Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2026   |   11 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
26 Iyun, 2026, 11 Muharram, 1448

“Dadajonisiga  o‘xshagan bo‘lsin!”

14.11.2019   2747   1 min.
“Dadajonisiga  o‘xshagan bo‘lsin!”

Oy kuni yaqinlashib borayotgan kelin eriga: “Yaqinda dada bo‘lasiz, shifokorlarning gapiga qaraganda o‘g‘il ko‘ramiz. Biz ham alohida holi yashasak, sizga mazali taomlar pishirib ko‘nglingizni shod qilsam”, dedi. Eri biroz asabiylashib: “Nima, endi ona bo‘laman deb meni ota-onamdan ajratmoqchimisan, shuni yaxshi bilib qo‘y-ki, onam menga qilgan yaxshilikni, xizmatni hech qachon hech kim qila olmaydi. Ko‘zingni kattaroq och, agar yana bir marta shu gapingni takrorlasang, qattiq xafa bo‘laman va seni ham xafa qilaman”, dedi.

Kelin shu zahoti erining yonboshiga o‘tirib: “Meni kechiring, men tug‘ilajak o‘g‘limiz menga qanday munosabatda bo‘lishini bilish uchun sizga shu so‘zlarni aytgan edim. Mening jannatim sizning rizoligingizda, sizniki esa onajonimning rizoliklarida, demak men onajonimning xizmatlarini  qilish bilan roziligingizga erishaman, albatta. Tug‘ilajak o‘g‘limiz ham dadajonisiga o‘xshagan bo‘lsin!” deya ibo bilan erining yoniga o‘tirdi.        

Xulosa: Odamlarga yaxshilik ulashib yashash – hayotimizning mazmuni demak! Dunyoda yaxshi nom qoldirish, oxiratda jannatga doxil bo‘lish esa – bizning oliy maqsadimiz. Shunday ekan, aziz yigitlar-qizlar, kelin-kuyovlar! Ushbu voqea bizga ibrat bo‘lsin!

Abdulmajid ISAQOV,
Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Oq xo‘roz haqidagi hadis bormi?

25.06.2026   2699   1 min.
Oq xo‘roz haqidagi hadis bormi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men yaqinda bir video ko‘rdim. Unda xo‘roz boqish, ayniqsa, oq xo‘roz boqish sunnat ekani, Payg‘ambarimiz alayhissalom ham uylarida xo‘roz boqqanlari aytilgan ekan. Shunday mazmunda hadis bormi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hadis sohasida yetuk allomalar xo‘roz haqida kelgan ikkita hadis sahih, ammo boshqalari, xususan, oq xo‘roz haqidagi hadislarni to‘qima yoki o‘ta zaifdir deganlar. Ikki hadisning birini imom Abu Dovud rahimahulloh Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilgan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi”, deganlar.

Ikkinchisini Abu Hurayra roziyallohu anhudan imom Buxoriy va Muslim rahimahullohlar rivoyat qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xo‘rozning qichqirishini eshitsangiz, Allohdan fazl-marhamat so‘rang, chunki u farishtani ko‘rgan”, dedilar. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Maqolalar