Toshkent Islom institutida “Yanvar' – Arab tili va balog'at” fanlari oyligi munosabati bilan “Arab tili – Qur'oni karim tili” shiori ostida Arab tili fanidan talabalar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.
Qur'oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim domla Muhammadsidiqov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Musobaqada har bir kurs talabalaridan tashkil topgan guruhlarda 4 tadan ishtirokchi qatnashdi. Ularning chiqishini institutning malakali ustozlaridan iborat hakamlar 20 ballik tizimda baholab bordi.
Ishtirokchilar musobaqaning 5 sharti, ya'ni matn o'qish, tarjima va tarkib qilish; Arab tilidagi ismlardan oxiri tugagan harfga lug'at aytish; qo'yilgan ovozsiz videoni sharhlash; hikmat aytish bellashuvi va sahna ko'rinishi bo'yicha o'zaro bellashdi.
Yakuniy natijalar esa quyidagicha bo'ldi:
1-o'rin: 2 kursning Mulla Jomiy jamoasi;
2-o'rin: 4 kursning Zamaxshariy jamoasi;
3-o'rin: 1 kursning Jurjoniy jamoasi;
4-o'rin: 3 kursning Sakkokiy jamoasiga nasib etdi.

Toshkent Islom instituti
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati