Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2026   |   22 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:18
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
05 Avgust, 2026, 22 Safar, 1448

Agar mo‘min bo‘lsangiz.....

15.11.2019   8092   2 min.
Agar mo‘min bo‘lsangiz.....

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon  keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom qilsin! Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qarindoshlari bilan aloqani tiklasin! Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin!” dedilar.  (Muttafaqun alayh)

Sharx: Kim,  Alloh taolo osmonlaru yerni yo‘qdan bor qilgan; osmonlaru yerdagi biror zarra ham Unga maxfiy bo‘lmagan,  barchasini adadlari bilan bilib turuvchi; Undan oldin biror narsa bo‘lmagan, barcha narsalar yo‘q bo‘lib ketganda ham doimo bor bo‘lib turuvchi; biror narsadan ojiz qolmaydigan, barcha narsaga qodir; bandalariga hatto ular sanab ham chiqa olmaydigan darajada ko‘plab ne’matlarni ato qilib turuvchi; bandalarning hamdu sano aytib ulug‘lashlariga va qullik qilishlariga haqli bo‘lgan Zotdir, deb aniq ishonsa va bulardan tashqari Alloh taoloni Qur’on va sunatda bayon qilinganidek tanib olsa hamda Alloh taolo maxluqotlarni O‘zi xohlagan vaqtda ular istasinlar – istamasinlar, o‘limga bo‘ysundiradigan; O‘zigagina ma’lum bo‘lgan bir kunda bandalarni qayta tiriltirib, yaxshi amallariga mukofot va yomon amallariga jazo beradigan Zotdir, deb aniq ishonsa ushbu to‘rt nasihatga amal qilsin!

  1. Xonadoniga yoki huzuriga kelgan mehmonni hurmatini joyiga qo‘ysin. Mehmonni islom dini talab qilgandek, uning  haqqini ado qilishlik ila  ikrom qilsin!
  2. Musulmon uchun shari’at belgilab bergan qarindosh – urug‘lar bilan aloqani uzishdan saqlansin va ular bilan doimiy bordi keldi qilib, ularning moddiy va ma’naviy haqlarini ado qilishlik bilan siylai rahmni bog‘lasin! 
  3. Allohning roziligiga sabab bo‘luvchi, ikki dunyosi obod bo‘lishgigiga, din va jamiyat rivoji uchun foyda keltiradigan, mo‘minlarni og‘irini yengil qiladigan, ularning qalbiga xursandchilik kiritadigan so‘zlarni gapirsin!
  4. Agar yaxshi gaplarni gapirish qo‘lidan kelmasa, loaqal yomon, xunuk, fahsh va behayo, insonlarni tafriqasiga va o‘zaro adovatiga, fitnaga sabab bo‘ladigan gaplarni gapirmasin!

Xulosa: Bu talab faqat mo‘minlar uchundir. Ushbu ishlar haqida Alloh taolo faqat mo‘minlardan hisob so‘raydi. Va bu amallarni qilgan mo‘minlarga ulkan ajrlar va mukofotlar beradi. Agar, mo‘min bo‘lsangiz   ushbularga amal qiling! Mobodo, mo‘minlikni da’vo qilmasangiz, bu amallarni sizga aloqasi yo‘q.

Olmazor tumanidagi “Mevazor” masjidi imom noibi: Islomov Yorbek

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi

03.08.2026   7804   1 min.
Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome masjidida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan suhbatni imom-xatib Orif domla To‘qsonov olib bordi. «Qalb pokligi — ruhiy tarbiya asosi» mavzusida kechgan suhbat malakali surdo tarjimoni vositasida ishtirokchilarga yetkazildi.


Uchrashuv davomida qatnashchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid savollariga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga xayriya ehsonlari tarqatildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari