Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2026   |   3 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:49
Bismillah
16 Avgust, 2026, 3 Rabi`ul avval, 1448

Nurul izoh: TAYAMMUM. MAS'H.

03.12.2019   12437   15 min.
Nurul izoh: TAYAMMUM. MAS'H.

*** Tayammum ***

Tayammumning durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar lozim:

  1. Niyat. Niyatning mohiyati tayammum qilimoqchi bo‘lgan narsaga qalban bog‘lanish bo‘lsa, vaqti tayammum qilinadigan narsa ustiga qo‘llar urilgan paytdir.

Niyat durust bo‘lishining uchta sharti bor:

a). Niyat qiluvchining musulmon bo‘lishi. b). Niyat qilgan ibodatini, boshqa ibodatlardan ajrata olishi. v). Kishi niyat qilgan ibodatining mohiyatini (ya’ni farz, vojib yoki sunnat ekanini) bilishi.

Tayammum qilib namoz o‘qishning ham shartlari bor:

– tayammum qilib tahorat olishni niyat qilish;

– namoz o‘qishni o‘ziga halol etishni niyat qilish (chun­ki tahoratsiz yoki tayammumsiz namoz o‘qish haromdir);

– tahoratsiz ado etish mumkin bo‘lmagan janoza namozi yo tilovat sajdasi kabi mustaqil bir ibodatga niyat qilish.

Faqat tayammum qilishni niyat qilib tayammum qilgan bo‘lsa yoki Qur’oni karim tilovati uchun qilingan tayyammum bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi.

  1. Tayammumni muboh qiladigan quyidagi holatlardan biri yuz berishi:

a) shahar joyda bo‘lsa ham, suvdan to‘rt ming qadam (uch km.) olisda bo‘lishi; b) suv ishlatish mumkin bo‘lmagan bi­ror kasallikka chalinishi; v) havoning ba’zi a’zolarga zararli yoki kasallikka sabab bo‘ladigan darajada sovuq bo‘lishi; g) ozgina suv bor bo‘lib, unga ham xamir qorish ehtiyoji bo‘lganida (sho‘rva kabi unchalik zaruriy bo‘lmagan taomlar pishirilishi ehtiyoj hisoblanmaydi); d) quduqdan suv tortish uchun (paqir, arqon kabi) zarur jihozlarning yo‘qligi; ye) tahorat kiladigan bo‘lsa, janoza yoki hayit namoziga boshidan yo kelgan joyidan ulgura olmasligi ma’lum bo‘lsa.

Izoh: Tahoratli holda hayit yoki janoza namozini boshlaganida, namoz ichida tahorati buzilgan kishining namozdan chiqib, tahorat yangilaganidan so‘ng, namozini kelgan joyidan davom ettirib, tamomlashi "bino qilish" deyiladi. Janoza yo hayit namozida tahorati buzilgan kishi, tahorat yangilashga ketsa, jamoat namozni tamomlashidan qo‘rqsa, tayam­mum qilib, namozni davom ettiradi va shu yo‘l bilan qazosini o‘qish mumkin bo‘lmagan namozlarni o‘tkazib yubormagan hisoblanadi. Janoza, hayit namozi boshlanganida ham shu hukmga amal qilinadi). Juma, besh vaqt farz namozdan birini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish uzr emas (chunki juma namozi o‘tib ketsa, o‘rniga peshin namozini, namoz vaqti chiqqan bo‘lsa, qazosini o‘qish mumkin).

  1. Tayammum yer jinsi hisoblangan tuproq, tosh yoki qumga o‘xshash pok narsalarga qilinadi. Oltin, kumush va yog‘och materiallariga o‘xshash narsalarga tayammum qilish joiz emas.
  2. Tayammumda mas'h qilinadigan a’zolarni to‘la mas'h qilish.
  3. Tayammum mas'hini qo‘lning butun ichki yuzasi yoki aksar qismi bilan qilmoq.
  4. Tayammumda ikki qo‘l kaftini, bir joyga bo‘lsa ham, ikki marta urish. Tayammumga niyat qilish sharti bilan, tuproqning biror vosita yordamida qo‘l kaftiga tegishi ham ikki zarb o‘rniga o‘tishi mumkin.
  5. Tayammum qilayotganida hayz, nifos, tahoratsizlik kabi tayammumga zid holatlardan xoli bo‘lish.
  6. Sham va yog‘ kabi tayammum mas'hining (teriga tegishiga) mone’ bo‘ladigan narsalardan poklanish.

 

*** Tayammumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari ***

Tayammumning sabablari va vojib bo‘lishining shart­lari tahoratning sabab va shartlari bilan bir xildir.

 

*** Tayammumning ruknlari ***

Tayammumning ikksha farzi bor:

  1. Pok tuproqqa yo uning jinsiga ikki bor qo‘l kaftlarini urish.
  2. Qo‘llarni tirsagi bilan qo‘shib, yuzni to‘la mas'h qilish.

Izoh: Bu haqda Payg‘ambarmizdan, sollallohu aaayhi va sallam, shunday mazmundagi hadis rivoyat qilingan: «Yerga birinchi urish bilan yuz, ikkinchisida qo‘llar tirsaklar bilan qo‘shib mas'h qilinadi. Qo‘llarni ikki marta yerga urib tayammum qilinadi». So‘ngra Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, odamlarga ko‘rsatib berish maqsadida ikki kaftlarini yerga urib, yuzlariga mas'h tortadilar, keyin yana qo‘llarini yerga urib, ham ichki, ham tashqi tomoniga mas'h tortadilar.

Tayammum qilishdan oldin barmoqlardagi uzuklar chiqariladi. Yuzning ikki quloq orasidagi qismi to‘la mas'h qilinadi.

 

*** Tayammumning sunnatlari ***

Tayammumning yettita sunnati bor:

  1. Tayammumni «Bismillah» bilan boshlamoq.
  2. Tartibga rioya qilmoq (avval qo‘llarni tirsaklari bilan qo‘shib, so‘ngra yuzni mas'h qilmoq).
  3. Qo‘llar va yuzni mas'h qilish orasini uzmaslik.
  4. Har ikki qo‘lni tuproqka urgach, ularni changga pasaytirib tutib ko‘tarish (qoqish).
  5. Qo‘llarni silkitmoq.
  6. Tuproqqa yaxshi tegishi uchun barmoqlar orasini ochmoq.

Vaqt chiqmasdan avval suv togshshga umid qilgan kishi tayammumni namoz vaqtining oxirigacha kechiktirishi mustahabdir.

Suv berilishi va’da qilingan kishiga, namoz qazo bo‘lishidan qo‘rqsa ham, tayammumni kechiktirish vojibdir.

Kiyim berilishi va’da qilingan yalang‘och kishi, na­moz qazo bo‘lib qolishidan qo‘rqmasa, namozni kechikti­rishi zarur.

Suv olish uchun paqir, arqon kabi anjomlar berish va’da qilingan holda quduq boshida kutib turgan kishiga namoz vaqti chiqishidan qo‘rqmasa, anjomlar bilan ta’minlangunicha tayammumni kechiktirishi vojibdir.

 

*** Suvni axtarish ***

Yaqin orada suv bor deb o‘ylagan kishi, bexatar bo‘lsa, to‘rt ming qadam masofa orasida suv izlashi vojibdir.

Kishi xalqi xasis bo‘lmagan bir joyda turgan bo‘lsa, (tayammum qilmasdan avval, suvi ko‘p bo‘lgan biror) kishidan suv so‘rashi zarur. Agar u suvni faqatgina pul evaziga beradigan bo‘lsa, suv so‘ragan kishining yeyish, ichish kabi zarur xarajatlaridan ortiqcha puli bo‘lsa, suvni sotib olishi kerak. Suv uchun juda katta haq talab qilinsa yoki uni o‘z qiymatida sotib olishga puli yetmasa, tayam­mum kiladi.

 

*** Tayammum qilib namoz o‘qish ***

Tayammum qilgan kishi xohlaganicha farz, sunnat va nafl namozlari o‘qishi mumkin. Namoz vaqti kirmasidan avval tayammum qilish mumkin.

