Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Islomda vayronkorlik va buzg‘unchilik qoralanadi

28.10.2019   3512   5 min.
Islomda vayronkorlik va buzg‘unchilik qoralanadi

Muqaddas Islom dinimiz insonlarni ezgu ishlarga, insonlarga yaxshilik qilishga targ‘ib etgan. Rasululloh salollohu alayhi vasallam hadislarida “Insonlarning yaxshilari insonlarga yaxshilik qiluvchilaridir” deganlar.

Bugungi kunda faqat o‘zlarini musulmon sanab, Ahli sunnadagi musulmonlarni kofirlikda ayblab ularni qonlari va mollarini halol sanayotgan ekstremistlar mo‘min-musulmonlar yashayotgan yurtlarda buzg‘unchilik ishlarini amalga oshirishda davom etib kelishmoqda. Ularga  Ahli sunna ulamolari tomonidan qilayotgan ishlari Qur’on va Sunnatga zid ekanligi isbotlab berilib, raddiyalar berilayotgan bo‘lsa-da, ular o‘z bilganlaridan qolmay, musulmonlarning qonini to‘kish, shahar va qishloqlarini vayron qilish, ekinzonlarini kuydirishdan to‘xtashmayapti. Bilaks ular yanada o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yoyib, yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishga zo‘r berib intilishmoqda.

Terrorchi jamoalar musulmonlar yashayotgan bir qator mamlakatlarda, jumladan, Liviya, Suriya, Afg‘oniston, Somali, Yaman kabi davlatlarda musulmonlar boshiga misli ko‘rilmagan talofatlar yetkazishdi. Ularning buzg‘unchiliklaridan shaharlar, qishloqlar, ekinzorlar, zavod-fabrikalar va turar joylar butunlay vayron bo‘ldi. Buning natijasida odamlar o‘rtasida ocharchilik yuzaga kelib, yuz minglagan yosh bolalar ochlik qurboni bo‘lishdi.

Bu gunohlarning javobini kim beradi? Barchamizga ma’lumki, Islomda vayronkorlik va buzg‘unchilik qoralangan. Jumladan, Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآخِرَةَ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا وَأَحْسِن كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ

“Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg‘unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg‘unchilarni suymas”, dedilar” (Qasas surasi, 77-oyat).

Boshqa bir oyatda Alloh taolo bunday marhamat qilgan:

وَإِذَا تَوَلَّى سَعَى فِي الأَرْضِ لِيُفْسِدَ فِيِهَا وَيُهْلِكَ الْحَرْثَ وَالنَّسْلَ وَاللّهُ لاَ يُحِبُّ الفَسَادَ وَإِذَا قِيلَ لَهُ اتَّقِ اللَّهَ أَخَذَتْهُ الْعِزَّةُ بِالْإِثْمِ ۚ فَحَسْبُهُ جَهَنَّمُ ۚ وَلَبِئْسَ الْمِهَادُ

“Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun hamda ekin va nasilni halok qilish uchun harakat etadi. Va holbuki, Alloh fasodni xush ko‘rmas. Qachon unga: “Allohdan qo‘rqqin”, – deyilsa, kibru havosi uni gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon yotoq!” (Baqara surasi, 205-206-oyatlar).

Islom tarixida Payg‘ambarimiz va u zotning sahobalari nafaqat musulmonlarga, balki boshqa din vakillariga ham shafqat ko‘rsatishda butun insoniyatga namuna bo‘ldilar. Buni boshqa din vakillari ham e’tirof etishgan.

Jumladan birinchi Xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Shom fathiga jo‘nayotgan qo‘shiniga shunday nasihat qilgan edilar:

«Bolalarni, ayollarni, keksalarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlariga o‘t qo‘ymang va butalarni kesmang. Tuyalarni, boshqa hayvonlar podasini o‘ldirmang… Siz o‘zga ishlar, oxirat dunyosiga xizmat qilish bilan mashg‘ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni o‘z holiga qo‘ying…»

Ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘zga dinlarga nisbatan adolatparvarligi bilan Islom dunyosidan tashqarida ham ma’lum va mashhur edi. Hazrat Umarning Quddus va Ludda nasroniylari bilan imzolagan xavfsizlik shartnomasiga muvofiq shahardagi cherkovlar buzib tashlanmasligi, musulmonlar nasroniylarning ibodatxonalarini egallab olmasligi va ularda ibodat qilmasligi kafolatlangan edi. Bu zot Baytul-Maqdisga fotih sifatida kirganlarida «Quddus al-Kubro» cherkovida turishganida asr namozining vaqti kirib qoladi. Keyinchalik musulmonlar buni dalil qilib cherkovni masjid qilib olishmasin, deya bu yerda namoz o‘qishdan bosh tortgandilar. Shahar fath etilganidan keyin ko‘p o‘tmay, Nestorian patriarxi Iyeshuyab Ikkinchi do‘stiga yozgan maktubida shunday so‘zlarni bitgan edi: «Xudo O‘zining irodasini ato etgan… bu arablar bizga hech qanday zarar yetkazishmadi. Haqiqatdan ular dinimizga, ruhoniylarimizga, cherkov va uzlatgohlarmizga hurmat bilan qarashdi» (Horun Yahyo, «Islom terrorni la’natlaydi», Toshkent, ) 

Ekstremistlar bu jinoyatkorona buzg‘unchiliklaridan ko‘rilayotgan zararlar

Bunday buzg‘unchiliklarda begunoh musulmonlar, yosh bolalar, ayollar, qariyalar qurbon bo‘lishmoqda.

Urushlar natijasida millionlagan odamlar uylarini, vatanini tark qilib o‘zga yurtlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishmoqda. Ayrimlari dengizda suvga g‘arq bo‘lib halok bo‘lmoqda.

Zavod-fabrikalar vayron bo‘lib, ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib, odamlar ishsiz qolishiga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida odamlar, ayniqsa yosh bolalar ocharchilik qurboni bo‘lishmoqda. Shuningdek tibbiyot va ta’lim muassasalari vayron etilib, tiziim butunlay izdan chiqqan.

Eng yomoni g‘arbda Islomni yomonotliq bo‘lishiga bular sababchi bo‘lishmoqda. G‘arbda Islomni “terror dini” deb turli ta’na toshlari yog‘ilishiga, muqaddas dinimizni, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni karikatura qilinishga sababchi bo‘lishmoqda.

Yuqoridagi misollardan xulosa qilib aytamizki, Islom dinini o‘zlariga niqob olib, din nomidan gapirib qon to‘kayotgan, ko‘zi qonga to‘lgan jangarilarning aldovlaridan ogoh bo‘laylik. Yoshlarimizni ularning tuzog‘idan asraylik.  

 

D. Abduqodirov,

Imom Faxriddin ar-Roziy islom  bilim  yurti mudiri

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   24369   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari