb ataladi. Masalan, namozga tahorat qilish kabi. Agar unga tayanmagan bo‘lsa, alomat deyiladi. Masalan, namozga azon aytish kabi. Demak, shart narsaning tashqarisida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudiyati unga tayangan sababdir. Rukn esa, har qanday bir narsaning ichida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudiyati unga tayangan sababdir.
Izoh: Bu hukm Ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizdan, sollallohu alayhi va sallam, rivoyat qilgan hadisi sharifdan chiqarilgan, ya’ni, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Ibn Mas’udga, roziyallohu anhu, «Attahiyyatu»-ni o‘rgatgach, «buni o‘tirib o‘qiganingizdan so‘ng, namozingizni tamomlagan bo‘lasiz», deb namozni tamomlash tashahhud o‘qishga yoki shuncha miqdor o‘tirishga bog‘liq ekanini bayon qiladilar.
*** Namozning ruknlari ***
Yuqorida bayon qilingan shartlardan quyidagilari namozning ruknlari hisoblanadi:
Izoh: Namoz ibodataarning eng fazilatlisi bo‘lsa, sajda namozning eng muhim ruknidir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va samam, sajda haqida shunday deydilar: «Bandaning Parvardigoriga eng yaqin bo‘lgan payti sajda holatidir. Sajda qilgan holda Allohga ko‘p-ko‘p duo qilinglar». Sajda holida insonning manmanlik va ustunlik da’volarini tashlab, kamtarinlik ramzi bo‘lgan tuproqqa teng joylashuvi Alloh huzurida e’tiborlidir. Ibodatlarning eng muhimi bo‘lgan, namoz, insonning nafs va shayton vasvasa qilayotgan manmanlik va kibr-havo tuyg‘ularidan qutulib, buyuk Parvardigori huzurida o‘zining ojiz va zaif banda ekanini tan olishidir. Namoz mo‘minning merojidir va uning eng fazilatlisi xushu’-xuzu’, ichida tavoze’ bilon ado qilinganidir.
Izoh: Namoz shartlarining bir qismi (tahorat qilish, avrat joylarini yopish, qiblaga yuzlanish, vaqtning kirishi, niyat, iftitoh takbiri kabi) namozni boshlashning durustligi shartlari, qolganlari esa namozni davom ettirish durustligining shartlaridir.
Qavilmagan kiyimning bir tarafi harom bo‘lsa, ikkinchi toza tarafini to‘shab, ustida namoz o‘qish joizdir.
Namoz o‘qiyotgan kishi sallasining ikki uchidan biri iflos bo‘lsa, uni pastga osiltirib, toza tomonini boshida qoldirsa, harakatlanganida toza tomonning iflos uchi qimirlamasa, (bunday salla bilan o‘qilgan) namoz joizdir. Agar bunda sallaning iflos uchi ham qimirlasa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Chunki toza tomoni harakatlanganida sallaning iflos uchi qimirlasa, u sallaning asosiy qismidan hisoblanadi. Kishining libosida namozga mone’ bo‘ladigan miqdorda najosat bo‘lib, uni ketkazishga suv yoki biror boshqa suyuqlik topa olmasa, o‘sha holatda namoz o‘qiydi. Suv topilsa, namozni qayta o‘qishi shart emas.
KЕYINGI MAVZULAR:
NAMOZ KITOBI:
Avrat joylarini yopa olmagan kishining namozi;
Yalang‘och kishilarning namozi;
Qiblaga yuzlanish;
Namozning vojiblari;
Namozning sunnatlari;
Namozning odoblari;
Namoz o‘qish tartibi;
Qo‘lni ko‘tarish sunnat bo‘lgan holatlar;
Samarqand shahrida Imom Buxoriy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uning islom ilmlari rivojidagi beqiyos o‘rnini xalqaro miqyosda keng yoritishga bag‘ishlangan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Anjumanning ochilish marosimi Qur’on tilovati bilan boshlandi. So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Komilov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar va diniy idoralar vakillari tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, Makka shahridagi “Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd, ICESCO Bosh direktori Salim al-Malik, Islom olami uyushmasi Bosh kotibi o‘rinbosari, Islom fiqhi akademiyasi Bosh kotibi Abdurahmon ibn Abdulloh Zayd, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Olloshukur Poshshozoda ham anjuman ishtirokchilarini qutladilar. Marokash Qirolligi Vaqf va islom ishlari vaziri Ahmad Tavfiq esa ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.
Forum doirasida “Imom Buxoriy kamolotiga ta’sir ko‘rsatgan geografik, ijtimoiy va oilaviy muhit” mavzusida ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Unda Saudiya Arabistoni, Hindiston, Turkiya, Liviya va Jazoirdan tashrif buyurgan olim va tadqiqotchilar Imom Buxoriy shaxsiyatining shakllanishida Buxoro va Samarqand ilmiy muhiti, oilaviy tarbiya, ustoz-shogird an’analari, hadis ilmining rivojlanish jarayoni hamda IX asr Movarounnahr ma’naviy-ma’rifiy hayotining ahamiyati haqida ma’ruzalar qildilar.
Ma’ruzalarda Imom Buxoriy merosining nafaqat islom ilmlari taraqqiyotidagi o‘rni, balki bugungi kunda ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik va ma’naviy yuksalishni targ‘ib etishdagi ahamiyati ham keng tahlil etildi.
Samarqandda davom etayotgan ushbu nufuzli anjuman Imom Buxoriy merosini xalqaro ilmiy maydonda yanada keng targ‘ib etish, islom ilmlari bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy muloqot maydonlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati