Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Modul' ta'lim tizimi talabalari bilan ochiq muloqot

30.01.2024   1512   2 min.
Modul' ta'lim tizimi talabalari bilan ochiq muloqot

Shu yil 25 yanvar' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo'yicha qo'mita boshqarma boshlig'i Muhiddin Hakimov va Diniy idora bo'lim mudiri Muzaffar Kamolov va institutning Modul' ta'lim tizimi talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

Tadbirni rektor Muhammadolim domla kirish so'zi bilan ochib, Modul' ta'lim tizimi faoliyati, o'quv dasturlari, o'tilayotgan fanlar va tashkiliy masalalar yuzasidan ma'lumot berdi.

Soha mas'ullari hozirda institutda ta'lim olayotgan 360 dan ziyod masjid xodimi bo'lgan talabalar bilan muloqotda ularning o'qishi, darslarda qatnashishi, ularga yaratilgan sharoitlar, shartnoma to'lovlari, darslar bilan uzviy davom etayotgan imomlik faoliyatlari borasida o'zaro fikr almashildi.

Ma'lumot o'rnida Toshkent islom institutida 2019-2020 o'quv yilidan boshlab o'rta maxsus ma'lumotga ega imom-xatib va imom noiblarni oliy ma'lumotli kadrlar qilib tayyorlash maqsadida Modul' ta'lim tizimi joriy qilingan.

Modul' ta'lim tizimiga abituriyentlarni O'zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog'iston Respublikasi qoziyoti va viloyatlar vakillari tavsiya etadi. Ular masjiddagi ish faoliyatidan ajralmagan holda 3 yil mobaynida to'lov-shartnoma asosida tahsil oladi.

Bu tizimga O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarini tamomlagan, 4 yil va undan ortiq muddat davomida Diniy idora tizimidagi masjidlarda faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblari imtihon asosida o'qishga qabul qilinadi.

Modul' ta'limi uchun oliy ma'lumotli diniy kadrlarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib viloyatlar kesimida kvotalar ajratilgan.
Viloyatlarga ajratilgan kvotaga ko'ra eng yuqori ball to'plagan 60 nafar imom-xatib va 60 nafar noib imom jami 120 nafar abituriyent Oliy Ma'had talabasi bo'ladi.

Toshkent Islom instituti
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

14.09.2026   9416   1 min.
Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

Bugun, 14 sentyabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov hamda boshqa qardosh va xorijiy davlatlar ulamolaridan iborat nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisda nutq so‘zlagan muftiylar o‘z ma’ruzalarida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar:

– Kengash qoshidagi Fatvo hay’ati faoliyatini rivojlantirish, ummat uchun zarur qo‘shma fatvolar ishlab chiqish va zamonaviy masalalarga shar’iy yechim topish;

– diniy ta’lim muassasalarida ustoz va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oshirish;

– ekstremizm, terrorizm, takfirchilik, islomofobiya va mazhablararo nizo qo‘zg‘ash kabi tahdidlarga qarshi yakdil ma’rifiy kurashni kuchaytirish.

Shuningdek, Ulamolar diniy-ma’rifiy sohadagi ana shunday hamkorlik butun Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Anjuman davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari