Mo‘min-musulmonlarning Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatlarini sayqallash, Alloh taoloning kalomining ma’nolarini teran anglash maqsadida, Muslim.uz jamoasi “Qur’on mo‘jizalari” nomli yangi ruknni tashkil etdi. Sizga ushbu rukn orqali Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo‘jizalarni, Qur’on oyatlarini zamonaviy ilmiy yangiliklar hamda kashfiyotlar bilan bayon etamiz.
Alloh taolo barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va Qur’oni Karimga, Sunnati Nabaviyaga bo‘lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin!
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.