 

*** Yarasi bor kishilar nima qiladi? ***

Badanining aksar qismi yoki yarmi yarali bo‘lgan kishi junub bo‘lsa g‘usl o‘rniga, tahoratsiz bo‘lsa tahorat o‘rniga tayammum qiladi. A’zolarining aksar kismi sog‘lom, ozgina qismi yarali bo‘lsa, sog‘lom joylarini yuvib, yarali joylariga mas'h tortadi.

Izoh: Tahoratda yuviladigan a’zolarning aksariyati yoki yarmi yarali bo‘lgan kishining tayammum qilishi mumkin bo‘lganidek, tanasining yarmi yoki aksariyati yarali holda junub bo‘lgan kishi ham tayammum qilib, barcha ibodatlarni ado etishi mumkin. Yarali a’zolar kam-ko‘pligi a’zolarning soniga ko‘ra hisoblanadi. Agar bir kishining boshi, yuzi va qo‘llari yarali, bu yaralar ushbu a’zolarning ozgina qismini egallagan bo‘lib, oyoqlari sog‘lom bo‘lsa ham, u kishi tayammum qiladi. Chunki tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan a’zolarning aksariya­ti yaralidir. Ba’zi fikh ulamolari ham tahoratda yuviladi­gan a’zolarning aksariyati yarali bo‘lsagina tayammum qilinadi, deydilar. Shuningdek, qornida yoki yelkasida badaniga suv tegsa zararlanadigan yarasi bo‘lsa, tanasining aksar qismi yarali kishilardek, janobatdan poklanish uchun tayammum qiladi.

Yarali kishi yuvinish bilan tayammumni qo‘shib, birgalikda qilmaydi (ya’ni xoh g‘uslda, xoh tahoratda bo‘lsin, ba’zi a’zolarini yuvib, ayni paytda tayammum ham qil­maydi, faqat tayammum qiladi).

 

*** Tayammumni buzadigan narsalar ***

Tahoratni buzadigan narsalar, tayammumni xam buzadi. Ta-horatda yuviladigan a’zolarni yuvshttga yetarli suvni topish Xamda suvni ko‘llashga qodir bo‘lishxam tayammumni buzadi.

 

*** Qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishilar ***

Agar qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida yarasi bo‘lsa, tahoratsiz namozini o‘qiydi, yuzidagi yarasi tuzalgach, bu namozlarning qazosini o‘qimaydi (qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida yarasi bo‘lmasa, yuzini yuvib namoz o‘qiydi).

 

*** Mas'h bo‘limi ***

*** Mahsiga mas'h tortish ***

Mahsiga erkaklar ham, ayollar ham tahorat qilayotganlarida mas'h tortishlari mumkin.

 

*** Mahsiga mas'h tortishning joiz bo‘lish shartlari ***

Mahsiga mas'h tortishning joiz bo‘lishi uchun yettita shart bor:

1) Mahsi tahorat qilib, oyoqlar yuvilganidan so‘ng kiyilgan bo‘lishi kerak. Oldin oyoqlarni yuvib, tahoratni tamomlamasdan mahsini kiyish ham mumkin. Bu holda tahorat tamomlangunicha tahoratni buzuvchi hech bir amal sodir etmasligi kerak.

2) Mahsi oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib yopishi zarur.

3) Mahsi o‘rtacha odimlab kamida bir farsah (taqriban 80 km) beto‘xtov yo‘l bosishga imkon berishi lozim Shu bois shisha, taxta va temirdan qilingan mahsilarga mas'h tortish joiz emas. Chunki bunday mahsilar insonga aziyat beradi.

4) Mahsining to‘piqdan pastki qismida uchta barmoq sig‘adigan yirtig‘i bo‘lmasligi kerak.

5) Mahsilar hech qanday bog‘ichsiz oyoqda turadigan darajada qalin bo‘lishi zarur.

6) Mahsi oyoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.

7) Har bir oyoqning oldi tarafida uch barmoq miqdori mas'h tortiladigan qismi bo‘lishi zarur. Bunga ko‘ra, oyog‘ing barmoqlar tarafi yo‘q kishi, tovon tarafi bo‘lsa ham, mahsiga mas'h torta olmaydi.

Izoh: Agar oyog‘i to‘piq ostidan kesilgan bo‘lib, tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan qismi qo‘lning uch barmog‘i enidan oz qolgan bo‘lsa, sog‘lom oyog‘ining mahsisiga mas'h torta ol­maydi. Chunki kesilgan oyoqning qolgan qismi mas'h qilinadigan miqdordan oz qolgani uchun, unga mas'h tortish joiz emas. Sog‘lom oyoqqa mas'h tortiladigan bo‘lsa, yuvish va mas'h tor­tish birgalikda bajariladiki, bu ham nojoizdir.

 

*** Mas'hning muddati ***

Mas'hning muddati muqim uchun bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz, ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan e’tiboran boshlanadi.

Muqim kishi mas'h muddati o‘tmay, safarga chiqsa, mas'h muddatini safardagilar kabi tamomlaydi. Safar niyati bilan mas'h tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng, qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi.

 

*** Mas'hning farzi ***

Mas'hning farzi har bir oyoqning ust qismiga mahsi ustidan qo‘lning uchta kichik barmog‘ichalik miqdorda mas'h tortishdir.

Izoh: Hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, tahorat qilayotib, mahsilarini yechgan bir kishini ko‘rdilar va uni ohista turtdilar. So‘ngra mahsi ustiga mana bunday mas'h tortish buyurildi deb, oyoq uchidan boshlab to‘piqlarigacha qo‘llarining uchta barmog‘ini toydirgan holda mas'h tortish kerakligini unga ko‘rsatib berdilar.

 

*** Mas'hning sunnatlari ***

Mas'hning sunnati qo‘lni (suv olib tanshagach) barmoqlarni ochiq holda mahsining ustiga qo‘yib, oyoqlarning uchidan boshlab mahsining qo‘njigacha tortishdir.

 

*** Mas'hni buzuvchi sabablar ***

Tahoratni buzadigan narsalar, yana quyidagilar mas'hni buzadi:

– mahsini yechish, oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini yechish maqsadvda mahsining qo‘njigacha chiqarish;

– mahsiga suv kirib, bir yoki ikki oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini ho‘l qilishi;

– mas'h muddatining tugashi. Tahorat qilsa shiddatli sovuqda oyoqlar muzlashidan qo‘rqsa, mas'h muddati xavf o‘tgungacha cho‘ziladi. Maxsini yechish, suv kirib ketishi, mas'h muddati tugashi bois mas'h buzilsa, faqat oyoqlar yuviladi.

Boshdagi salla, quloqchin, ro‘mol, qo‘lqop va shunga o‘xshash narsalar ustidan mas'h tortish joiz emas.

 

*** Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida ***

A’zolarning biridan qon oldirilganda, biror a’zo yaralangan yoki singanida bint yoki gipsga o‘xshash narsalar bilan bog‘lansa va ularni yuvishga ham imkon bo‘lmasa, bog‘langan joyning aksar qismi yoki hammasi ustidan mas'h tortiladi.

Qon oldirilgan yoki yarador bo‘lgan a’zolarning bog‘lagichlar orasidan ko‘rinib turgan joylarga mas'h tortish kifoyadir.

Gips yoki bog‘langan joy ustidan mas'h tortish yuvish kabidir. Bunda mas'h tortishning ma’lum bir muddati yo‘q, ya’ni yara tuzalib ketgunicha mas'h tortish mumkin.

Bir kishining taxtakachlash, ginslash yoki bog‘lashni tahoratli holda bajarishi shart emas.

Ikki oyoqdan biri yarali bo‘lganida, yarali oyoqning bog‘langan joyiga mas'h tortib, ikkinchi oyoqni yuvish joiz.

Yara tuzalmasdan avval taxta, gips yoki bint tushib ketsa ham ustidan tortilgan mas'h buzilmaydi.

Zarurat tufayli bint (va shunga o‘xshash narsalarni) yangilash joizdir. Bu holda qaytadan mas'h tortish vojib emas, lekin mas'h tortgan afzal.

Kasallik tufayli musulmon va mutaxassis shifokor tomonidan yuvmaslik tavsiya qilingan yoki yuvilsa, zarar yetishi taxmin qilingan yarali ko‘z ham yuvilmaydi. Unga mas'h tortiladi.

Tirnoq siniqlariga dori, saqich, o‘t pufagi qo‘yib bog‘langan, yechib yuvish zararli bo‘lsa, unga mas'h tortish joizdir. Mas'h tortish zarar bersa, bu ham tark kilinadi.

Yarali a’zolarga bog‘langan bint yoki gips ustidan tahoratda esa boshga mas'h tortish uchun niyat qilish shart emas.

 

Takrorlash unun savollar

  1. Tayammumni ta’riflab, durust bo‘lishi uchun zarur shartlarni sanab bering. So‘ngra niyatning haqiqatini, vaqtini va durust bo‘lish shartlarini tushuntirib be­ring.
  2. Tayammumning farzlarini, sunnatlarini, sababini va farz bo‘lish shartlarini aytib bering.
  3. Tayammumni kechiktirish qachon mustahabdir? Qachon shartdir? Suvni qancha masofagacha qidirish lozim?
  4. Namoz vaqti kirmasidan avval tayammum qilish joizmi? Bitta tayammum bilan faqat bir vaqt farz namozi o‘qiladimi yoki boshqa vaqtlarning farzlarini o‘qisa ham bo‘ladimi?
  5. Tayammumni buzadigan narsalarni ayting, yarali kishi qachon tayammum kilishini tushuntib bering. Bir vaqtda ham yuvib, ham tayammum qilsa bo‘ladimi?
  6. Mahsiga mas'h tortishning hukmlarini aytib bering. Muqimning, musofirning mas'h muddatlari qancha?
  7. Safarga chiqqan kishi (kamida 15 kun turishga) niyat qilsa, bir kecha-kunduzlik mas'h muddatini qachon tamomlaydi? Farz bo‘lgan mas'h miqdori qancha?
  8. Mahsiga tortiladigan masxning sunnatlarini, mas'hni buzadigan narsalarni va ustiga mas'h tortish joiz bo‘lmagan narsalarni bayon qiling.
  9. Yara bog‘ichlarining hukmlarini tafsilotlari bilan tushuntirib bering. Mahsi va bog‘ichlar ustiga mas'h tortish uchun niyat qilish shartmi?

 

KЕYINGI MAVZULAR:

 

HAYZ, NIFOS VA ISTIHOZA:

Poklanish nima bilan tamomlanadi?

Farzlarning qazosi;

Junub kishiga harom bo‘lgan amallar;

Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar;

Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari;

Odam qachon uzrli hisoblanadi?

Davomiylik sharti;

Najosat va najosatdan poklanish;

Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi;

Yerning tozalanishi;

Boshqa holga o‘tish bilan poklanish;

O‘lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Xo‘jamulki" mahallasida obodlik va mehr-saxovat

16.08.2026   1948   1 min.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘jamulki" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida keng jamoatchilik va aholi vakillari ishtirokida qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbus mahalla hayotiga yangicha ruh baxsh etib, hamjihatlik va ezgulik muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar an’anasi asosida mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada obod, fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, mahallaga ehtirom tuyg‘usi jo‘sh urib, ular bunyodkorlik ishlariga faol hissa qo‘shmoqdalar.

Xususan, mahalla hududidagi muqaddas qadamjolardan biri – "Xo‘jamulki ota" qabristonida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari tomonidan qabriston hududi begona o‘tlar va chiqindilardan puxta tozalanib, qabr ustilari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur ishlar olib borilib, ajdodlar xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada obodlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etadi. Ayni paytda, yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularni Vatanga muhabbat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Bugungi hashar – kelajak avlod uchun namuna, ertangi kun uchun mustahkam poydevordir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari