Ziyoratchilarga qulay sharoit qilish maqsadida Masjidun Nabaviyga 25 mingdan ortiq gilam to'shaldi, - deya xabar berdi“Saudi Press” agentligi.
“Arabnews” xabariga ko'ra, gilamlar masjid ichi, hovlilar va tomlariga yotqizilib, har kuni tozalanadi va toza va xushbo'y hid taratishi uchun eng yaxshi mushklar sepiladi.
Mazkur gilamlar chidamliligi va qalinligi bilan ajralib turadi. Har bir gilamga elektron chip o'rnatilgan bo'lib, uning joylashuvi, yuvish, tozalash, hushbo'ylik sepish va ko'chirish vaqtlari kuzatib boriladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.