Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Bugun Toshkent shahrida Mavlidi sharif o‘qiladigan masjidlar

08.11.2019   5216   6 min.
Bugun Toshkent shahrida Mavlidi sharif o‘qiladigan masjidlar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.

Bir oy davomida Juma namozlarida poytaxtimiz masjidlarida ham Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalomning tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qiladi.

Bugun, 08.11.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan Mavlidi sharif o‘qiladi:

Uchtepa tumani:

  1. “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi. (Manzil: Katta Qa’ni mahallasi, Lutfiy ko‘chasi 55a uy.  Tel.:+998 71 272 91 04)
  2. “Said Vaqqos ota”jome masjidi. (Manzil: M.Uyg‘ur ko‘chasi, 591-uy. 147, 53, 114, avtobuslarning “Nazarbek” bekati.  Tel.:+998 71 247 50 02)
  3. Muhammad Umar o‘g‘li Zokirjome masjidi. (Manzil: “Nishabariq” mahallasi, Hamkor ko‘chasi 18-uy. Mo‘ljal: “Shtab market” do‘koni. Tel. :+99 807-96-91, +93 576-77-47)
  4. Abu Hanifajome masjidi. (Manzil: O‘rikzor mahallasi, Zarafshon ko‘chasi,15-uy. Tel.:+998 71 274 66 61)
  5. Aziz otajome masjidi. (Manzil: Birlik mavzesi, Uchtepa ko‘chasi 54-uy.  Tel.:+998 71 247 76 16, +93 506-47-02 )
  6. Hazrati Alijome masjidi. (Manzil: Nazarbek ko‘chasi, 32-uy. 79, 20, 114, 87 avtobuslarning “Chevar” bekati.  Tel.:+998 71 274 71 11
  7. “Abu Hurayra”jome masjidi. (Manzil: Qoryog‘di (Sodiq Mirzayev) ko‘chasi 2a uy.  Tel.:+71 228-54-29, 97.749-17-00)
  8. Labizaxjome masjidi. (Manzil: “Xurshid” mahallasi, Atoiy 2-tor ko‘chasi 1-uy.  Tel.:+998 93 490-88-85)

 Olmazor tumani

  1. Hazrati imom” jome masjidi. (Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘cha, 49-uy)
  2. Imom Termiziy ” jome masjidi. (Manzil:Sebzor mavzesi, Qizil ko‘cha, 96-uy. +71230-45-08.)
  3. To‘xtaboy” jome masjidi. (Farobiy ko‘cha, 13-uy. Telefon: +998 71 244 55 93.
  4. Mirza G‘olib” jome masjidi. (Mirza G‘olib 3-tor ko‘chasi 36-uy. Tel.: +90 963-82-07
  5. Chimir ota” jome masjidi. (Manzil: Farobiy ko‘chasi, 455-uy. Shifokorlar shaharchasi. Telefon: +998 90 176-92-37
  6. Do‘stjonboy” jome masjidi. (Paxta mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi 9-uy. Telefon: +998 71 229 73 69)

Mirobod tumani

  1. “Al Badr”jome masjidi. (Manzil: Sariko‘l mahallasi,  Fidoiylar ko‘chasi 26-uy. Telefon: +998 71 299 50 38)
  2. “Qo‘yliq ota”jome masjidi. (Manzil: Qo‘yliq ota mahallasi, Istiqbol 4-tor ko‘chasi, 2-uy. +998 71 295 86 83)

 

Mirzo Ulug‘bek tumani

  1. “Mulla Qosim”jome masjidi. (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 31 uy. Mo‘ljal: “Sayohat” mehmonxonasi orqa tarafi. Tel.: +998 71 268 81 72, +998 99 842 30 46)
  2. “Avayxon”jome masjidi. (Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 87a uy. Tel.: +998 71 265 66 26, +97 771-95-33)

Sergeli tumani

  1. “Quddusi sharif”jome masjidi. (Qipchoq ko‘chasi 66-uy.  Tel.: +998 71 257 40 66, 90.952-28-87)
  2. “Ma’ruf ota”jome masjidi. (Choshtepa 3-tor ko‘chasi, 3-a uy. Tel.: +998 71 287 60 65)
  3. Qo‘shqo‘rg‘on”jome masjidi. (Qo‘yliq 7-mavzesi, Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi U.Mahmudov ko‘chasi 1uy. Tel.: +998 71 292 55 04, +99 841-66-16)

 Shayxontohur tumani

  1. Suzuk ota” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Suzuk ota ko‘chasi, 50-uy. Tel.: +998 90 973-76-28)
  2.  “Imom Hasan” jome masjidi. (Ibn Sino 2-mavzesi, “Shodlik” mahallasi, 2a-uy. +998 71 218 63 57)
  3. Yahyo qori” jome masjidi. (“Obinazir” mahallasi, Shomahmudov ko‘chasi 50-uy. Tel.:+90 949-25-93)
  4. Oqilon” jome masjidi. (Ko‘kcha Darboza ko‘chasi 27-uy. Tel.: +71 242 50 63, +93 397-96-94)
  5. Yashnobod tumani
  6. Islom ota” jome masjidi. (Jo‘rabek mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51 uy. Telefon: +99871 299 58 82, +98 314 13 63)
  7. Ali ibn Abu Tolib” jome masjidi. (G‘alabaning 40 – yilligi Tuzel mahalla birinchi mavze, Cho‘lpon ko‘chasi 1-uy. Telefon: +998 71 294 43 99)
  8. Ahmad Yassaviyjome masjidi. (Ahmad Yassaviy mahallasi, Xovos 1-tor ko‘chasi 49-uy. Telefon: +998 71 283 59 50, +93 565-12-05)
  9. “Go‘zal”jome masjidi. (Sokin ko‘cha 50 -uy. Tel: 90.323-41-09)


Chilonzor tumani

  1.  Hasanxon qorijome masjidi. (Oq tepa maydoni, Lutfiy ko‘chasi 25a-uy. Tel: +998 71 278 57 84)

Yunusobod tumani

  1. “Minor”jome masjidi. (Manzil: Minor mahallasi Minor berk ko‘chasi 1-uy. Tel. :+998 71 235 17 33)
  2. “Mirza Yusuf (Bodomzor)jome masjidi. (“Bodomzor” mahallasi, Bog‘ishamol ko‘chasi 98-uy.  Tel. :+998 71 234 17 28)
  3.  Umar ibn Xattob jome masjidi. (Manzil: A.Jomiy maxallasi, Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi 14 uy.  Tel. :+998 71 226 77 15)
  4. Muhammad Nosir hoji jome masjidi. (Mirzoxojiyev ko‘chasi, 19 uy. Tel. :+998 71 212 44 20, +90 989-30-70)
  5. “Omina” jome masjidi. (Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy.  Tel. :+998 71 289 00 91, +97 753-46-05)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi. Bu onda duolar mustajob bo‘ladi. Fursatni boy bermang azizlar, Mavlidi shariflarga marhabo!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Halol bo‘ling, rost so‘zlang, iymon va insoniylikni asrang!

19.08.2026   5746   4 min.
Halol bo‘ling, rost so‘zlang, iymon va insoniylikni asrang!

Halollik va rostgo‘ylik insonning shaxsiy fazilatlari bo‘lish bilan birga, oila mustahkamligi, jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlaydigan muhim milliy, diniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlardir.

Islom dinida halollik va rostgo‘ylikka inson hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi muhim tamoyillar sifatida qaraladi. Halol va haromni farqlash, shubhali ishlardan saqlanish, o‘zgalarning haq-huquqini poymol qilmaslik, rostgo‘y va adolatli bo‘lish insonning nafaqat shaxsiy kamoloti, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatini ham belgilaydi.

Qur’oni karim oyatlari va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko‘plab hadisi shariflarida insonlarni halollik va rostgo‘ylikka da’vat qilish, har doim halol bo‘lishga undash, aldov va yolg‘on guvohlik berishdan qaytarishga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, halollik va rostgo‘ylik insonning ma’naviy kamolotini, imoni mustahkam va axloqi go‘zalligini namoyon etuvchi eng muhim fazilatlardir. Harom va yolg‘on esa nafaqat shaxsning obro‘si va unga ishonchini yemiradi, balki jamiyatda o‘zaro ishonchsizlik, adovat va nizolar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.

Alloh taolo "Nahl" surasining 105-oyatida bunday marhamat qilgan: “Yolg‘on so‘zlarni faqat Allohning oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to‘qiydilar. Aynan o‘shalarning o‘zlari yolg‘onchilardir”.

Bu o‘rinda yolg‘onning qanchalik og‘ir ma’naviy illat ekani bayon qilinib, uning Allohning oyatlariga munosabat bilan bog‘liq jihati ko‘rsatib berilyapti. Oyatning nozil bo‘lish sababi Makka mushriklarining Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan turli asossiz da’volarni ilgari surgani, jumladan, u zotni yolg‘onchilikda ayblaganidir. Ular Qur’oni karimni go‘yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari to‘qib chiqargani to‘g‘risida asossiz da’volarni ilgari surgan. Qur’oni karim esa bunday iddaolarni ochiq-oydin rad etgan.

Aslida yolg‘onni faqat imonsiz kishilargina to‘qiydi. Chunki, mo‘min kishi yolg‘onni katta gunoh deb biladi. Yolg‘on sababli qiyomatda azobga qolishdan qo‘rqadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda rostgo‘y bo‘lishga intiladi. Hatto o‘z manfaatiga zid bo‘lgan holatlarda ham haqiqatni aytishni afzal biladi. Zero, haqiqiy imon insonni faqat ibodatlarga emas, balki yuksak axloqiy fazilatlarga ham undaydi.

Islom ta’limotida halollik va to‘g‘riso‘zlik maqtalgan, yolg‘on gapirish va haqiqatni yashirish keskin qoralangan. Jumladan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Nabiysollallohu alayhi vasallam:“Rostgo‘ylikni o‘zingizga lozim tutingiz (rostgo‘y bo‘lingiz)! Chunki, rostgo‘ylik yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Kishi doim rost gapirsa, Allohning huzurida “siddiq” (o‘ta rostgo‘y) deb yozib qo‘yiladi. Yolg‘ondan saqlaning! Chunki, yolg‘on fojirlikka (gunoh va buzuqlikka) yetaklaydi, fojirlik esa do‘zaxga yetaklaydi. Kishi yolg‘on gapiraversa, Allohning huzurida “kazzob” (o‘ta yolg‘onchi) deb yozib qo‘yiladi”, dedilar”. (Imom Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rostgo‘ylik va yolg‘onchilikning inson axloqi, ma’naviy hayoti va oxiratiga qay darajada ta’sir qilishini ochiq tarzda bayon qilib beryaptilar. Hadis mazmunidan anglashiladiki, insonning jannatga yoki do‘zaxga tushishida uning tili, ya’ni rostgo‘yligi yo yolg‘onchiligi hal qiluvchi omillardan ekan.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam halol va harom o‘rtasidagi shubhali narsalardan saqlangan kishi dini va obro‘yini pok saqlashi borasida bunday marhamat qilganlar: No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha,“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlarini eshitdim: Halol ham aniq, harom ham aniq. Ularning o‘rtasida shubhali narsalar bor. Ko‘p odamlar buni bilmaydi. Kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘yini pok saqlaydi...” (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu o‘rinda Nabiy sollallohu alayhi vasallam insonlarni ehtiyotkorlik va poklikka da’vat etmoqdalar. Chunki, halollik tamoyillariga amal qilgan inson hayotning har bir jabhasida, jumladan, so‘zida, oilaviy munosabatlarida, ta’lim olishda, mehnat faoliyatida va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarida adolat, poklik va rostgo‘ylikka intiladi. O‘zgalarning haq-huquqlarini hurmat qiladi, birovning mol-mulki yoki mehnatining mahsuliga tajovuz qilmaydi, aldov, xiyonat va manfaatparastlikdan uzoq bo‘lishga harakat qiladi. Bunday fazilatlar insonning shaxsiy obro‘-e’tiborini yuksaltirish bilan birga jamiyat a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlaydi.

Muxtasar qilib aytganda, halollik va rostgo‘ylik ijtimoiy hayotning barqarorligini, insonlar o‘rtasidagi ishonch va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim ma’naviy-axloqiy asosdir. Islom ta’limotidagi halollik, rostgo‘ylik, adolat va omonatdorlikka oid ko‘rsatmalar bu qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Har bir inson o‘z hayoti va faoliyatida halollik, rostgo‘ylik, adolat va vijdonlilikni ustuvor tamoyilga aylantirsa, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish imkoniyati ortadi.

Yo‘ldoshxon Isayev, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar