Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2026   |   6 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
21 Iyun, 2026, 6 Muharram, 1448

Surat emas siyrat muhim

16.08.2023   207   5 min.
Surat emas siyrat muhim

Alloh taolo insoniyatni er yuzida yaratibdiki uni qalbiyu xatti-xarakati go'zal bo'lishi muhim ekanligiga urg'u buradi. Rosullari alayhimussalom va kitoblari orqali bandalaridan shu xulqni talab qildi. Insonning avvalambor qalbi go'zal bo'lgandagina u boshqalarga o'rnak va namuna bo'la oladi. Bunday odob-axloqni biz avvalam bor payg'ambarimiz Alayhissalomda ko'rishimiz mumkin. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifalari insonlarni tarbiyalash, nafslarini poklash, axloqlarini sayqallash, qalblarini Robbilariga bog'lash bo'lgan.

Shu kabi insonlar ham biron-bir davrda odamlar biror kishini yoki qavmni maqtamoqchi bo'lsa, uning shijoati, oliyjanobligini birinchi bo'lib tilga olgan.

Bu borada Abdulqodir Jiyloniynng quyidagi satrlarini keltiradi: “Ey farzand! Qalbing kir bo'la turib so'fiylikni da'vo qilasanmi? Holingga voy bo'lsin! Haqiqiy so'fiy zohiri va botini Allohning kitobi va rasulining sunnatiga ergashish bilan poklangan insondir. Qalbining pokligi ziyoda bo'lgani sayin u o'zining borliq dengizidan chiqib, xohish va ixtiyorini tark etaveradi. Qalbi poklansa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan Rabbisi orasida elchi bo'ladilar (ya'ni har bir ishida U zotga ergashadi). Zero, har qanday yaxshilikning asosi ham U zotning har bir so'zlari va ishlariga ergashishdir.

Bandaning qalbi poklanarkan, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushida ko'radi. U zot unga ba'zi ishlarni amr qiladilar va ba'zi amallardan uni qaytaradilar..”

Insonning qalbi xuddi  badani kabi sog'lom bo'lishi kerak. Chunki agar tana sog' bo'lsa, boshqa dunyo ishlariga quvvati etadi. Ammo kasal bo'lsa, hech bir ishga qo'li bormaydi. Huddi shu kabi, xolis Alloh taolo uchun qiladigan savobli ishlar uchun ham salomat qalb zarur.

Siyrat va odob-axloq insoniyat hayotida juda ham muhim ahamiyatga  egadir. Shuning uchun Islom dinida odob-axloq masalasiga katta e'tibor berilgan. Shu kabi Islom dini odob-axloq dinidir. Abdulloh ibn Muborak rohmatullohi alayh shunday diydi: “Dinning deyarli uchdan ikki qismi odobdir”.

Yana bir hakim zotlardan biri: “Kim sizdan axloq jihatidan ustun bo'lsa, demak u din jihatidan ham sizdan ustundir. Chunki din axloqdir”, deb aytgan. Rosululloh alayhissalom bu borada buyuuk namuna egasi bo'lib, Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning  odob-axloqlarini vasf qilib shunday degan:

وانك لعلي خلق عظيم

Shuningdek, husni xulq borasida ulug' zotlardan ham ajoyib fikrlar bayon qilingan:

Ibn Abbos roziyallohu anhuga: “Hurmatli bo'lish nima?”-deb savol qilindi. U kishi:

 إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ “Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir”,(Hujurot, 13-oyat) dedi. U kishiga: “Hasab nima?” – deb aytildi. U kishi: “Hulqi eng chiroyli bo'lganingiz hasab borasida eng afzalingizdir”, deb javob berdi. U kishi: “Har bir binoning poydevori bo'lgani kabi, islomning poydevori go'zal xulqdir”, deb aytdi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu: “Inson agar obid bo'lmasa ham husni xulq bilan janatdagi oliy darajalarga etadi. Yomon xulq sababli garchi obid bo'lsa ham jahannamning eng pastiga tushishi mumkin”, deb aytgan.

Tobiiynlardan Hasan Basriy rohimahulloh: “Kimning xulqi yomon bo'lsa, o'zini azoblabdi”, degan.

Junayd rohimahulloh aytadi: “Garchi insonning ilmi va amali oz bo'lsa ham, to'rtta narsa uni yuqori darajalarga ko'taradi: Hilm, tavoze'li bo'lish, saxiylik va husni xulqdir. Husni xulq iymonning komilligidir”.

Muhammad Zehniy rohimahulloh: “Fazilatga nasab bilan emas, balki odob bilan erishiladi”, deb aytgan.

Hulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, odob- axloq va go'zal siyrat inson uchun kerak bo'lgan eng muhim fazilatdir. Hossatan hozirgi paytda yoshlarimiz va farzandlarimiz tarbiyasiga juda e'tiborli bo'lishimiz lozimdir. Biz ularga doimo bu narsada o'rnak bo'lib, nasihatgo'y, to'g'ri odob-axloq o'rgatib, tarbiya berishda e'tiborli bo'lishimiz kerak. Biz ularni har doim kimlar bilan ko'proq munosabatda bo'a undan ta'sirlanadi va undagi yoxshi yoki yomon fazilat o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ota-bobolarimizning “qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi”layotganligini bilishimiz lozim. Chunki, inson tabiati biri biriga ko'chib o'tuvchi bo'ladi. Kishi kimga yaqin bo'lsa albatt, deb aytgan bir go'zal hikmatli gapi bor.

“Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi

o'qituvchisi Axmedov Sayqal Abdurohmanovich.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Jurnalistlar kubogi – 2026" turniri bo‘lib o‘tdi

20.06.2026   6833   1 min.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha an’anaviy «Jurnalistlar kubogi – 2026» sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijodkorlar va jurnalistlarni kasb bayrami bilan qutlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu turnirda ko‘plab soha vakillari ishtirok etdi.

Turnirning ochilish marosimida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbarining o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Farrux Omonov hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Qutbiyev va federatsiya kotibi Gavharxon Muqaddasovalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladilar va bu kabi an’anaviy musobaqalar ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Qizg‘in va do‘stona raqobat ruhida kechgan bahslarda ishtirokchilar yashil stol atrofida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Musobaqa ijodkorlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlab, soha xodimlari uchun chinakam bayram tuhfasiga aylandi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari