Bu voqeani Mahmud As’ad Jo‘shon hazratlari o‘z asarlarida keltiradilar:
Germaniyadagi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi korxonada bir turk yigiti ishlar edi. Haj mavsumi yaqinlashganida yigit korxona xo‘jayiniga anchadan beri niyat qilgani - hajni ado etish istagi borligini aytib, ruxsat so‘radi. Korxona xo‘jayini Xans nasroniy edi. Xizmatchisining so‘zlarini eshitib:
Xizmatchi yigit haj faqat belgilangan kunlardagina ado etilishini, boshqa paytlardagi ibodat haj bo‘lmasligini bir amallab tushuntirgach, xo‘jayini:
Xodim xursand bo‘lib muborak safarga otlandiyu, faqat musulmon bo‘lmagan raxbarining salomini Rasululloh solallohu alayhi vasallamga qanday yetkazishini o‘ylab qoldi. Madinai munavvaraga yetib kelib, Ravzai muborakka kirdi. Sarvari olam solallohu alayhi vasallamga salovotlar aytib, salom berdi. So‘ngra omonat qoldirgan yaqinlarining salomlarini birma-bir yo‘lladi. Yakunda g‘ayridin rahbarining salomini eslab, og‘ir ahvolda qoldi: “Rasulullohga qanday yetkazaman, axir u musulmon bo‘lmasa....” Ming istihola ichra hujrai saodatga boqib, aybdorlardek shivirladi: “Yo Rasululloh! Sizga bir Xans ismli kishi ham salom yo‘lladi. Faqat u musulmon emas, nasroniy bir kishi...”
So‘ngra ibodatlarga kirishib, hajni ado etdi. Istanbul orqali Germaniyaga qaytarkan, hamkasblarini uchratib qoldi.
-Yangilikni eshitdingmi? deya so‘rashdi undan.
-Yo‘q. Qanday yangilik?
- Xans musulmon bo‘ldi....
Yigit dong qotib qoldi. Islomga kirgan vaqtini so‘rab surishtirsa ayni salomini Faxri koinot alayhissalomga yetkazgan kuni edi.
Subhanalloh. Bir g‘ayridin kishining Rasulullohga ehtiromi sabab Alloh uni hidoyat bilan, dunyodagi eng ulug‘ ne’mat - iymon ne’mati bilan mukofotlab qo‘ysa....
Rasululloh solallohu alayhi vasallamning shafoatlari
ikki dunyoda ham vojib bo‘lishining misolidir bu!
Toshkent shahar “To‘xtaboy” masjidi imom-xatibi
Zokirjon domla Sharifovning juma ma’ruzasidan
01.11.2019
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.
Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!
«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi