Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Afg‘oniston hukumati ISHIDning tor-mor etilganini ma’lum qildi

12.11.2019   2158   1 min.
Afg‘oniston hukumati ISHIDning tor-mor etilganini ma’lum qildi

Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida ISHID terrorchilik tashkilotining bo‘linmalari butunlay yo‘q qilingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Masud Andrabiy ma’lum qildi, deb yozmoqda (https://daryo.uz/k/2019/11/11/afgoniston-hukumati-mamlakat-hududida-ishidning-tor-mor-etilganini-malum-qildi/) «TASS».

«ISHID jangarilari mag‘lubiyatga uchradi va Afg‘onistonda butunlay tor-mor etildi», — deya ta’kidlagan Andrabiy mamlakat janubida joylashgan Nangarxar viloyatidagi politsiya boshqarmasi yangi rahbarini tanishtirayotgan vaqtda so‘zlagan nutqida. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning kichik bo‘linmalari Afg‘oniston hukumati kuchlariga taslim bo‘lmoqda, mamlakatning boshqa hududlariga qochishga urinayotgan jangarilari esa maxsus operatsiyalarda davlat harbiy kuchlari tomonidan yo‘q qilinmoqda.

Shuningdek, Masud Andrabiy mahalliy aholi ham muntazam armiya kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani va xorijning hech bir terrorchilik tashkilotiga Afg‘onistonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashiga aslo yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mizob nima?

13.01.2025   2531   1 min.
Mizob nima?

Mizob - Ka’ba tomida o‘rnatilgan, Xatim ustidagi tarnovning nomi.

U Ka’baning Iroq va Suriya burchaklari orasida o‘rnatilgan bo‘lib, yomg‘ir yoqqanda, tom yuvilganda suvni oqizib yuboradi. 1627 yil yomg‘irlar natijasida Ka’ba devorlariga shikast yetadi. Uni qayta tiklash jarayonida tarnov o‘rnatiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tarnov joylashgan tomonda turib duo qilganlar.

1. Dastlab bu kabi tarnov shakli Qurayshliklar Ka’ba ustiga tom o‘rnatishgandan sung paydo bulgan. Ungacha Ka’ba 4 devordan iborat edi.

2. Tarnovning boshlanishiga «Bismillahir Rohmanir Rohiym» va chap tomoniga «Yo Allox» deb yozilgan.

3. Tarnov qushlar qo‘nmasligi uchun utkir tikanlar bilan qoplangan.

4. Dastlab u yog‘och, kumush va po‘latdan qilingan. Tarnovni ilk bor 1573 yili sof oltindan ishlangan.

5. Uzunligi – 2,53 m, kengligi – 26 sm ni tashkil qiladi.

Salaflardan kelgan xabarlarda "Xatimda, mizob ostida duolar mustajobdir", deyilgan.

O‘MI Matbuot xizmati