Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Hojatxonaga kirish va chiqishda bajariladigan 10 amal

06.11.2019   31231   2 min.
Hojatxonaga kirish va chiqishda bajariladigan 10 amal
  1. Hojat kuchaymasdan oldin hojatxonaga borish. Hojat qistab turganda namoz o‘qish makruh. Shu sababli, hojatxonaga hojat tangligi kuchaymasidan oldin borish lozim. 
  1. Hojatxonaga oyat, hadislar yozilgan narsalar bilan kirmaslik. Xaloga oyat, hadis, Alloh taoloning va payg‘ambarlarning nomlari yozilgan narsalar bilan kirish mumkin emas. Ularni tashqariga qoldirish kerak. 
  1. Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish. Zero, boshyalang kirish makruhdir. 
  1. Hojatxonaga chap oyoq bilan kirish. 
  1. Kirishdan oldin ushbu duoni o‘qish:

بِسْمِ اللهِ، اَللّٰــهُمَّ إِنّيِ أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْخُبْثِ وَالْخَبَائِثِ

“Bismillahi, Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais”

“Allohim, Sendan erkak va urg‘ochi shaytonlardan panoh tilayman”. 

  1. Tana og‘irligini chap tomonga bosib o‘tirish. 
  1. Poklanadigan vositani toq ishlatish. 
  1. Istibro va istinjoni chap qo‘l bilan qilish.

Istibro – siydik chiqmay qolgunga qadar olat uchiga chap qo‘lda kesak kabi namlikni shimib oladigan narsani tutib turish. Erkaklarga uni qilish vojibdir. Buning uchun hojat o‘rnidan turib, peshob yo‘liga kesak tutib yurish, silkinish yoki yo‘talish kerak. Siydik yo‘lida hech narsa qolmaganiga to‘la ishonch hosil bo‘lgach, suv bilan tozalaniladi.

Istinjo – kesak kabi narsalar va suv bilan tozalanishdir. Chap qo‘l bilan qilish mustahabdir. 

  1. Hojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqish. 
  1. Chiqqandan so‘ng ushbu duoni o‘qish:

غُفْرَانَكَ

G‘ufronaka

“Allohim, Sendan mag‘firat qilishingni so‘rayman”.

Alhamdu lillahillaziy azhaba ’annil aza va ’afaniy

“Mendan aziyatlarni ketkazib, ofiyatda qilgan Allohga hamd bo‘lsin”.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

14.08.2026   26118   1 min.
Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida    «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati