Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Namoz saboqlari: G‘usl va uning farzlari (Audio)

05.11.2019   86844   1 min.
Namoz saboqlari: G‘usl va uning farzlari (Audio)

 G‘USL

Er-xotin qovushganda, ehtilom bo‘lganda, ya’ni, uyquda yo uyg‘oqlikda maniy shahvat bilan chiqqanda, ayollar hayz va nifosdan toza bo‘lganidan so‘ng g‘usl (butun badanni suv bilan ishqalab yuvish) farz bo‘ladi.

Har juma va hayit namozlari uchun g‘usl qilish sunnatdir. Bu Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) doimo bajargan amallardandir.

G‘uslning farzlari: 

  1. Og‘izni suv bilan tomoqqa yetkazib, g‘arg‘ara qilib chayish;
  2. Burunni suv bilan achishtirib chayish;
  3. Butun badanni ishqalab yuvish.

G‘usl quyidagi tartibda qilinadi.

  1. «Bismillahir rohmanir rohiym» deyiladi va g‘uslga niyat qilinadi.
  2. Qo‘llar oshiqlari bilan yuviladi.
  3. Ikki yo‘l yuviladi va tahorat olinadi. Badanda maniy bo‘lsa, yuvib ketkaziladi. Avval boshga, keyin o‘ng va chap yelkaga suv quyib, butun badan yaxshilab yuviladi. Agar badanda ignaning uchiday quruq joy qolsa ham, g‘usl tugal bo‘lmaydi.

O‘MI matbuot xizmati

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Harakat qilish va intilish - bandadan

07.05.2026   1600   1 min.
Harakat qilish va intilish - bandadan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bizga rizq beruvchi Zot Allohdir, lekin U rizqni to‘g‘ridan to‘g‘ri og‘zimizga yoki quchog‘imizga tashlab qo‘ymaydi. Bizning vazifamiz — harakat qilish, Allohning ishi esa — muvaffaq qilish (tavfiq berish)dir.

«Uning (yerning) turli joylarida yuringlar va Uning rizqidan yenglar» (Mulk surasi, 15-oyat).

Hatto surunkali va og‘ir dardga chalingan Ayyub alayhissalomga ham Rabbisi shunday degan edi:

«Oyog‘ing bilan (yerni) tep! Mana bu cho‘miladigan muzdek suv va ichimlikdir» (Sod surasi, 42-oyat).

Hatto to‘lg‘oq azobida turgan Bibi Maryamga ham Alloh taolo:

«Xurmo shoxini o‘zingga qarab silkit, u senga yangi pishgan xurmolarni to‘kadi», — dedi (Maryam surasi, 25-oyat).

Pok va Muqaddas Zot xurmoni uning quchog‘iga shunchaki tashlab qo‘ymadi. Balki eng qiyin lahzada — to‘lg‘oq azobida bo‘lishiga qaramay, unga:

«Xurmo shoxini o‘zingga qarab silkit», — deb buyurdi.

Demak, harakat qilish va intilish — matlubdir.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Maqolalar